Uglevodlar bola oranizmining moddalar va energiya almashinuvida, o’sib rivojlanishlanishida, asosiy va
qo`shimcha oziq moddalarga bo’lgan talabning yetarli darajada qondirilib borilishida juda katta ahamiyatga ega.
O`suvchi organizmlarning iste`mol taomlarida uglevodlarning zaruriy miqdorda bo`lishi, tanadagi fiziologik,
biokimyoviy jarayonlarni me`yorida borishini ta`minlaydi. Shu sababli o`suvchi yosh organizmlar, ya`ni bolalarning
oqilona ovqatlanishini to`g`ri tashkil qilishni talab etadi.
Aholi orasida so‘nggi yillarda keskin ko‘payib borayotgan
noinfeksion (yuqumli bo‘lmagan) kasalliklardan biri qandli
diabet kasalligidir. Bu kasallik haqida odamlar ongida ko‘plab
noto‘g‘ri tushunchalar mavjud. Maqolada ularning ayrimlariga
to‘xtalib o‘tilgan.
Foto: Shutterstock
«Qandli diabet qo‘rquvdan kelib chiqadi», «Qandli diabet
boylarning kasalligi»...
Qandli diabet kasalligining ikkita turi mavjud. 1-tur qandli diabet
autoimmun kasallik. Qolaversa, uning kelib chiqishida
pankreatotrop (oshqozon osti bezida yashashga moyil) virusli
infeksiyalar (gepatit, parotit, qizilcha, qizamiq va boshqalar) ning
ham muhim o‘rni bo
Bundan tashqari surunkali davom etuvchi stress holatlari, uzoq davom etuvchi uyqusizlik, ba'zi kasalliklar,
jumladan, gipertoniya kasalligi, pankreatit, semizlik, tireotoksikoz, Itsenko-Kushing sindromi, akromegaliya va
boshqa kasalliklar hamda ayrim dori preparatlari (nikotin kislota, glyukokortikoidlar, tireoid gormonlar) qandli
diabet kasalligi paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.
Qo‘qqisdan yuzaga kelgan stress holatlari (birdan qo‘rqib yoki xursand bo‘lib ketish) esa aslida qandli diabetga
moyil bo‘lgan, uglevodlar almashinuvi u yoki bu darajada buzilgan odamlarda qandli diabet kasalligi belgilari
paydo bo‘lishiga olib keladi.
Uglevodlar almashinuvining normal kechishi uchun jismoniy mehnatning ahamiyati juda yuqori. Odatdagidek yoki
ortiqcha darajadagi iste'mol barobarida kamharakatlikka yo‘l qo‘yilganda organizmda energiya balansi buziladi.