Уйғониш даври фалсафаси


Download 0.71 Mb.
bet22/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#201154
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
11-СОЦИОЛОГИЯ МААРУЗА

Tashkilotga quyidagicha ta`rif berish mumkin. Tashkilot deb, eng avvalo o`zaro boglangan va o`ziga xos maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan ijtimoiy guruhlarga aytiladi.

Garb sotsiologiyasida sotsial (ijtimoiy) tashkilotlarni tadqiq qilishda, ularning psixologik qonuniyatlariga ko`proq e`tibor beriladi. Masalan: M.P. Blau, G. Zimmel` sotsiologik nazariyalarida ijtimoiy tashkilotlardagi sub`ektning xulqi va motivini psixologik asosda tushuntirishga asoslaniladi.

Amerikalik mashhur sotsiolog J. Xomansning ijtimoiy tashkilotlarni tadqiq qilishdagi sotsiologiya, psixologiya va pozitiv mantiqqa asoslanish zarurligi to`grisidagi fikri, hozirgi davrda nazariy jihatdan sotsiologiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.

T. Parsonsning tarkibiy funktsional tahlil sotsiologik maktabida ham ijtimoiy tashkilotlarni o`rganishda, jamiyat hayotidagi ijtimoiy tartib, «ijtimoiy muvozanat»ni saqlashda psixologik iqlimni o`rganishga asosiy e`tibor qaratilgan.

Yana bir Amerikalik sotsiolog D. Bell universitet, institutlar ijtimoiy tashkilotlarning markaziy o`rinlarini egallaydi, deb ko`rsatadi. Uning maorif va fan ijtimoiy progressni ta`minlovchi asosiy institutlar hisoblanadi, degan fikri hozirda bir qator ilgor davlatlar tajribasida isbotlandi.

Sotsial tashkilotlar ikki xil funktsiyani bajaradi:

1. Axloq normalari va qadriyatlarni o`zlashtirish yo`li bilan ijtimoiylashuvni ta`minlash, insonlarning ijtimoiy munosabatlarda qatnashuvlari uchun dastlabki shart-sharoitlar yaratish.

2. Individ xatti-harakatlari, yo`nalishlari va munosabatlarini mavjud tizim doirasidan chetga chiqmasligini nazorat qilish.

Sotsiologiyadagi maxsus yo`nalish sotsial tashkilotlar nazariyasiga ko`ra ikki xil: 1) rasmiy va 2) norasmiy tashkilotlarga ajratiladi, har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma`muriy apparatga ega bo`ladi.

1. Boshqacha aytganda, rasmiy tashkilotlar yuqori darajada rasmiylashgan guruhdir. Bu ma`muriy apparatning asosiy vazifasi - tashkilot mavjudligini ta`minlash uchun uning a`zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Bunday tashkilot a`zolariga vazifa (funktsiya) ni bajarish nuqtai nazaridan qaraladi. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sotsial rolni ijro etuvchi tashkilotning bo`lagidir. Tashkilot nechoglik murakkab va katta bo`lsa ma`muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo`ladi. Byurokratiya tizimi ma`muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi bilan uzviy bogliqdir. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma`muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarining nisbatiga bogliqdir. Ayrim hollarda ma`muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlrini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday hol tashkilotni jamiyatga emas, balki, o`z -o`ziga xizmat qilishida «beparvolikka» olib keladi.

Sotsial tashkilotlarda qat`iy byurokratik tamoyillarga asoslangan tashkiliy ierarxiya (tashkilot a`zolarining bir-birlariga nisbatan bosqichma-bosqich rasman tobelikda bo`lishlari) munosabatlardan tashqari norasmiy munosabatlar ham mavjuddir. Bu munosabatlar qat`iy ma`muriy qoidalar tizimi sharoitida tashkilot samaradorligini oshiradi va quyidagi ijobiy vazifalarni bajaradi: ish vazifasiga ko`ra bo`ysunuvchi individlar va mansabdor shaxslar o`rtasida vujudga kelishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarni yumshatadi, tashkilot a`zolarining birdamligini mustahkamlaydi, shaxsiy qadr-qimmat hissini saqlab qoladi.

Amerikalik sotsiolog A.Ettsioni rasmiy tashkilotlarni 3 ta asosiy tashkilotga ajratadi:

1. Erkin tashkilotlar (ko`proq jamoat tashkilotlar, xotin-qizlar jamiyatlari va h.k.

2. Utilitar (manfaatli) tashkilotlar. Kooperatsiya, birlashmalar, firmalar, davlat muassasalari va h. k.

3. Majburiy tashkilotlar. Axloq tuzatish muassasalari, qamoqxona, turma, armiya va h.k.

Norasmiy tashkilotlar – o`z-o`zidan, ichki sabablar tufayli vujudga kelgan kishilar birligi sifatida, tashkiliy masalalarni rasmiy qonunlarda ko`rsatilganidan farq qiladigan usullarda hal qilishga harakat qiladi. Erkin bo`ysunishga asoslanadi. Norasmiy tashkilotlar rasmiy ijtimoiy tashkilotlarning yo`l qo`yilgan xatolari tufayli, yaxlit tizimda buzilishlar yuzaga kelganda.

Sotsiologiyada tashkilotni tahlil etishda uch asosiy yondashuvni ajratib ko`rsatish mumkin: 1) ratsional; 2) tabiy va 3) neoratsional yondashuvlar. Ratsional yondashuv nuqtai nazaridan tashkilot «asbob» aniq qo`yilgan maqsadlarga erishish vositasi deb qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin bo`lgan, lekin bu bilan tashkilotning butunligini, yaxlitligini dahl etmaydigan alohida mustaqil bo`laklar yigindisi, majmui deb qaraladi. Ratsional yondashuv ko`p hollarda tashkilotda mavjud bo`lgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi.

Ratsional yondashuvdan farqli o`laroq, tabiiy yondashuv tarofdorlari tashkilotni «tabiy butunlik», o`ziga xos organizm sifatida o`rganadilar. Bu organizm uchun tabiy o`sish, o`z mavjudligini davom ettirishi va tizim muvozanatini saqlab qolishga intilish xosdir. Bu nuqtai nazarga ko`ra tashkilot qo`yilgan maqsadlariga erishgandan keyin ham o`z mavjudligini davom ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni ta`minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga ko`proq e`tibor beriladi.

Har ikki yondashuvning ijobiy tomonlarni qo`shishga intilish natijasida yangi yondashuv - tashkilotning neoratsional modeli vujudga keladi. Garb sotsiologiyasida Blau, Gouldner va boshqalar ratsional va tabiiy yondashuvni qo`shishni, tashkilotdagi ratsionallik va norasmiy munosabatlarni uygunlashtirishni yoqlab chiqishdi.

Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari. Sotsial institutlar, tashkilotlar va ijtimoiy hodisalar turli xil o`ziga hos kesishmalarda sotsial tizimni tashkil etadi. Odatda tizim deyilganda bir-birlari bilan o`zaro aloqada bo`lgan va muayyan butunlikni tashkil etuvchi, alohida tarzda tartiblashgan elementlar majmui tushuniladi. Tabiatdagi narsalar, jamiyatdagi hodisa va jarayonlar bir butun tizimni tashkil etadi. Tizimli yondashuvning asosiy vazifalaridan biri ob`ekt to`grisidagi barcha bilimlarni bir butun sistemaga keltirishdir.

Sotsial tizimlar formatsion, madaniy, individual-shaxsiy sifat va darajalarida ko`rilishi mumkin.

Formatsion yondashuvda jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlardan iborat tabiiy-tarixiy bir butun sistemadir.

Sotsial tizimlarning murakkab ierarxiyasi mavjud. Jamiyatning o`z butunligi eng katta tizim hisoblanadi. Uning iqtisodiy, sotsial, siyosiy va mafkuraviy kabi muhim ost tizimlari mavjud. Boshqa ost tizimlar - sinflar, etnik tuzilma va hokazolardir. Sanab o`tilgan ost tizmilar o`z navbatida bir qancha boshqa tizimlardan iboratdir. Sotsial tizimlar ko`p hollarda bir-biri bilan «kesishgan» bo`ladi, aynan bir individlarda turli xil tizimlar elementi bo`lishi mumkin. Ularning har bir bosqichlari bilan aloqada yoki ulardan mustasno ravishda nisbiy mustaqildir.

Sotsial tizim qonuniyatlari uning ichki atributidir. Bu qonuniyatlarni tizimga ta`sir ko`rsatuvchi qandaydir asosiy omil deb qarash mumkin emas. Sotsial aloqadorlik qonuniyati - bu mazkur sotsial tizim va uning tuzilish qonuniyatidir. Muayyan sotsial tizim almashuvi bir vaqtning o`zida tegishli sotsial aloqadorliklarning almashishi hamdir, chunki ular sotsial tizim vujudga kelishi bilan paydo bo`ladi va sotsial tizim tarqalishi yoki o`zgarishi bilan to`xtab qoladi (Individning o`zi yashab turgan sotsial tizim qonunlariga bo`ysunmasdan iloji yo`qdir).

Sotsial tizim qonuniyatlari individ hayot faoliyatini belgilab beradi. Individ u yoki bu tarzda sotsial sistema norma va qadriyatlarni qabul qiladi, ijtimoiylashadi. Uning faoliyati ijtimoiy belgilangandir. Shu bilan birga faoliyat ko`rsata olishlikning bir qancha variantlari ham mavjud bo`lib, ular orasidagi o`ziga ma`qulini tanlab olish mumkin.

Sotsial tizim xillarini ko`rsatish birmuncha shartlidir. Sotsial tizimni u yoki bu mezon asosida ajratish sotsiologik tadqiqot vazifasi bilan belgilanadi.

Aynan bir xil sotsial tizim (masalan, oila) teng ravishda ham sotsial nazorat tizimi, ham sotsial institut, ham sotsial tashkilot sifatida qaralishi mumkin.

Bizning hozirdagi mavjud jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan kokret shakli sifatida uning funktsianal va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo`lakchalarining o`ziga xos tamoillarini, o`zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o`rganib, to`gri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki o`z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.

Sotsiologiya tarixida jamiyat o`z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushuniladi. Shu bilan birga jamiyat ayrim kishilarning birligigagina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.

Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi va funktsional qonuniyatlari, harkatlantiruvchi kuchlarini o`rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o`rtasidagi aloqalarni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning jamiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.

Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo`nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo`nalish: O.Kontdan frantsuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan elemenlar amerikalik olim T.Parsonlarning psixologik ta`limotidir. Bu yo`nalishda ijtimoiy tizim o`zgarishi tashqi kuchlar ta`siri orqali tushuntirilib, ko`proq psixologik kishilarga e`tbor berilgan.



Ikkinchi yo`nalish: marksistik sotsiologik ta`limot bo`lib, unda ijtimoiy tizim ichki ziddyatlar asosida, ichki kuch ta`siri orqali tushuntirilib materialistik mohiyatga ega bo`lgan moddiy munosabatldarning belgilovchi roliga asosiy e`tibor qaratilgan.

Garb va amerika sotsiologiyasida ijtimoiy tizimning muhitidagi «muvozanatini» saqlashga asosiy e`tibor beriladi.

O.Kont va E.Dyurkgeym sotsiologik qarashlarga asoslanib, jamiyatning bir butunligi uning «ijtimoiy muhitidagi doimiy muvozanati» ichki va tashqi ta`sirini muvofiqlashtirish sotsiologiyaning asosiy vazifasi qilib belgilaganlar. Umuman, ijtimoiy tizim tarkibidagi o`zgarish va integratsiya sifatidagi Parsonsning funktsional sotsiologik ta`limoti muvozanat to`grisidagi nazariyasidir.

Marks sotsiologiyasida esa ijtimoiy tizimlarning o`zaro ziddiyatlilik harakteri «muayyan muvozanatdan ogish» emas, balki ularning (ijtimoiy tizimlarning) tarkibiy tuzilish mohiyati qonuniyatli ikki rivojlanishning zaruriy natijasidir.

Ijtimoiy tizimlar mohiyatini bunday tushunish jamiyatda ichki ijtimoiy ziddiyatlar (konfliktlar) sinfiy kurashlar ro`y berilishi va ular jamiyat rivojining asosini, mohiyatini belgilashni anglatadi. Marks va Engel`sning «Hozirgacha o`tgan jamiyat tarixi – sinflar kurashi tarixidan iboratdir» - degan qarashi fikrimizning dalilidir.

Har ikki ta`limot ham jamiyat hayotidagi muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan.

Sotsiologik amaliyot funktsional o`zgarishlarsiz, evomotsiyasiz, revomotsiya tushunchasi bilan, funktsional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga o`runuvchi ta`limot jamiyat hayotini bir tomonlama o`rganishga olib kelishini ko`rsatmoqda.

Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan Garb sotsiologik ta`limotida ham o`ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirshga olib keladi.

«Jamiyat hayotining industrlashuvi ob`ektiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizim»lar bo`lishidan qat`iy nazar, ijtimoiy anarxiyaning bir xil (yagona)tipiga olib boradi degan amerika sotsiologlarining fikri hozirgi tarixiy rivojlanish amaliyotida ta`kidlanmoqda.

Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy - tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimining tarkibiga kiradi. O`zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o`z tarkibiga oladi. Jamiyat hayotida biron-bir ijtimoiy tizim alohida ravishda, boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajragani holda yashay olmaydi. Har bir ijtimoiy tizim o`zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo o`zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi funktsional va ziddiyatli munosabatda bo`ladi. Har qanday ijtimoiy tizim o`zining tarkib topish, rivojlanish, gullab yashash va tanazzuliga ega bo`ladi.

Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo`lib, tarkibidagi element va mayda tizimlarning o`zaro aloqadorligi - ularning rivojlanish mohiyatini belgilaydi. Tashqi o`zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi.

Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o`rtasidagi munosabatlar o`zaro iorarxik tuzilishga egadir. O`zaro iorarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini beradi.

Ijtimoiy tizimlarni maqsadga yo`nalganligi, moslashuvi, o`zini qayta tiklash, funktsional va rivojlanish kabi o`ziga xos xususiyatlarga ega.

Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo`ladi. Kishilar, ijtimoiy voqelik, jarayonlar va goyalar ijtimoiy muhit elemenlari sifatida nomoyon bo`ladi.

Hozirgi ijtimoiy yangi munosabatlarning tarkib topishi jarayonida ijtimoiy muhitni sotsiologik jihatdan tahlil qilish ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy tizim o`zgarishining ijtimoiy vazifalari, funktsiyalari bilan o`zaro farq qiladi. Ular muayyan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko`rsatadilar.

Parsons fikriga ko`ra, ijtimoiy tizim, eng avvalo faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod, siyosat, huquq kabi o`zaro ta`sirda bo`luvchi ijtimoiy tizimlar axloqqa, ma`naviyatga faol ta`sir ko`rsatadilar.

Har qanday ijtiomiy tizimlar ikki tipdagi: funktsional va rivojlanish qonuniyatlariga amal qiladi. Ularning funktsional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil - ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Ichki omillarga: tizim va uning komponentlari, komponentlarining o`zaro munosabatlari kiradi. Tashqi omillarga: ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan aloqodorligi kiradi.

Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o`zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va yashash sharti bilan belgilanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini saqlash va o`zgarishini hisobga olish - ijtimoiy tizimning funktsional o`zgarishi va rivojlanishini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish birinchi darajali ahamiyatga ega.

Demak, sotsiologiyada ijtimoiy tizimlarni ichki va tashqi jihatdan tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qaraladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi - ijtimoiy hayot sotsial bo`lib, kishilarning moddiy ne`matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bogliqdir. Moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan tashkil topadi. Moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning iqtisodiy asosi bo`lib, iqtisodiyot bilan bogliq bo`lgan barcha tizimlar va ular o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi.

«Siyosiy tizim» - jamiyatni boshqarish bilan bogliq bo`lgan tizim hisoblanadi. Bu tizim tarkibiga barcha siyosiy tashkilotlar, davlat, huquqiy organlar (sud, prokuratura, militsiya, qamoqxona va boshqalar), siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ular bilan bogliq bo`lgan siyosiy munosabatlar kiradi.





Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling