Xulosa Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari haqida gapirib bering?
Download 24.43 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Topshiriq Qalandarov Javlonbek 713
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari haqida gapirib bering
2-Topshiriq 713-20 guruhi talabasi Qalandarov Javlonbek Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari haqida gapirib bering? Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari nimalardan iborat? Xulosa 1. Psixika va uning namoyon bo‘lish shakllari haqida gapirib bering? Psixikaning turli shakllarda ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixologik xolatlar, xususiyatlar mavjud bo’lib, psixik aks ettirish bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi, ya’ni shaxs individualligi orqali namoyon bo’ladi; shaxsning faoliyati jarayonida yuzaga keladi; atrofdagi voqelikni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi. Psixologiya fanining predmeti masalasida psixika va uning namoyon bo’lish shakllari zamonaviy psixologiyaning umumiy psixologiya sohasiga aloqador bo’lib, ko’plab olimlar o’z ilmiy adabiyotlarida bu jihatni muhim sifatida qaraydilar Psixika (yunoncha: psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi. P. materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu P.ning mavjudlik usuli (P. miya xususiyati)da va uning mazmuni (P. — obʼyektiv olamning subʼyektiv obrazi)da koʻrinadi. P. materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. P.ning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. P. — subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subʼyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda P. obʼyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obʼyektiv-dir. P. psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson P.si faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos P. shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obʼyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. P.ning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, yaʼni reflekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtov-siz va qatʼiy kechishidir. Real P. faoliyat koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson P.sining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har bir shaxs P.sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va maʼna-viy boyliklarni oʻzlashtirishdan ibo-ratdir. P.ni psixologiya oʻrganadi. umumiy psixologiya – psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi; pedagogik psixologiya – kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi; yosh davrlari psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi; ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi; mehnat psixologiyasi – kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi; injenerlik psixologiyasi – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam- texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi; yuridik psixologiya – huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi; harbiy psixologiya – kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi; savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi; tibbiyot psixologiyasi – shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. SHuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, Download 24.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling