Uchun boshqa dastgohlarga ko’chirish zarurati tug’ilmaydi
Download 279.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Mag12
16.4.Gorizontal - teshik kengaytiruvchi dastgohlar Gorizontal - teshik kengaytiruvchi dastgohlar donalab va seriyalab ishlab chiqarish sharoitida detallarga ishlov berishga mo’ljallangan. Bu keng ko’lamdagi universal dastgohla teshiklarni kengaytirishda qora va toza ishlov berish, tashqi tsilindirik yuzalarni va teshiklarni yon tomonlarini yo’nish, teshiklarni parmalash, zenkerlash va razvertkalash, tekis yuzalarni frezalash, rezbalarni kesish kabi boshqa operatsiyalarni ham bajarishga mo’ljallangan. Teshik kengaytiruvchi dastgohlarda turli xildagi operatsiyalarni bajara olinishi sababli, ko’p hollarda, detallarga to’liq ishlov berish uchun boshqa dastgohlarga ko’chirish zarurati tug’ilmaydi. Teshik kengaytiruvchi dastgohlarni xarakterli tomoni ularda gorizontal yoki vertikal shpindelni mavjudligi va o’q bo’ylab surilish xarakatini olishidir. SHpindelga kesuvchi asbob-kerkich o’rnatilgan borshtanga, parma, zenker, freza, metchik va boshqalar maxkamlanishi mumkin. Xozirgi kunlarda teshik kengaytiruvchi dastgohlarni samaradorligini oshirish maqsatda, ularga raqam dasturi bilan boshqaruvchi qurilmalar o’rnatilmoqda. Bajariladigan operatsiyasiga va konstruktsiyasiga qarab teshik kengaytiruvchi dastgohlar universal va maxsuslashtirilganlarga ajratiladi. O’z navbatida, universal datgohlar gorizontal-teshik kengaytiruvchilarga, koordinatlar aro teshik kengaytiruvchilarga va olmos bilan teshik kengaytiruvchilarga bo’linadi. Barcha turdagi dastgohlarni asosiy konstruktiv o’lchamlari teshik kengaytiruvchi shpindelni diametriga bog’liq holda aniqlaniladi. Teshik kengaytiruvchi dastgohlarda shakl hosil etuvchi xarakatlar bo’lib, shpindelni aylanishlar chastotasi va surish xarakati hisoblanadi. Bunda ishlov berish sharoitidan kelib chiqqan holda, surish xarakati kesuvchi asbobga yoki zagotovkaga uzatiladi. Dastgohda yordamchi xarakatlar shpindel babkani vertikal, stolni ko’ndalang va bo’ylanma yo’nalishlarda boshlang’ich holatga keltirish, lyunet bilan birgalikda ketingi ustunni siljitish, lyunetni ustun bo’ylab siljitish va boshqalar hisoblanadi. Universal gorizontal - teshik kengaytiruvchi 2625 modeldagi dastgohni kinematik sxemasi 30- rasmda tasvirlangan. Stanina 1 ustiga qo’zg’olmas ustun 2 o’rnatilgan. Uni vertikal yo’naltiruvchisi bo’ylab shpindel babkasi 3 13.5-rasm. Universal gorizontal - teshik kengaytiruvchi 2625 modeldagi dastgohni kinematik sxemasi. sirpanib xarakatlanadi. Staninani chap tomonida ketingi ustun 4 o’rnatilgan bo’lib, u stanina yo’naltiruvchisida xarakatlanadi. Ikkala ustunlar o’rtasida kerakli burchakka buraluvchi stol 5 joylashtirilgan, u bo’ylanma va ko’ndalang yo’nalishlarda siljishi mumkin. Oltingi ustunda joylashgan shpindel babka qobig’i ichida bosh xaRKatni ta’minlovchi mexanizm va teshik kengaytiruvchi shpindelni surish mexanizmi o’rnatilgan. Babka qo’l yordamida ustin 2 yo’naltiruvchi bo’ylab sirpana oladi. Dastgohni kinematik sxemasi. Bosh xarakat – teshik kengaytiruvchi va planshayba shpidellarini aylanma xarakati. SHpindellarga aylanma xarakat ikkita tezlikni ta’minlovchi elektr dvigatel 30, tasmali uzatma 6-7, tezliklar qutisini tishli g’ildiraklari 8-9, 10-11, 12-13, 14-15, 16-17, 18-19 orqali yetkazib beriladi. Mufta 31 ni ulash bilan xarakat tezliklar qutisini validan g’ildiraklar 20-21 orqali planshaybaga uzatiladi. Bunda tezliklar qutisi 18 ta aylanishlar chastotasiga ega bo’ladi. Rastochnoy shpindel, aylanma xarakatdan tashqari, o’qi bo’ylab ilgarlanma surish xarakatini olishi mumkin. Surishlar qutisi 16 ta surishlar xarakatini ta’minlaydi. SHpindelni surilishini ta’minlovchi yo’naltiruvchi vint yordamida tashqi va ichki rezbalarni kesish imkoni yaratiladi. Bu zanjir gitara a-b, c-d yordamida ish bajarish uchun sozlanadi. SHpindel planshaybasida support majud bo’lib, planetar uzatkich yordamida kesuvchi asbobni radial (ko’ndalang) yo’nalishda surilishi uchun xizmat qiladi. SHpindel planshaybasidan supportga xarakat ikkita kinematik zanjirlar orqali uzatiladi. Brinchisida, xarakat shpindeldan to’g’ridan-to’g’ri tishli g’ildiraklar 21-22 o’zgarmas uzatishlar munosabatiga ega bo’lgan 58:22 orqali vodilaga uzatiladi. Bu holda g’ildirak 25 ni aylantirish uchun g’ildiraklar 23 va 24 planetar xarakat qilishadi. Ikkinchisida, g’ildirak 25 dastgohning surishlar qutisidan xarakat oladi. Ikkala kinematik zanjirlardan uzatilayotgan xarakat, tishli g’ildirak 25 da qo’shiladi g’ildiraklar 26-27 orqali planshayba supportini chervyakli va reykali uzatkichlariga uzatiladi. Planshayba supporti 16 ta surishlar pog’onasiga ega. Uni chegaraviy qiymatlari s min = 0,05 mm/ayl, s mak = 8,1 mm/ayl. iborat. SHpindel babkasi ham 16 ta vertikal surishlar pog’onasiga ega. U oldingi ustinni yo’naltiruvchisi bo’ylab planshaybani aylanishiga mos ravishda 0,1 dan 16 mm/ayl. gacha suriladi. Dastgohni stoli surilishga ega. Bu zanjirning bolang’ich zvenosi teshik kengaytiruvchi shpindel, oxirgi zvenosi esa – reykali g’ildirak 28. Stol 16 ta surishlar pog’onasiga ega bo’lib,teshik kengaytiruvchi shpindelni aylanishiga mos ravishda 0,05 dan 8,1 mm/ayl. gacha va shpindel plnshaybasini aylanishiga mos ravishda 0,1 dan 16 mm/ayl. gacha suriladi. Stolni tez siltish uchun elektr dvigatel 29 dan foydalaniladi. Download 279.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling