Udk 631. 812 Xasanova shamsihamarbegim


Download 0.84 Mb.
bet1/11
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIOGAZ OLISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI




Qo’lyozma huquqi asosida
UDK 631.812

XASANOVA SHAMSIHAMARBEGIM


MAHALLIY CHIQINDILARDAN BIOGAZ OLISH VA UNI NOORGANIK QO’SHIMCHALARDAN TOZALASH


shifr - Biotexnologiya


Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: k.f.d., prof. A. A. Ibragimov

MUNDARIJA



XASANOVA SHAMSIHAMARBEGIM 1
MUNDARIJA 1
Kirish 3
I BOB. Adabiyotlar sharhi 7
1.1Biogaz haqida tushuncha 7
1.2Biogazni kelib chiqish tarixi 17
1.3Biogazdan foydalanishni rivojlangan mamlakatlar tajribasi misolida o’rganish 20
Dunyo energiya balansi 21
1.4. O’zbekistonda biogaz istiqboli 24
O'zbekistonda energiya balansi 25
2.1. Uskunani blok sxemasi. 33
2.2. Uskuna qismlarini umumiy ko’rinishi va xarakteristikasi. 39
2.3.Biogaz olishda ishlatiladigan xomashyolar 45
IIbob yuzasidan xulosa 52
III BOB. Olingan natijalar tahlili. 53
3.1.Texnik iqtisodi. 53
M = £ Ajb (mBPK - mBPK taskl )pyil (6) 59
3.2. Iqtisodiy samaradorligi 59
3.2.1.Biogaz chiqindisidan o’g’it sifatida foydalanish 61
9-jadval. 62
10-jadval. 63
3.2.2.Biogaz chiqindisidan ozuqaviy maqsadlarda foydalanish 64
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 68
II.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari. 68
III.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari. 68
IV.Darslik va o’quv qo’llanmalar. 68
V.Ilmiy jurnal va to’plamlardagi maqolalar. 69

Kirish


Ishning dolzarbligi. O’zbekiston Respubliksida ta’lim tizimida mustaqillik davrida juda katta islohatlar olib borilmoqda. Ta’lim sohasidagi islohatlar Prezidentimiz Islom Karimovning ta’limga bo’lgan e’tiborining naqadar kuchli ekanligini ko’rsatadi. Prezidentimizning ta’lim sohasidagi Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yiladigan davlat talablari “Ta’lim to’g’risida”gi 1 va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentining “Oliy malakaliy ilmiy va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2012-yil 24 iyuldagi PF - 4456-son Farmoni kabi muhim hujjatlar ta’lim sohasini rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishga qaratilgan.
Bioenergetika sohasi rivojlanishi uchun ham, Prezidentimiz katta e’tibor qaratmoqdalar. Bioenergetika sohasi tabiatdan oqilona foydalanib, energiya ishlab chiqarishdir. Bularga shamol elektrostansiyasi, gidroelektrostansiya, hamda hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan quyosh batarekalaridan elektr energiya ishlab chiqarish, organik qoldiqlardan biogaz ishlab chiqarish sohalari kiradi.
Organik qoldiqlardan tabiiy gazga o’xshash biogaz ishlab chiqarish muammolarni O’zbekiston sharoitida hal qilish maqsadida, fermer xo’jaliklari parranda va qoramol go’ngidan oqilona foydalanish choralarini hal qilish uchun O’zbekiston Respulikasi Prezidentining PQ 3902-sonli 5.09.2012 dagi “Alternativ yoqilg’i turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ishchi guruhlar yaratish” haqida va 1.03.2013 dagi2 PQ 4512 “Alternativ yoqilg’i turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish” 3 to’g’risidagi qarorlari qabul qilinib, keng ko’lamda ish olib borish uchun yo’l ochib berildi. Qarorda kelajakda mahalliy chiqindi resurslaridan to’liq foydalanish haqida ta’kidlandi.
Chiqindilar to’g’risidagi qonunni qabul qilinishi4, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respulikasida 2008 - 2012 yillarda tabiatni muhofaza qilish”ga mo’ljallangan dasturi to’g’risidgi qarorni e’lon qilinishi biogazni O’zbekiston Respublikada jadal sur’atda rivojlanishiga sabab bo’lmoqda .
Hozirgi kunda aholi sonining ortib borishi natijasida elektr energiyasi va tabiiy yoqilg’i mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoj ham o’z navbatida keskin ravishda ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bu muammo yanada ortib borganligi sababli, chet el olimlari tamonidan bionergiyadan oqilona foydalanish jadal sur’atda yo’lga qo’yilgan.
Insoniyatni oziq - ovqatga nisbatan ehtiyoji ortishi tufayli chorvachilik, parrandachilik va boshqa uy hayvonlarini yetishtirish ham ortadi va bu o’z navbatida mahalliy chiqindilarni ortishiga olib keladi. Mahalliy chiqindilarga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lish atrof-muhitga ziyon yetkazadi. Fermer xo’jaliklarida parranda va qora mol chiqindilaridan ya’ni go’ngidan foydalanib, tabiiy yoqilg’iga metanga o’xshash biogaz olish mumkinligini va bu daromad manbai ekanligini tushuntirish soha mutahassislari zimmasiga mas’uliyat yuklaydi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling