Учкўприк тумани 14-умумий ўрта таълим мактабида


Download 46 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi46 Kb.
#1054537
Bog'liq
16 кун зуравонлик баён


Uchko’prik tumani 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida
o’tkazilgan yig’ilish
B A YO N I


09.12.2022 Yakkamulla qishlog’i
Yig’ilish raisi: S.Ahmedova
Yig’ilish kotibi: O.Mirzaeva


Ishtirok etganlar: Yakkamulla MFY xotin-qizlar faoli O.Ziyayeva, otinoyisi O.G’ufronova, 59-QOP patranajlari, maktab psixologi F.Mustapaqulova, oqila ayollar tarkibi a’zolari va mahalla faollari va 58 nafar maktab jamoasi
K U N T A R T I B I:
1. Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining 561- sonli Qonuni ijrosi yuzasidan 25 noyabr kunidan 10 dekabr kuniga qadar “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi oyligi o’tkazilishi munosabati bilan “Zo’ravonliksiz oila –farovon hayot sari “ mavzusida tadbir.
Yig’ilishni Yakkamulla mahalla fuqorolar yig’ini xotin-qizlar faoli O.Ziyaeva ochib kun tartibidagi masala va yig’ilishga tashrif buyurgan qatnashchilarni yig’ilish ishtirokchilariga tanishtirdi.
Yig’ilganlarga “Zo’ravonliksiz oila-farovon xayot sari “ mavzusiga doir videorolik namoyish etildi.
Kun tartibidagi masala bo’yicha maktab psixologi F.Mustapaqulova so’zga chiqib, prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga ko’rsatilayotgan oila mustahkamligi, jamiyat farovonligi yo’lida ayollarimizni o’rni va ishtiroki juda katta ekanligi, oilaning suyanchig’i, yurtning ishonchi bo’lgan ayollarimizni og’irini engil qilish, huquq va manfaatlarini mustahkamlash maqsadida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan bir qator qonun va farmonlar, qarorlar qabul qilinayotgani, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari va uni oldini olish masalasida gapirib, har bir oilada ota-ona o’z farzandining tarbiyasiga, yurish-turishiga e’tiborli bo’lishi kerakligi haqida gapirdi.
Mahalla otinoyisi O.G’ufronova so’z olib, oilada ota-ona o’rni, er–xotin munosabatlari, urf-odatlarimiz qadriyatlarimiz, erta nikoh, erta tug’ruq, ajrimlar haqida gapirishdi.
So’zga chiqqan maktab direktori S.Ahmedova - hozirgi kunda mahallalarda vaqtincha ishlamasdan yurgan fuqarolarga bo’sh ish o’rinlarini tashkil qilish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida o’zining fikr mulohazalarini bildirib, har bir yashab turgan fuqaro avvalo, o’zining tinch va osuda turmush tarzini davom ettirishi borasida doimo ogoh bo’lishi haqida fikr bildirdi.
Shundan so’ng Yakkamulla mahalla fuqorolar yig’ini xotin-qizlar faoli O.Ziyaeva so’zga chiqib, “zo’ravonlik”ning turlari haqida axborot berdi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi hatti-harakatlar mahalla xotin-qizlari, yoshlar, aholi tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishini huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yoshlar va mahalla faollari ishtirokida turli xildagi uchrashuvlar, xuquqiy tadbirlar tashkil etishda xotin-qizlar, yoshlar o’rtasida xuquqiy savodxonlikni oshirishni ta’kidlab o’tib, bu borada o’tkazilishi kerak bo’lgan profilaktik ogohlantirish ishlarini kengroq olib borish haqida aytib o’tdi.
Muzokaraga chiqqan maktab o’qituvchilaridan D.Abdullayeva, D.Ismoilovalar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yig’ilish


QAROR QILADI:

1. Yakkamulla mahalla fuqorolar yig’inida xotin-qizlar o’rtasida firibgarlik, o’g’rilik, ahloq-odob doirasida tan jarohati va oila turmush munosabatlari bilan bog’liq sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish va fuqarolarni huquqiy savodxonligini oshirish borasida maqsadli profilaktik tadbirlar olib borilishi tashkil etilsin.


2. “Biz zo’ravonlikka qarshimiz!” oyligi davomida mahallamizda istiqomat qilayotgan har bir notinch, o’zaro kelishmovchiligi mavjud oila vakillari bilan aniq ro’yxati shakllantirilgan holda yakka tartibda ko’chalar kesimida suhbatlashish ularga jinoyatchilikni oldini olishda tarbiyani ahamiyati katta ekanligini tushuntirish va muammoli, notinch, noqobil oilalarda tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berilib davlat himoyasiga olish choralarini ko’rish.
3. Xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishini oldini olish yuzasidan ko’chalar kesimida jinoyatchilik qarshi kurashish va uni oldini olish choralari alohida ish reja tuzilib, mazkur reja bandlari asosida amalga oshirish choralari ko’rilsin.
4. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning turi og’irlik darajasidan qat’iy nazar favqulodda holat deb qaralsin va bunga murosasiz munosabat bildirilsin.
5. Ushbu qaror ijrosi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilish raisi: S.Ahmedova
Yig’ilish kotibi: O.Mirzaeva
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling