Udk: 658. 5: 004 “Raqamli iqtisodiyot” mutaxassisligi 107-21 guruh


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI


Download 38.69 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi38.69 Kb.
#1829839
1   2   3   4
Bog'liq
tutil usti

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish bo‘yicha faol ishlarni boshlanganiga qaramasdan, raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarni barqaror rivojlantirishda yetakchi mamlakatlardan pastda. Shu sababli raqamli iqtisodiyot fenomenini tushunish, uning fundamental va amaliy asoslarini o‘rganish orqali tegishli xulosa va yechimlar ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini asoslaydi.

Ishning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida “O‘zbektelekom” AK korxonalarini barqaror rivojlantirish yo‘llariga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishida belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi: raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati va asosiy xususiyatlarini tadqiq etish, korxonalarni barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rnini asoslash, “O‘zbektelekom” AK faoliyatini barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o’rnini tizimlashtirish, “O‘zbektelekom” AK faoliyatini raqamlashtirishning ekspluatatsiya jarayonini tahlil qilish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va korxonalarni barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha xorij tajribalari va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, raqamli iqtisodiyot sharoitida “O‘zbektelekom” AK faoliyatini barqaror rivojlantirish yo‘llarini aniqlash, raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyat samaradorligini oshirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot obyekti va predmeti. “O‘zbektelekom” AK va uning tarkibidagi filiallar tadqiqotning obyekti sifatida olingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida “O‘zbektelekom” AK korxonalari faoliyatini rivojlantirish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar tadqiqotning predmeti sanaladi.


Download 38.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling