Udk: hasanov nodir hamroqulovich yer osti suvlari "korizlar" va ulardan foydalanish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana05.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#207047
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
yer osti suvlari korizlar va ulardan foydalanish tarixi nurota tumani misolida

Ustki  suvlar.  Atmosferadan  tushayotgan  qor  va  yomg’ir  suvlarning  aeratsiya 

zonasida  linza  ko’rinishida  yoki  o’zidan  suv  o’tkazmaydigan  yupqa  qatlamlar 

ustida to’planishidan ustki suvlar paydo bo’ladi. Ular yer yuziga yaqin joylashgan 

bo’lib,  ularning  tarqalish  soxasi  suv  bilan  ta'minlanish  soxasiga  mos  keladi.  Bu 

suvlarning  qalinligi  suv  o’tkazmaydigan  qatlam  o’lchamiga  bog’liq.  Ularning 

o’lchami qancha katta bo’lsa, suv qalinligi xam shuncha katta bo’ladi. Ustki suvlar 

satxi suvning linza atrofidan oqishi bilan belgilanadi. Agar yuqoridan singayotgan 

suv  xarakati  uzoq  davom  etib  suv  satxini  ko’tarsa,  u  xolda  ustki  suvlar  pastda 

joylashgan  grunt  suvlarini  tuyintiradi  Bu  suvlarning  o’ziga  xos  xarakterli 

xususiyati  shundaki,  uning  miqdori  yil  fasllari  davomida  keskin  o’zgarib  turadi. 




 

 

Baxor  oylarida  yomg’irning  ko’p  yog’ishi,  qorlarning  tez  erishi  natijasida  suvli 



gorizontning  qalinligi  oshsa,  yoz  oylarida  quyoshning  qizdirishi,  o’simliklarning 

o’zidan  suvni  bug’lantirishi  ta'siri  natijasida  uning  miqdori  kamayib  ketadi. 

Shuning  uchun  ular  mavsumiy  suv  xisoblanadi.  Ximiyaviy  tarkibiga  ko’ra  ular 

chuchuk  yoki  sho’rroq,  organik  birikmalar  bilan  ifloslangan  bo’ladi.  Bu  suvlar 

zaxirasining  qamligi,  organik  birikmalarga  boyligi,  tarqalish  maydonining 

chegaralanganligi  sababli  ulardan  shaxar  va  qishloqlarni  suv  bilan  ta'minlash 

maqsadida foydalanib bo’lmaydi. 


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling