Udk: 81'373. 231 Milliy udumlar – milliy qadriyatlarni shakllantiruvchi mezondir
Download 39 Kb.
|
Mahalliy OAK R.Ibragimova 30.02.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words
Kalit so’zlar: milliy qadriyat, urf-odat, marosim, milliy hususiyat, milliy o’yinlar, odamiylik fazilatlari, oilaviy munosabatlar, axloq meyorlari, oilaviy marosimlar, hurmat, ta’lim-tarbiya.
Ключевые слова: национальная ценность, традиция, обряд, национальная идентичность, национальные игры, человеческие качества, семейные отношения, нравственные нормы, семейные обряды, уважение, воспитание. Key words: national value, tradition, ceremony, national identity, national games, human qualities, family relations, moral norms, family ceremonies, respect, education KIRISH Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo'ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o'tib keladi. Badiiy tafakkurning betakror mo‘jizalarini o‘zida mujassamlashtirgan xalq an’analari, marosim va udumlar, og‘zaki poetik ijodiyot namunalari shu muqaddas zaminda ming yillar mobaynida yashab kelgan ota-bobolarimiz iqtidori va chechan momolarimiz ijodiy salohiyatining mahsuli o‘laroq shakllangan azaliy milliy qadriyatdir. Olima R.Ro’ziyeva ta’rifiga ko’ra: “Anʼanalar – qadimdan insoniyat hayoti, turmushi, mehnati va ibratli hayot saboqlari boʻlib, avloddan-avlodga, oʻtmishdan kelajakka meros boʻlib qoladigan, barcha tadbirlarda namoyon boʻladigan ijtimoiy faoliyat mahsulidir. Marosimlar esa anʼanalar va urf-odatlarning amaliy koʻrinishidir. Anʼanalar va milliy udumlar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy va diniy boʻlib, milliy qadriyatlarning ajralmas qismidir” [1]. Ko’rinadiki, milliy udum va an’analar – oʻtmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan avlodga oʻtadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boʻladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. Milliy udum va an’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli urf-odat, udumlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosim va udumlar an’ana sifatida namoyon boʻladi. Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling