Ilmiy muammo ob`ektini sistemali tahlil etish tadqiqotchi uchun 3 faoliyat yo`nalishini ochib beradi. Ular:
1) Tadqiqot predmetini aniqlab olish.
2) Asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish.
3) Tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir.
DASTURDA ANIQ KO`RSATILIShI ZARUR
1) Empirik tadqiqot ob`ekti. 2) Sotsiologik tadqiqot ob`ektini to`laligicha qamraydimi yoki uning ayrim jihatlarini tanlab oladimi. 3) Tanlov asosida olib boriladigan sotsiologik tadqiqot asosi (ro`yxat tuzish, kartoteka, sotsiologik xarita kabilar).
SOTsIOLOGIK TADKIKOT FARAZI:
Mavjud muammo bo`yicha ilmiy faraz ishlab chiqish empirik sotsiologik tadqiqotni nazariy jihatdan tayyorlashninig yakunlovchi qismi hisoblanadi. Tadqiqot farazi o`rganilayotgan ijtimoiy hodisa tarkibi va uning tarkibiy qismlari o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik harakteri to`grisidagi ilmiy asoslangan farazdan iborat bo`ladi. Ilmiy faraz tadqiq etilayotgan ob`ekt to`grisidagi mavjud ma`lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqiladi.
Faraz, bu tadqiqot uchun boshlan\ich nuqta bo`lib, keyingi olib boriladigan amaliy sotsiologik tadqiqotlarda ilgari suriladigan farazga bogliq bo`ladi. Shuni ta`kidlash lozimki, farazni ishlab chiqish-empirik ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilishdagi mantiqiy asosni ishlab chiqish demakdir.
Agar tadqiqotchi tomonidan ilmiy faraz ishlab chiqilgan bo`lsa, empirik ma`lumotlar va tadqiqot natijalari shu ishchi farazi to`gri ekanligini tekshirishga, uni tasdiqlashga yoki bekor qilishga xizmat qiladi. Empirik tadqiqot farazi bo`lmasa, unda sotsiologik tadqiqotning ilmiy darajasi past bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |