Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez, induksiya va deduksiya, statistika va taqqoslash kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati va asosiy xususiyatlari tadqiq etilgan, korxonalarni barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni asoslab berilgan, “O‘zbektelekom” AK faoliyatini barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o’rni tizimlashtirilgan, “O‘zbektelekom” AK faoliyatini raqamlashtirishga doir ekspluatatsion jarayonlar tahlil qilingan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va korxonalarni barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha xorij tajribalari va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlangan, raqamli iqtisodiyot sharoitida “O‘zbektelekom” AK faoliyatini barqaror rivojlantirish yo‘llari aniqlangan, raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar faoliyat samaradorligini oshirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
|
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi. Dissertatsiya doirasidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, “O‘zbektelekom” AK va uning filiallari faoliyatini raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirishda keng foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
|
Ish tuzilishi va tarkibi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish qismi, uch bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Umumiy xajmi 77 betdan iborat.
|
Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Raqamli iqtisodiyotning mohiyati yoritib berilgan, raqamli iqtisodiyot sharoitida “O‘zbektelekom” AK faoliyatini barqaror rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan, “O‘zbektelekom” AK faoliyatini raqamlashtirish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |