Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Missiya tanlash zaruriyati va mohiyati


Download 3.18 Mb.
bet12/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

2.1. Missiya tanlash zaruriyati va mohiyati
Missiya tashkiliy tizimning mohiyat va holatini aks ettiradi, biror maqsadga qaratilgan vazifani aniqlaydi, strategik maqsadlarni tadqiq qilish uchun baza bo’lib xizmat qiladi. Tashkiliy tizim vazifasida, uning strategik kursatmalarida tashkiliy tizim holati va tashqi muxitning taxmin qilingan rivojlanishiga ko’ra harakat qilishning asosiy qoidalari mustahkamlanadi.
Missiya va uning maqsadga yo’naltirilganligini amalga oshirishni yuqori – makrodarajada aniqlash o’ta qiyin hisoblanadi. Avvalo qo’yidagilarni aniqlab olish kerak: makrodarajada qabul qilingan harakatlar nimaga yo’naltirilgan va ular qanday missiyani ko’zlaydi? Mamlakatning makrodarajadagi missiyasi umummilliy maqsadlarga mos keladigan milliy g’oyani rivojlantirishdan iborat.
Mutsaqil mamlakatimizda milliy g’oya sifatida ‘O’zbekiston-kelajagi buyuk mamlakat’ degan g’oya shakillanmoqda.
Missiya tanlash zaruriyati mashhur rahbarlar tomonidan tizimlar nazariyasini ishlab chiqishdan ancha oldin tan olingan. Foyda ma‘nosini yaxshi tushunuvchi rahbar, Genri Ford quyidagi missiyani belgilaydi: ‘Ford’ bu kishilarga arzon transportni yetkazib berish.
Missiya bu kompaniya o’z mijozlarining u yoki bu talablarini qondirilishini o’z ichiga oluvchi kompaniyaning mavjudlikligini va rivojlanish mohiyatini belgilaydi.
Muvaffaqiyatli faoliyat olib boruvchi kompaniyalarda kompaniya missiyasi albatta uning barcha xodimlariga – prezidentidan toritib farroshgacha ma‘lum va ana shu narsa kompaniyaning keskin raqobatda ham faoliyat yuritishiga imkon beradi.

Rasm 2.1. Strategik rejalashning piramida ko„rinishi.
Firmaning missiyasi – kompaniyaning biznesida faoliyat yo’nalishini va asosiy qoidalarini aniq va lo’nda aniqlab beradi. Yaxshi o’ylab tanlangan missiya ancha samarali bo’ladi, xodimlarni ishga bo’lgan qiziqishini va ishtiyoqini oshiradi, ularning tashabbuskorligini rivojlantiradi.
Missiya quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ishonch va mavqeini e‘lon qilishni;

  • firma o’z faoliyati bilan mijozlarini mahsulot yoki xizmatga bo’lgan talabini, qoniqtira olishini;

  • bozorga chiqish tartiblarini;

  • firmada foydalanadigan texnologiyalarni;

  • moliyalashtirishni, o’sish siyosatini, innovatsiyalarni, markazlashtirishga bo’lgan munosabatni;

  • ishchilarni, aksionerlarni, jamoat tashkilotlarini, xududiy va xukumat organlarini siyosiy talablarini va e‘tirozlarini qoniqtirishni.


Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling