Udk: hasanov nodir hamroqulovich yer osti suvlari "korizlar" va ulardan foydalanish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana05.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#207047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
yer osti suvlari korizlar va ulardan foydalanish tarixi nurota tumani misolida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

I bob.     ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI 



 

Yer  osti  suvlari  ,  korizlar  va  ularning  tarixi  bilan  bog’liq  bo’lgan  ilmiy 

adabiyot manbalariga suyangan holda adabiyotlar sharhini keltirdik. 

Prizidentimiz I. A. Karimov «O’zbekiston XXI asr busag’asida xavfsizlikka taxdid 

barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  kitobida  shunday  yoziladi:  Asrlar 

tutash  kelgan  davrda  butun  insoniyat  mamlakatimiz  axolisi  juda  katta  ekologik 

xavfga  duch  kelib  qoldi.Buni  sezmaslik,  qo’l  qovushtirib  o’tirish  o’z-o’zini 

o’limga  maxkum  etish  bilan  barobardir.  Ushbu  asarda  ta’kidlangandan  inson  va 

tabiat  o’rtasidagi  qonuniyatlar  buzulganligi  tufayli  tuproqlar  erroziyaga 

uchramoqda.O’rmonlar  qisqarib  bormoqda,  atmosfera  ifloslanib  turli  kislotali 

yomg’irlar  yog’moqda,  suvlar  zaxarlanib  ketmoqda,  xayvonot  va  o’simliklar 

dunyosiga qaytarilmas zarar etkazilmoqda. 

O’zbekiston hozirgi va kelajak avlodlarining manfatlarini ko’zlab, er va er osti 

boyliklarini,  suv  resurslarni,  o’simlik  va  xayvonot  dunyosini  qo’riqlash,  tuproq 

hamda atmosferaning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, ulardan ilmiy asosda oqilona 

foydalanish,  tabiiy  boyliklarini  tiklash  va  atrof  muxitni  yaxshilash  maqsadida 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  50-moddasida  «Fuqorolarga  –tabiy 

muxitga  extiyotkorona  munosabatda  bo’lish»  lozimligi  kabi  majburiyatlar 

yuklangan. 

O’zbekiston Respublikasi «Tabitani muxofaza qilish to’g’risida»gi (1992  yil), 

«Er  kodeksi»  (1996  yil),  «Er  osti  boyliklari  tug’risida»gi  (2004  yil),  «Hayvonot 

dunyosini  muxofaza  qilish  va  undan  foydalanish  to’g’risida»gi  (1997  yil), 

«O’simlik dunyosini muxofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (1997 yil) 

«O’rmon  to’g’risida»gi  (1999  yil)  kabi  qonunlar  va  boshqa  ko’plab  qonun  osti 

me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 

A. Hasanov,    G’.Rashidov  Yer  osti  suvlari  haqidagi  fan  nomli  kitobida(1987-

y)“yer osti suvlarining turlari” to’g’risida, Qolaversa Nurota tumanining  qadimiy  

korizlari  ularning  inson  hayotidagi,qishloq  xo’jalikdagi  ahamiyati  to’g’risida 

fikrlarini bildirgan .  



 

 

Abdimo’minov    O.  Nurota  korizlari  tarixi  haqida  maqolasida    korizlarning 



qurulishi ularning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.  

M.  Jo’rayev,  U.    Sattorov.  Qadimiy    Karmana      rivoyatlari  nomli  risolasida 

Nurota tumanidagi yer osti suvlari shu jumladan Nurota qadimiy korizlari hususida 

ma’lumotlar keltirilgan.  ( 2013-y)   

Sh.  Ismoilzoda,  R.  Ahmedov.Nurota  tarixidan  saxifalar    (  2010-y  )    nomli 

risolasida  Nurota  tumani  yer  osti  suvlarining  joylashuvi,  suvlarining  

shifobaxshliligi,shu  bilan  birga  Nurota  tumanida  barpo  etilgan  yer  osti  inshooti 

hisoblanmish  korizlarning  qurulishi  tarixini  Makedoniyalik  Iskandar  Zulqaynar 

nomi bilan bog’liqligi borligini ta’kidlaydi.  

M. A. Batlerning (1933) ma'lumotiga Qaraganda, qishloq xo’jaligi va umuman 

yashash  ehtiyojlarini  yer  osti  suvlari  hisobiga  qondirish  uchun    tog’  etaklaridan 

tekislikka  suv  keltiruvchi  quduqlar  sistemasidan  foydalanilgan  bo’lib,  bunda 

quduqlarning  quyi  qismlari  tunnel  bilan  tutashtirilgan.Hozirgi  vaqtda  bu  yer  osti 

inshooti korizlar deb nomlanadi. 




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling