Udk 159. 947(575. 1) Jo‘rayev O‘tkir Tashpulatovich
Download 104 Kb.
|
IRODAVIY SIFATLARNING SHAXSLILIK VA GENDER TAFOVUTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar (Analysis and results).
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Metodology). Tadqiqotda irodaviy faollikning shaxslilik va gender tafovutlarini aniqlash maqsadida rus psixologi Mihail Vladislavovich Chumakov tominidan ishlab chiqilgan «Shaxsning irodaviy sifatlari» so‘rovnomasidan foydalandik. Shuningdek tadqiqotning miqdoriy natijalarini qayta ishlashda, ma’lumotlarni ishonchlilik darajasini aniqlashda, o’rtacha arifmetik qiymatlarni olishda va sinaluvchilarning hududiy va jinsiy tafovutlarni tahlil qilishda matematik –statistika metodlari, Mani-Uitni mezoni qo‘llanildi. Natijada bizga, irodaviy faollikning shaxslilik va gender tafovutlarini har tomonlama, sinchiklab diagnoz qilish imkoni yaratildi.Tahlil va natijalar (Analysis and results). Zamonaviy psixologiyada irodaviy faollikni shaxslilik va gender tafovutlarini o‘rganishga oid qator ilmiy tajribalar amalga oshirilgan. Psixologik manbalarga nazar solsak, shaxs faolligining turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular funksional jihatdan bir-biridan tafovutlanadi, lekin iroda inson faolligini alohida, o‘ziga xos shaklidan iboratligi bilan ajralib turadi. [4] Bizning mavzumizga dahldor tadqiqotlardan biri N.D.Skryabin tomonidan amalga oshirilgan. [6] U o‘z tadqiqotlarida ikki jins sinaluvchilarning jasurlik sifatlarini davriy o‘zgarishlarini asoslab berishga harakat qilgan. Irodaviy faollikning individual xususiyatlari mavjud bo‘lib, u shaxs faoliyatini ma’lum bir maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta'minlaydi. Shaxs faoliyatida iroda ichki qiyinchiliklarini yengishga yonaltirilgan ongli tuzilmadan iborat bo‘lib, u o‘zini o‘zi boshqarish sifatida namoyon bo‘lib, o‘z ichki kechinmalarini hamda faolligini tartibga solishga xizmat qiluvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini namoyon qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, sifatlari, hislatlari, illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo‘lib, ular abuliya (yunoncha abulia – qat’iyatsizlik degan ma'noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia-harakatsizlik ma'nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya - bu miya patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. [7] Mavzumiz mazmun mohiyatidan kelib chiqib mazkur muammoga taalluqli tadqiqotlarni amalga oshirdik. Tajribalarimiz Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassalarida tahsil olayotgan jami 315 nafar talabalarda sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqotni tashkil etishda yigit va qizlarning tadqiqot guruhida nisbatan teng taqsimlandi. Bu esa sininaluvchilarimiz shaxsining jins xususiyatlarini obyektiv o‘rganishda, ishonchli dalillarga ega bo‘lishda katta ahamiyatga egadir. Quyida tajribaviy sinov natijalarimizdan ba’zilarini keltirib o’tamiz. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling