Uchquduqtumankasb-hunarmaktabi


Download 1.26 Mb.
bet48/55
Sana20.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1631029
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Uchquduqtumankasb-hunarmaktabi Mexnatmuhof

2.Monografik,usul.

Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim tsex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o’rganiladi. Bu usulda korxonalarda ro’y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi. Shuningdek, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o’xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi.

4-Mavzu:Shikastlanishlar va kasb kasalliklari va shikastlanish turlari.
Reja:


  1. Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi.

  2. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni o‘rganish.

  3. Kasb kasalliklarni oldini olish.


Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari.
Ijtimoiy himoya qilish krntseptsiyasi XIX asrning boshlarida paydo bo’lib, keng umumsotsiologik ma’noda tegishli atama sifatida birinchi marta AQShda 30-yillarda yuzaga keldi va g‘arbdagi sotsiologiyada har bir fuqaroni ishsizlik tufayli iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan aziyat chekishdan kasallik tufayli farzand tug‘ilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishi yoki kasb xastaligiga chalinish, yo’liqishi, nogironligi, qariligi, boquvchisidan ajralib qolganligi uchun daromadidan mahrum bo’lishi yoki uning keskin kamayishidan himoya qilish chora-tadbirlarini belgilash uchun sekin –asta tarqala boshladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish deganda aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’nalgan kafolatlar tizimi tushuniladi.amalga oshirish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun’iy ravishda tutib turish, shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo’nalishlari bo’yicha dotatsiyalarni oshirishni ko’zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqdir. Unda tashabbus ko’rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, nafaqaxo’rlar, faxriylar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo’llab-qo’vvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Ikkinchisi esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog‘lomlashtirish, shuningdek, turar joyga ega bo’lish huquqini ta’minlash bilan bog‘liq.
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi:
1.Davlat ijtimoiy sug‘urtasi.
2.Respublika byudjeti mablag‘lari.
3.Mahalliy byudjetlar mablag‘lari.
Mehnatkashlarni ijtimoiy himoyalashning quyidagi to’rtta quyi tizimini ajratib ko’rsatish mumkin:
1.Davlat ijtimoiy ta’minoti (bu aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko’rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan quyi (minimal) darajasini kafolatlaydi.
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni o’rganish baxtsiz xodisalarni kelib chiqishga sabab bo’ladigan omillarni aniqlash, ularni yo’qotish chora tadbirlarini ko’rish imkoniyatini beradi. Buning asosiy samarali, xavfsiz ish usullarini qo’llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan hal bo’ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga olish amalga oshiriladi.
Baxtsiz hodisaning sabablari asosan 2 usul yordamida amalga oshiriladi:

  1. Statik usul. Bu usul sanoat korxonalarida statistic hisobga olingan baxtsiz hodisalar materiallarni chuqur o’rganishga asoslangan. Statistic usul baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida chora tadbirlar ko’rish uchun amaliy ma’lumot beradi. Va sanoat koxonasida jarohatlanishni tariflovchi chastota koeffisientini jarohatning og‘irlik koeffisienti o’rtacha ko’rsatkichini olish imkniyatini beradi.

Chastotali koeffisient (kg) 100 ishchin hisobiga ma’lum vaqt davomida sanoat korxonalariga to’g‘ri keladigan baxtsiz hodisalarning o’rtacha miqdorini ko’rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin:


K2=H*1000/P
Bu yerda: H-malum vaqt ichida jarohatlangan. P-shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilarning o’rtacha soni.
Baxtsiz hodisaning og‘irlik koeffisienti (K0) har bir jarohatlanishi tufayli o’rtacha yo’qotilgan ish kunlari miqdorini ifodalaydi.Va quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
K0=D/H
Bu yerda:D –baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo’qotilgan ish kunlari soni:
H-shu davrda bo’lgan baxtsiz hodisalar soni:
Korxonaning shikastlanish darajasi baxtsiz hodisa asorati 1000 kishi hisobiga quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Kp=K2xK0=дx1000/P
Guruhlash usuli baxtsiz hodisalarni bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan guruhlangan holda jarohatlanishlarning sodir bo’lish chastotalarini aniqlash imkoniyatini beradi:
Tamagrafik usulda malum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarni chastotalari haqida ko’p gazlamali ma’lumot olinadi. Statistik usul orasida shkatlanish ishchi orasida va xizmatchilar orasida qanday taqsimlanganligi baholanadi: Baholashda ishchining Yoshi, staji, jinsi, mutahasisligi, ishchi vaqti, ish turi va boshqa omillar etiborga olinadi.
Statistik usulda aniqlanishga asosiy baxtsiz hodisalar kechki sxemada kam stajli sestimalar orasida yoki Yoshi kata bo’lgan ishchilar orasida (50%) sodir bo’ladi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling