Uglevоdоrоdlаr. Аlkаnlаr vа siklоаlkаnlаr. Izomeriya


Alkinlar. Alkadienlar


Download 0.59 Mb.
bet3/10
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1611634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
органик кимё сиртки

Alkinlar.

  • Alkadienlar.

  • Hаjmi 80 l bo’lgаn (n.sh.) tаbiiy gаzdаn mаssаsi 60,6 g bo’lgаn mоnохlоr metаn оlindi. Аgаr mоnохlоr metаnning hоsil bo’lish unumi nаzаriy hisоblаgаngа nisbаtаn 40 % gа teng bo’lsа, tаbiiy gаzdаgi metаnning hаjmiy ulushini аniqlаng.

  • Bug xolatdagi 10 ml «X» va 10 ml «U» uglеvodorodlari 120 ml kislorod bilan aralashtirildi. Aralashma bеrk idishda portlatildi. Rеaktsiyadan so‘ng hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi normal sharoitga kеltirilganda, xajmi 85 ml ga tеng bo‘ldi. Bunda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi ishqor eritmasidan o‘tkazilganda xajmi 15 ml gacha kamaygan. Qolgan gaz qizdirilgan mis simi ustidan o‘tkazilganda batamom rеaksiyaga kirishgan. «U» uglеvodorodni Prints rеaksiyasi yordamida izobutilеn va formaldеgiddan olish mumkin. «U» uglеvodorodni zichligi «X» uglеvodorod zichligidan taxminan 2,2667 marta katta. «U» uglеvodorodning 10 ml miqdori 30 ml vodorod bilan aralashtirilib platina ustidan o‘tkazilganda, bromli suvni rangsizlantirmaydigan 20 ml gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Barcha tajribalar normal sharoitda o‘tkazilgan. Yuqorida kеltirilgan ma'lumotlar asosida quyidagilarni aniqlang. 1) «X» va «U» uglеvodorodlar tarkibini va tuzilish formulasini toping. 2) «U» ni barcha izomеrlarini yozing va nomlang. 3) «X» va «U» sanoatda qanday usullar bilan olinadi. 4) Barcha rеaksiya tеnglamalarini yozing.

  • Hajmi 500 m3 bo’lgan n-butan degidrogenlanishi natijasida ajralib chiqadigan vodorodning hajmini toping. Reaksiya natijasida 400 m3 butadien-1,3 hosil bo’lgan.

  • Hajmi 2 l (=0,79 g/ml) bo’lgan (massa ulushi 95%) etil spirtidan qanday hajmli divinil hosil bo’ladi? Reaksiyaning unumi 90% ga teng.

  • Gazlar aralashmasidagi 1,3-dienlarni miqdoran aniqlashda, 1,3-dienlarni malein kislotaning angidridi bilan oson va qoldiqsiz miqdoran birikish reaksiyasidan foydalaniladi. Gazlar aralashmasining 100 l dan 152 g tetragidraftal kislota angidridi hosil bo’ldi. Gazlar aralashmasining necha litri butadien-1,3 (divinil)dan iborat? [Javob: 22,4 l]

  • Uglerod atomlari ochiq zanjir hosil qiladigan 1,62 g to’yinmagan uglevodorodni to’liq katalitik gidrogenlash uchun 1,344 l vodorod kerak bo’ldi. Shu uglevodorodning vodorodga nisbatan zichligi 27 ekanligini va u sanoatda kauchuk ishlab chiqarishda keng foydalanishini e`tiborga olib, uning tuzilishini aniqlang.

  • Uglerod atomlari ochiq zanjir hosil qilgan 0,1 mol uglevodorod to’liq yondirilganda 5,4 ml suv hosil bo’ladi va 8,96 l uglerod (IV)-oksid ajralib chiqadi. Shu uglevodorod ekvimolekulyar miqdordagi xlor bilan o’zaro ta`sir ettirilganda asosan simmetrik tuzilgan, xlor atomlari zanjirning uchlarida joylashgan dixlor alken hosil bo’ladi. Dastlabki uglevodorodning tuzilishini aniqlang. [Javob: Butadien-1,3]

  • Massasi 8,1 g bo’lgan butadien-1,3 ning gidrogenlanishi natijasida butan va buten-1 aralashmasi olindi. Shu aralashma brom eritmasi orqali o’tkazilganda 10,8 g massadagi 1,2-dibrombutan hosil bo’ldi. Olingan aralashmadagi uglevodorod-larning massa ulushlarini aniqlang. [Javob: W(C4H8)=32,6%; W(C4H10)=67,4%]

  • 20% qo’shimchasi bor 25 g kaltsiy karbidni parchalash uchun necha ml suv kerak? Bunda ajraladigan atsetilenning hajmini (n.sh.da) aniqlang.

  • 1 kg texnik kaltsiy karbidning to’liq parchalanishidan 300 l atsetilen olinadi. Kaltsiy karbidda necha protsent qo’shimchalar bo’lgan?

  • 5,6 l atsetilen olish uchun (n.sh.da) necha gramm vinil xlorid KOH ning spirtdagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi?

  • Texnik atsetilen olishda ishlatiladigan kaltsiy karbid muayyan talablarga javob berishi kerak: uning 1 kilogramiga suv ta`sir ettirilganida 260 l atrofida atsetilen ajralib chiqishi lozim. Shunday karbidda CaC2 ning massa ulushi qanchaga teng?

  • Butadiene kauchukdagi monomerlar soni tabiiy kauchukdagi monomerlar sonidan 300 taga ko’p tabiiy kauchukdan 32% li ebonit (molekulyar massasi 425000) olingan bo’lsa, butadiene kauchukning polimerlanish darajasini aniqlang. <<>>4550

  • Kaltsiy karbid iste`molchilarga 130 kg gacha karbid sig’adigan barabanlarda yuboriladi. 80% li karbidning shuncha miqdoridan qancha hajm atsetilen olish mumkin?

  • 1 mol atsetilen yondirilganda 1350 kJ issiqlik chiqadi. 1 m3 yondirilganda qancha issiqlik chiqadi? 1 m3 vodorod yonganda chiqadigan (uning 1 moli yonganda 242 kJ chiqadi) issiqlik bilan taqqoslang.

  • 100 ml etanolda (=0,81 g/ml) 0oC da 600 ml atsetilen eriydi. Hosil bo’ladigan eritmaning protsent kontsentratsiyasi qanday bo’ladi?

  • Laborotoriyada 25 l (n.sh.da) atsetilendan 16 g benzol olindi bu miqdor reaksiya tenglamasiga muvofiq hosil bo’lishi lozim bo’lgan massaning necha protsentini tashkil etadi?

  • 5 l atsetilenni yoqish uchun necha litr kislorod va necha litr havo ((O2)=21%) kerak bo’ladi?

  • 85% li 5 g kaltsiy karbiddan (n.sh.da) necha litr atsetilen hosil bo’lishini hisoblang.

  • 28 kg kaltsiy oksid bilan 30 kg ko’mir qo’shib qizdirilishi natijasida hosil bo’ladigan kaltsiy karbidning massasini aniqlang.

  • Massasi 120 kg bo’lgan kaltsiy karbidga suv ta`sir ettirilganda (n.sh.da) 33,6 m3 gaz ajralib chiqdi. Texnik mahsulot tarkibidagi toza CaC2 ning massa ulushini toping.

  • 32 g kaltsiy karbidning 200 ml suv bilan ta`sirlashishi natijasida hosil bo’ladigan eritma tarkibidagi kaltsiy gidroksidning massa ulushini aniqlang.

  • Kucherov reaksiyasi yordamida 50 l (n.sh.da) atsetilendan necha gramm sirka aldegid olish mumkinligini toping. Reaksiyaning unumi 90% ga teng.

  • Normal sharoitda 30 l atsetilen bilan 20 l vodorod xlorid o’zaro ta`sirlashishi natijasida necha gramm vinil xlorid hosil bo’lishini aniqlang.

  • Hajmi 10 l bo’lgan eten (=20%) va etin (=80%) gazlari aralashmasini to’liq gidrogenlash uchun vodorodning qanday hajmi kerak bo’ladi? Reaksiya natijasida hosil bo’ladigan etanning hajmini ham aniqlang.

  • Hajmi 50 l bo’lgan etilen (=60%) va atsetilen (=40%) gazlari aralashmasini yoqish uchun kerak bo’ladigan havo ((O2)=21%) ning hajmini toping.

  • 13 kg massali atsetilenni yoqish uchun kerak bo’ladigan kislorod va havoning hajmini aniqlang.

  • Kumush oksidning ammiakli eritmasi atsetilen bilan ta`sirlashshi natijasida 8 g vodorod ajralib chiqdi. Reaksiya uchun kerak bo’ladigan atsetilenning hajmini va hosil bo’ladigan kumush atsetilenidning massasini toping.

  • Massasi 39 g bo’lgan atsetilen 50 l (n.sh.da) vodorod bilan ta`sirlashishi natijasida hosil bo’ladigan etanning hajmini toping.

  • Massasi 180 g bo’lgan atsetilenning xlorda yonishi natijasida hosil bo’ladigan qurumning massasini va vodorod xloridning hajmini hisoblang.

  • 10 l pentin-2 ning, 10 l butin-1 va 10 l geksin-3 ning massasini hisoblab toping.

  • Laborotoriyada 50 l (n.sh.da) atsetilendan 32 g benzol olindi bu miqdor reaksiya tenglamasiga muvofiq hosil bo’lishi lozim bo’lgan massaning necha protsentini tashkil etadi?

  • Hajmi 100 l bo’lgan etilen (=60%) va atsetilen (=40%) gazlari aralashmasini yoqish uchun kerak bo’ladigan havo ((O2)=21%) ning hajmini toping.


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling