Uchun, avval uning matematik modelini, keyin esa yechish algoritmi va
chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi
Download 143.72 Kb.
|
Algoritm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqlanuvchi algoritmlar
chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
chiziqli algoritmlar; tarmoqlanuvchi algoritmlar; takrorlanuvchi algoritmlar; ichma-ich joylashgan algoritmlar; Chiziqli algoritmlarChiziqli algoritmlar deb undagi har bir amallarning hech qanday shart va takrorlanishlarsiz bajariladigan turiga aytiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Algoritm tuzishda o‘zarmas va o‘zgaruvchilar, ma’lum va no‘malumlarni bilib olgan holda nimalarni hisoblash keraligi aniqlab olinadi. Hisoblash uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligi bir-biriga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Algoritm tuzishda shularga etibor qaratish zarurdir, ya’ni bir-biriga bog‘liqlarning o‘rni almashib qolsa ko‘zlangan natijaga erishilmaydi, tuzilgan algoritm xato hisoblanadi aksincha bog‘liq bo‘lmagan hadlarning almashishi to‘g‘ri natijani olishga hech qanday ta’sir qilmaydi. Tarmoqlanuvchi algoritmlarTarmoqlanuvchi algoritm deb hisоblash jarayoni ma`lum bir shart yoki munоsabatning bajarilish yoki bajarilmasligi yoki munоsabatning rоst yoki yolg‘оnligiga qarab turli yo‘nalishlarga ajraladigan jarayonga aytiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlarni tasvirlash uchun “ayri” tuzilmasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi tuzilmasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishi ta’minlanadi. Tarmoqlanuvchi algoritmning umumiy sxemasi quyidagicha: Berilgan shart romb figurasi ichida tasvirlanadi. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha amal yoki amallar ketma-ketligi, aks holda (shart bajarilmasa) "yo‘q" tarmoq bo‘yicha amal yoki amallar guruxi bajariladi. Bunda tarmoqdagi “ha” o‘rniga “+”, “yo‘q” o‘rnida “−” ishorasini hamishlatish mumkin. Tarmoqlanuvchi algoritmning to‘liqmas formasi quyidagicha: Bunda agar shart bajarilsagina unga mos amal bajariladi aks holda hech qanday amal bajarilmay tarmaqdan chiqiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarBa`zi bir jarayonlarda algоritmning ma`lum bir qismi birоr parametrning turli qiymatlarida takrоr-takrоr qayta bajariladi, bunday jarayon Download 143.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling