Uglerod Uglerod (lotincha: lot. Carbo — kumir, lotincha: Carboneum), C
Azotning kislorodli birikmalari, olinishi, xossalari va ishlatilishi
Download 355.58 Kb.
|
Adolat kimyo uglerod elementi
Azotning kislorodli birikmalari, olinishi, xossalari va ishlatilishi
Azot (I)-oksid N2O – hozirgi vaqtda tibbiyotda, aerozol va ko‘pik hosil qiluvchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Azot (II)-oksid suvda yomon eruvchi rangsiz va zaharli gaz. Laboratoriyada uni suyultirilgan nitrat kislotani mis yoki temir ishtirokida qaytarib olinadi. 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O Azot (II) – oksid kislorod bilan reaksiyaga kirishib, azot (IV) – oksidga aylanadi: 2NO + O2= NO2 Azot (IV)-oksid NO2 – qo‘ng‘ir rangli gaz, zaharli, hidi kishini bo‘g‘adi. Past haroratda o‘zidan-o‘zi dimerlanadi: 2NO2 → N2O4 N2O4 – sharoitga qarab suyuq va qattiq holda ham bo‘lishi mumkin. Azot dioksid monoksidni platina katalizatori ishtirokida oksidlab yoki metallar nitratlarini termik parchalab olinadi. Nitrat kislota olishda xomashyo, suyuq raketa yoqilg‘isi uchun oksidlovchi sifatida, neft mahsulotlaridan oltingugurtni ajratishda va organik birikmalarni katalitik oksidlashda ishlatiladi. Azot (III)-oksid N2O3 azotning (II)-oksidi bilan (IV)-oksidi aralashmasini sovitish orqali olinadi: NO + NO2 ↔ N2O3 Suv bilan birikib, nitrit kislotani hosil qilganligi uchun u nitrit angidrid deb ataladi. Azot (V)-oksib N2O5ni nitrat kislotaga fosfor (V)-oksidni ta‘sir ettirib olinadi: 2HNO3 + P2O2 = N2O5 + 2HPO3 N2O5 rangsiz kristall modda, suvga juda o‘ch, beqaror, ba‘zan portlash bilan parchalanadi.Kuchli oksidlovchi, suv bilan birikkanda nitrat kislotani hosil qiladi. N2O5 + H2O = 2H2+NO Nitrit kislota HNO2suyultirilgan eritma holida mavjud bo‘la oladi. Tuz va efirlari nitritlar deyiladi. Kuchsiz kislota, beqaror, parchalanganda nitrat kislota, azot oksid va suv hosil qiladi. 2HNO2→ 2HNO3 +2NO+H2O Nitrat kislota HNO3 rangsiz suyuqlik, suvdan 1,5 baravar og‘ir, 86° C da qaynaydi. Suv bilan aralashganda azeotrop va kristallogidratlar hosil qiladi. Kuchli oksidlovchi, boshqa moddalarni oksidlanganda azotning oksidlanish darajasi +4,+3,+2,+1 va –3 gacha o‘zgaradi. Nitrat kislota ammiakni havo kislorodi yordamida 750°C da oksidlab olinadi. 4NH3 + 5O2 → 6H2O + 4NO 2NO + O2 → 2NO2 3NO2 + H2O → 2HNO3 + NO 2N2O4 + O2 + H2O → 4HNO3 4HNO3 ↔ 2H2O + 4NO2 + O2 Nitrat kislota oltingugurt, fosfor va uglerod bilan o‘zaro ta‘sir etib, sulfat kislota, fosfat kislota va karbonat angidrid hosil qiladi. Bir hajm nitrat kislota va uch hajm xlorid kislota bilan aralashmasi ―zar suvi‖ deb yuritiladi. U o‘zida oltin, platina va boshqa metallarni eritadi. Nitrat kislota tuzlari bilan nitratlari asosan oq rangli kristallar bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Natriy, kaliy, kalsiy, bariy va ammoniy nitratlar selitralar deb ham yuritiladi. Plastik massalar sanoatida, dori-darmonlar ishlab chiqarishda, bo‘yoqchilikda, portlovchi moddalar, azotli va kompleks o‘g‘itlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Download 355.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling