Уйғониш даври фалсафаси
Download 0.71 Mb.
|
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА
2- masala .Sotsiologiyada deviant xulk-atvor tushunchasi. Deviatsiya (lotincha chetga og`uvchi fe`l-atvor degan ma`noni beradi) ko`pgina hollarda sotsial sanktsiyalarga muhtoj bo`ladi. Deviatsiyaning shunday ko`rinishlari borki, ular odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan bog`liq bo`lib, jamiyatga jiddiy zarar etkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va o`zaro munosabatlar qatnashchilarining o`zlari tomonidan boshqariladi.
Deviatsiyaning pozitiv va negativ ko`rinishlari mavjud. Pozitiv deviatsiya hollari normalar eskirib, talabga javob bermay qolganda va ulardan og`ish tizimning rivojiga, fe`l-atvorning mavjud konservativ standartlarini o`zgartirishga yordam berishi mumkin bo`lganda uchraydi. Negativ deviatsiya sotsial patologiyadir va uning ko`rinishlari konkret shaxsga va butun jamiyatga jiddiy zarar etkazadi. Buugungi kunda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida adminstrativ boshqaruv tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan va kutilgan natijalarni bermayotgan ilgarigi fe`l-atvor normalarining deval`vatsiyasiga olib keluvchi sifatga xos o`zgarishlar ro`y berayotgan davrda deviatsiya muammosi dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Bozor munosabatlariga o`tish, eski iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy munosabatlarining buzilishi, odamlarining moddiy ahvolida negativ aks etayotgan ishlab chiqarishning stabil` bo`lmagan rivojlanishi bilan bog`liq muammolar, kutilgan natija va reallik o`rtasida qarama-qarshiliklarga, jamiyatda jiddiylikning va odamlarning o`z fe`l-atvori o`zgartirishga va mavjud normalar chegarsidan chiqishga moyilligiga olib keldi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling