Uglevodorodli gazlar tarkibidagi nordon komponentlar


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1474344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
uglevodorodli-gazlar-tarkibidagi-nordon-komponentlar-va-ularni-gazning-xossalariga-ta-siri (1)

Uglerod dioksidi – rangsiz, yonmaydigan gaz. Nordon xususiyat namoyon qiladi. 
Uglerod dioksidi normal bosimda −78,5 ℃ haroratda suyuqlik holatini chetlab o’tib, 
«quruq muz»ga aylanadi. Termik chidamli, 200 ℃ dan yuqori haroratlarda 
dissotsiatsiyalanadi. Suvda eruvchanligi chegaralangan.
Uglevodorodli gazlarda bu kabi komponentlarning bo’lishi gazlarnig yonish 
issiqligini kamaytirib, uning ekspluatatsion xossalarini yomonlashtirgani sababli
quvurlar va qurilmalarni korroziyadan saqlash, aholini zaharli ta`sirdan himoya qilish, 
kõpchilik sanoat katalizatorlarni zaharlanishi oldini olish, shuningdеk atrof-muhit 
himoyasi talablariga muvofiq oltingugurtli birikmalarni bartaraflash maqsadida 
uglеvodorodli gazlarni nordon komponеntlardan tozalashning kõplab usullarini ishlab 
chiqish va sanoat amaliyotida qõllashga olib kеldi.
Tovar gazlarning sifat ko’rsatkichlari quyidagi talablarga asoslangan:
1. Tashishda gazlar quvuruzatkichlar, armaturalar, jihozlar vas hu kabilarni 
korroziyalamasligi lozim; 
2. Gazning sifati uni bir fazada uzatishni ta’minlashi lozim. Ya’ni, gaz 
quvuruzatkichda uglevodorodli suyuqlik, suv kondensati va gaz gidratining hosil 
bo’lmasligi va tommasligi kerak;
3. Tovar gaz iste’molchiga undan foydalanish davrida murakkablik keltirib 
chiqarmasligi kerak.
Gaz ko’rsatilgan talablarga javob berishi uchun gazlarning suvga ko’ra shudring 
nuqtasi, tarkibidagi uglevodorodlar miqdori, gazdagi oltingugurtli birikmalar, mexanik 
qo’shimchalar va kislorod miqdori aniqlanadi.
Tovar gaz sifatining muhim ko’rsatkichi – undagi kislorod miqdori. Bu 
ko’rsatkichning qiymati – 1 % dan ko’p emas. Ko’p miqdorda kislorod saqlovchi gazlar 
portlashga xavfli sanaladi. Bundan tashqari, kislorod tizimning korroziyasini 
kuchaytiradi.
Soha standarti tovar gazdagi alohida uglevodorodlarga konkret miqdorini 
o’rnatmaydi. Bu xomashyo gaz tarkibining turli-tumanligi bilan bog’liq.
Standartga tovar gazdagi merkaptanli oltingugurt miqdorini 36 𝑚𝑔 𝑚
3

𝑔𝑎𝑐ℎ𝑎 
cheklovchi yangi ko’rsatkich kiritilgan.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling