Udk 339. 1(075. 8) I. S. Tuxliyev, A. B. Bektemirov, Z. I. Usmanova ‘Turizmda strategik marketing’: O„quv qo„llanma – S.: Samisi, 2010 – 138 b


Bozor islohotlarini birinchi bosqichidagi ustuvor yo„nalishlar


Download 3.18 Mb.
bet36/86
Sana20.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1788295
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
Bog'liq
turizm sohasida strategik marketing

4.2. Bozor islohotlarini birinchi bosqichidagi ustuvor yo„nalishlar
Bizning bozor islohotlarini amalga oshirish dasturimiz ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilishga asoslanadi.
Birinchi boskich — totalitar o’tmishdan hozirgi, zamonaviy bozor munosabatlariga o’tishga qaratilgan chora-tadbirlar , zanjiridagi bosh-lang’ich bo’gindir. Mazkur davrning xususiyati ham murakkabligi ham ana shunda.
Birinchi bosqichda g‘oyat muhim va birinchi darajali chora-tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida quyidagilar ilgari surildi:

      • yokilgi-energetika kompleksining ildam sur‘atlar bilan rivojlanishini ta‘minlash, neft va tabiiy gaz qazib chiqarish hamda ularni qayta ishlash xajmlarini oshirib borish, shuning hisobiga respublikaning energetika mustaqilligiga erishish;

      • tovarlarni chetdan keltirish o’rniga ularni o’zimizda ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish asosida, boshqa mintaqalardan keltiriladigan xalq xo’jaligini va aholi turmushini ta‘minlaydigan g’oyat muhim mahsulot turlariga respublikaning qaramligini kamaytirish choralarini ko’rish;

      • qishloq xo’jalik xom ashyosining eng muhim turlarini (paxta, ipak, mevasabzavot va boshqa mahsulotlarni) yanada to’la qayta ishlash, yengil va mahalliy sanoatning tutash ishlab chiqarishlarini — tuqimachilik, ip yigirish, tikuvchilik va boshqa korxonalarni rivojlantirish; eng muhim iste‘mol mollarini ishlab chikqaradigan tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tayyorlanayotgan mahsulot hilini ko’paytirish, osh tuzi, spirt, gugurt va boshqa o’ta kamyob tovarlarni ishlab chiqaruvchi yangi korxonalarni bunyod etish.

Qishloq, xo‘jaligidagi islohot iqtisodiy o‘zgarishlarning eng muhim bo‘g‘ini deb belgilandi.
Dexqonchilik sektorni rivojlantirish muammolari O’zbekistonning bozorga o’tishi strategiyasida hal qiluvchi muammolardandir. Shu sababli qishloq xo’jaligi doimo amalga oshiriladigan iqtisodiy islohotlar markazida turadi. Zero bu butun iqtisodiyotimizning asosidir
Butun iqtisodiy islohotlarimiz dasturining yuqorida ko’rsatib o’tilgan asosiy ustuvor yo’nalishlari bilan bir qatorda, islohotni amalga oshirishning hamma bosqichlarida dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan bir qancha umumiy ustuvorliklarni ham aniq ko’rsatib o’tish kerak. Ular jamiyatni yangilash jarayonining beistisno hamma yo’nalishlarini qamrab oladi.
Umumiy ustuvorliklar islohot bosqichlarining izchilligini, uning uzluksiz kechishini ta‘minlaydi. Ko’zlangan o’zgarishlar muqarrar bo’lishi uchun shartsharoit yaratadi.
Islohotlar strategiyasini ruyobga chiqarishda biz uchun umumiy ustuvorlik, eng avvalo, aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Ana shu chora-tadbirlar orasida qo’yidagilar alohida ahamiyatga ega:

  • respublikada ijtimoiy-siyosiy barkarorlikning, fuqarolar orasida tinchlik va millatlararo totuvlikning ishonchli kafolatlarini ta‘minlash;

  • ijtimoiy adolat qoidalarini yanada mustahkamlash, aholining eng muhtoj bo’lgan qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetimlar, ko’p bolali oilalar va uquvchi yoshlarni ijtimoiy himoyalashning kuchli vositasini yaratish;

  • ijtimoiy yordamni unga muhtoj bo’lgan shaxslarga berish, bunday yordamning aniq maqsadga yo’naltirilganligini kuchaytirish, nafaqalar va boshqa to’lovlar tizimini aholining real daromadlari bilan bog’lagan holda uyg’unlashtirish hisobiga ijtimoiy yordamning ta‘sirchanligini oshirish;

  • aholining eng muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash muammolarini hal qilishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, mahalla qo’mitalari rolini oshirish, kam ta‘minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-qo’uvvatlashga xizmat qiluvchi maxsus jamgarmalar faoliyatini kuchaytirish uchun sharoit yaratish;

  • mehnat bozorini tartibga solish hamda ish bilan ta‘minlash sohasida faol siyosat yuritish, respublikaning ish kuchi ortiqcha bo’lgan tumanlarida kichik va o’rta korxonalarni ustun darajada rivojlantirish hisobidan yangi ish joylarini yaratishni rag’batlantirish.

  • Yana boshqa umumiy ustuvorliklar ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish, aqliy va ma‘naviy salohiyatni mustahkamlashdan iboratdir. Hozir respublika jamiyatni isloh qilishning navbatdagi bosqichiga izchil suratda qadam qo’ydi.


Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling