Uglyevodlar, monosaxaridlar


Polisaxaridlar. Ular suvda erimaydi va kolloid eritma hosil kiladi. O`simliklar tarkibida ko`p to`planadi, Eng muhim vakillari kraxmal va tsellyuloza yaxshi o`rganilgan. Polisaxaridlar


Download 103.5 Kb.
bet2/3
Sana23.03.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1289526
1   2   3
Bog'liq
polisqharitlar

Polisaxaridlar. Ular suvda erimaydi va kolloid eritma hosil kiladi. O`simliklar tarkibida ko`p to`planadi, Eng muhim vakillari kraxmal va tsellyuloza yaxshi o`rganilgan. Polisaxaridlar


Kraxmal. Kraxmal, shuningdek selluloza
(keyinroqqa q.) uglerodlarning uchinchi gruppasiga — polisaxaridlarga kiradi.
Bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma’lum va har xil namunalarida turlicha boMishi (100000 gacha) mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar singari kraxmalning formulasi ham (С6Н |0О5)и tarzida ifodalanadi. Har qaysi polisaxarid uchun n ning qiymati turlicha boladi.
Kraxmal ta’msiz, oq kukun bo'lib, sovuq suvda erimaydi. Qaynoq suvda kleyster hosil qiladi.
Kraxmal tabiatda keng tarqalgan. U turli xil o‘simliklar uchun zaxira oziq ashyo hisoblanadi va ularda kraxmal donachalari holida bo‘ladi. Quyidagi boshoqli o‘simliklar donlarida kraxmal eng ko‘p bo'ladi: guruch (8 6 % gacha), bug‘doy (75% gacha), jo ‘xori (72% gacha), shuningdek kartoshka tugunaklari (24% gacha). Kartoshka tugunaklarida kraxmal donlari hujayra shirasida suzib yuradi, boshoqlilarda esa ular kleykovina deyiladigan oqsil modda vositasida bir-biriga zich yopishgan bo‘ladi. Kraxmal fotosintez mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

О‘simliklardan hujayralarini buzish va suv bilan yuvib olish orqali kraxmal ajratib olinadi. Sanoat miqyosida u asosan kartoshka tugunaklaridan (kartoshka uni holida), shuningdek jo'xoridan ham olinadi.


Barcha murakkab uglevodorodlar singari kraxmal ham fermentlar ta’sir ettirilganda yoki kislotalar bilan qizdirilganda (vodorod ionlari katalizator b^'lib xizmat qiladi) gidrolizlanadi. Bunda dastlab eruvchan kraxmal, so‘ngra unchalik murakkab bo‘lmaydigan moddalar — dekstrinlar hosil bo‘ladi. Gidrolizning oxirgi mahsuloti glukoza hisoblanadi. Reaksiyaning umumiy tenglamasini shunday ifodalash mumkin:
(C6Hl0O6)„ + «H2O -» « C 6H12O6

Kraxmalning gidrolizlanishi uning muhim kimyoviy xossasidir. Kraxmal „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini bermaydi, lekin uning gidrolizlanish mahsulotlari shunday reaksiya beradi. Kraxmal makromolekulalari siklik a-glukozaning ko‘p molekulalaridan tarkib topgan: Shunga asosan kraxmalning hosil bo‘lish jarayonini shunday tasvirlash mumkin:
K ocrinib turibdiki, glukoza molekulalarining birlashishi eng reaksiyaga kirishuvchan gidroksil gruppalar ishtirokida sodir bo‘ladi, bunday gmppalarning yo‘qolishi aldegid gruppalar hosil bo‘Iish ehtimolligini yo‘qqa chiqaradi va ular kraxmal molekulasida yo‘q. Kraxmalning kimyoviy xossalari uning tuzilishi asosida ana shunday izohlanadi.
Yod eritmasi kraxmalni ko‘k rangga kiritadi. Qizdirilganda bu rang yo‘qoladi, sovitilganda yana paydo boladi. Yod eritmasidan kraxmalni aniqlash uchun, kraxmal eritmasidan (kleysterdan) esa — yodni aniqlash uchun foydalaniladi.
Kraxmal turli-tum an maqsadlarlda ishlatiladi. U odamlar ovqatidagi —non, krupa, kartoshkadagi asosiy uglevod hisoblanadi. Anchagina miqdori qayta ishlanib, qandolatchilikda foydalaniladigan dekstrinlar, patoka va glukozaga aylantiriladi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirt olinadi. Kraxmaldan yelimlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni kraxmallashda ishlatiladi. Tibbiyotda kraxmal asosida malham dorilar, sepki dorilar va b. tayyorlanadi.

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling