Udk 371 Kamaova Nilufar Ilxomovna


Download 0.56 Mb.
bet1/3
Sana28.07.2020
Hajmi0.56 Mb.
#125020
  1   2   3
Bog'liq
xalqaroKamalova N.I. - maqola


UDK 371

Kamaova Nilufar Ilxomovna

Buxoro VXTXQTMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi.

ANDRAGOGIK TA’LIMDA MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGINI OSHIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Qisqacha annotatsiya

Maqolada media va axborot savodxonligining afzalliklari va pedagoglarning axborot savodxonligini oshirishning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.



Tayanch so’zlar: Media va axborot savodxonligi, axborot texnologiyalari, taqdimot, media talim.

UDK 371

Kamaova Nilufar Ilxomovna

Bukhara regional of Retraining and in-service Training personnel of Public Education., Republic of Uzbekistan



a teacher of the department of exact and natural science.

SPECIFIC FEATURES OF DEVELOPING MEDIA AND INFORMATION LITERACY IN ANDRAGOGICAL EDUCATION.

Article

This article is contained information about the advantages of media and literacy of communication and improving communication literacy of pedagogical features.



Key words: Media and communication literacy, communication technology, presentation, media education.

Media va axborot savodxonligi ko’nikmalarini o’zlashtirish pedagoglarga - ta’lim muhitini boyitish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va o’qitish, o’rganish yanada faol kechishiga ko’maklashadi. An’anaviy malaka oshirish kurslarining “O’quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash” moduli orqali ham ularning media hamda axborot savodxonligi oshirib boriladi. Bunda tinglovchilar androgogik ta’lim asosida o’qitiladi. Androgogika – pedagogika fanining alohida yo’nalishi bo’lib, katta yoshdagilarni o’qitish va tarbiyalashning nazariy, amaliy muammolarini o’rganadi.

Kattalar ta’limi – jamiyat tomonidan katta yoshli deb hisoblangan kishilarning o’z qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarini oshirish, texnik va kasbiy mahoratini takomillashtirish yoki shaxsiy ehtiyojlari va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun yangi yo’nalishda qo’llashni o’rganishni maqsad qilgan rasmiy yoki boshqa shakldagi o’qish jarayoni. Ekanligini bilamiz.

Tinglovchilarning media hamda axborot savodxonligini oshirishga qaratilgan ta’lim – maqsadli, asosli, yorqin, dinamik, qiziqarli, birlashtiruvchi, faol, ijodiy va zavqli bo’lishi kerak.

Media va axborot savodligining afzalliklarini quyidagilar:

1. Media va axborot savodligini o’qitish va o’rganish jarayoni kelgusida o’sib kelayotgan avlodga o’z bilimlarini yetkazishi uchun pedagoglarni keng bilimlar bilan ta’minlaydi.

2. Media va axborot savodligi demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar beradi, media va axborot xizmatlarining funksiyalari doirasidagi faoliyatini baxolash hamda ushbu funksiyalarni amalga oshirish va asosiy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta’minlaydi.

3. Media va axborot savodxonligiga ega bo’lgan jamiyat erkin, mustaqil va turfa fikrli media va ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag’batlantiradi.

Malaka oshirish tizimida media va axborot savodxonligini oshirishda andragogik ta’limni tashkil etishning qator omillarini hisobga olish talab etiladi:

– “auditoriyaning ijtimoiy portreti”ni oldindan to‘g‘ri ayta bilish, auditoriyadagi qatnashchilarning qiziqishlari, mavjud tajribasi, intellektual salohiyatini to‘g‘ri baholay olish[1]. Malaka oshirish tizimida pedagog-andragog darsga kirak ekan, u qaysi yo’nalish tinglovchilariga dars o’tishini hisobga olishi kerak. Chunki doimiy ravishda axborot texnologiyalari bilan shug’ullanuvchi fan o’qituvchilari (informatika, ingliz tili, matematika…) uchun mavzuni o’tish sur’ati tezroq, kundalik faoliyatida axborot texnologiyalarini kam qo’llovchi tinglovchilar guruhi(texnologiya, musiqa, jismoniy tarbiya …) uchun mavzuni o’tish sur’ati sekinroq amalga oshirilishi lozim.



– qatnashchilarning ehtiyojlariga asoslangan holda fan, soha va mavzuga oid axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantirish[1]. Fasilitator guruhning ehtiyojiga asoslangan holda o’z faoliyatini olib borsagina tinglovchilarga motivatsiya uyg’ota oladi. Masalan, Power Point dasturida amaliy mashg’ulot bajarilganida, tinglovchilarning dars beradigan fanidan kelib chiqgan holda quyidagi ko’rinishdagi slaydlarni tayyorlashni o’rgatishi mumkin:

  • Ingliz tili yo’nalishida. Bunda taqdimotda lug’atlardan foydalanish, animatsion rasmlardan va multimedia elementlaridan foydalanish mumkin



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling