3. Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sotsiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o`rtasidagi munosabat o`zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.
Sotsiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko`tarish muammosini sotsiologik tadqiqot qilish zarur bo`lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o`zgartirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |