Uglevodlar, ularning olinishi, ossalari va ishlatilishi. Uglevodlar


Download 24.32 Kb.
bet4/4
Sana07.02.2023
Hajmi24.32 Kb.
#1172580
1   2   3   4
Bog'liq
Uglevodlar

5)n formula bilan ifodalanadi. Sellyulozaning ba`zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekulyar massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari chiziqsimon (tarmoqlanmagan) tuzilgan, shu sababli sellyuloza oson tolalar hosil qiladi.
Sellyuloza ham «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi (aldegid guruhi yo`q), lekin kislotalar bilan etirifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. Molekuladagi uchta gidroksil guruhlar borligi uchun kislotalar reaksiyaga kirishadi.
[C6H7O2(OH)3]n
Gidroksil guruhlar hisobiga sellyuloza oddiy va murakkab efirlar hosil qilishi mumkin. Sellyuloza suvni tortib oluvchi vosita sifatidagi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida konsentrlangan nitrat kislota bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efir–sellyuloza trinitrati hosil bo`ladi:
[C6H7O2(OH)3]n + 3n HONO2  [C6H7O2(ONO2)3]n + 3nH2O
Bu o`q-dori tayyorlash uchun ishlatiladigan portlovchi modda. Odatdagi haroratda sellyuloza faqat konsentrlangan kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.
Sellyuloza ham kraxmal kabi suyultirilgan kislotalar bilan qizdirilganda gidrolizlanadi va glyukoza hosil qiladi:
(C6H10O5)n + nH2O  nC6H12O6
sellyuloza glyukoza
Sellyulozadan gidrolizlanish hisobiga glyukoza olinadi, glyukozani bijg`itish yo`li bilan esa etil spirt olinadi. Yog`ochdan olingan spirt gidroliz spirti deyiladi.
Paxta, zig`ir va kanop tola holidagi sellyuloza gazlamalar ip-gazlama va zig`ir tolali gazlamalar tayyorlashga sarflanadi. Sellyulozani kimyoviy qayta ishlab, bir necha xil sun`iy ipaklar, plastmassalar, kinoplyonka, tutunsiz o`q-dori, laklar va ko`pgina boshqa mahsulotlar olinadi.
Download 24.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling