Uglyevodlar, monosaxaridlar


Download 103.5 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1289526
  1   2   3
Bog'liq
polisqharitlar


POLESAXARIDLAR

Reja:
1. Uglevodlar ularning tuzilishi va funktsiyasi


2. Mono va polesaxaridlar ularning tuzilishi, funktsiyasi va biologik ahamiyati
Uglyevodlar. Uglevodlar o`simliklar tarkibida eng ko`p tarkalgan organik modda bo`lib, umumiy moddalarning 85-90 foizini tashqil etadi. Ular fotosintez jarayonining asosiy maxsulotidir. Uglevodlar xujayradagi asosiy ozika moddalardir.-Ular nafas olish jarayonida ishtirok etadilar-va organizmni energiya bilan ta`minlaydilar. Uglevodlar uchun zarur bo`lgan Oqsil, yog`lar va nuklein kislotalarning hosil bo`lishida ham ishtirok etadilar. Ularning molekulasi kimyoviy jixatdan uglerod, vodorod va kisloroddan tuzilgan. Masalan, glyukoza — S6N|2O6, saxaroza — S]2N22OI.
Hamma uglevodlar ikkita guruxga bo`linadi:
1) oddiy uglevodlar — monosaxaridlar;
2) murakkab uglevodlar — polisaxaridlar.
Oddiy uglevodlar parchalanganda uglevodga xos xususiyatga ega bo`lgan kichik birikmalar hosil bo`lmaydi.Ularning tarkibida (=S=O) va aldegid {- S ....) guruxlar bilan bir katorda spirtli (-oksi) guruxlar ham mavjud. Shunga kura aldozalar - tarkibida aldegid guruxbo`lgan monosaxarid-lar va ketozalar - tarkibida keton gurux bo`lgan monosaxaridlarga bo`linadi. Ayrim monosaxaridlar tarkibidagi uglerod atomlarining soniga karab Ham belgilanadi. Ya`ni uch uglerodli birikmalar - triozalar, turt uglerodlilar-tetrozalar, besh uglerodlilar - pentozalar, olti uglerodlilar - geksozalar va yetti uglerodlilar - geptozalar. Bu uglevodlar fotosintez va nafas olish jarayonlarida faol ishtirok etadilar.
Murakkab uglevodlar gidrolizlanish natijasida oddiy uglevodlarga parchalanadi. Bularga disaxaridlar, trisaxaridlar va polisaxaridlar kiradi.
Disaxaridlar ikkita monosaxaridlar molekulasidan bir molekula suv ajralib chiқishi natijasida hosil bo`ladi :
Asosiy vakillari saxaroza, maltoza, tsellobioza va laktozalardir. Saxaroza o`simliklarda eng ko`p uchraydigan uglevoddir, Suvda juda yaxshi eriydi. O`simlik tanasida ku"p tu"planadi (ayniқsa, kand lavlagi va shakarkamishda) va sanoatda shakar olish uchun ishlatiladi.
Maltoza undirilgan donlarda ko`p bo`ladi, ya`ni kraxmalning parchala-nishidan hosil bo`ladi. Tsellobioza tsellyuloza gidrolizlanganda hosil bo`ladi. Laktoza sut shakari ham deyiladi va o`simliklarda kam uchraydi.
Trisaxaridlar. O`simliklar tarkibida uchraydigan vakili raffinoza-dir. U chigit tarkibida ko`p bo`ladi. Asosan o`simliklarning ururi va ildiz mevasida ko`p uchraydi. Unayotgan uruғlarda esa keskin kamayadi.

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling