Қуйи амударё округи


Download 251 Kb.
bet7/7
Sana08.05.2023
Hajmi251 Kb.
#1442438
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU QUYI AMUDARYO IQTISODIY-GEOGRAFIK RAYONI.

Orol dengizi (qoz. Aral TeңіzіAral Tengizi, qor. Aral tenʼizi) Oʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogʻiston, janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.
1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi.[2] Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.
2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.[3]
1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.
Orol dengizining ekologik ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3-marta, yuzasi 2-marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1-marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning suʻoriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga Yaylovlarni egallabbormoqda. ~oʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori okimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproq-larning shurlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozog'istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan utloki — botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir choʻl, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar — epidemiologik ahvoli nixoyatda ogir aholi markaz-lashtirilgan suv bilan taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiqsuv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga karaganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va koʻrib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz hozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Urta Osiyo mamlakatlarida qurgʻokchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan.
Quyi Amudaryo mintaqasi tarkibiga Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Uning maydoni 172,6 ming km2 bo`lib, bu borada respublikamizdagi eng katta mintaqadir. Aholisi 01.01.2006 ma`lumotlariga ko`ra, 3025 ming kishi, zichlik 1km2 ga 124,1 kishiga teng. Aholining umumiy kasallanishi har 1000 aholiga 507,5 kishiga teng (umumiy kasallanish indeksi 1,08); umumiy o`lim 5,0; kishi; go`daklar o`limi 17,0 promille, ayollar o`limi esa har 100 ming tirik tug`ilgan chaqaloqqa nisbatan 28,0 nafarni tashkil qiladi.
Mintaqa o`z nomiga mos ravishda Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Mazkur o`lka O`zbekistonning shimoli-g`arbida Qoraqum va Qizilqum cho`llari oralig`ida joylashgan. O`lkaning yer yuzasi yassi tekisliklardan iborat.
Quyi Amudaryo O`zbekistonning shimoli-g`arbida joylashganligi sababli qishi sovuq, yozi esa issiq va quruq bo`ladi. Qayd etayotganimizdek, o`lka O`zbekistonning eng sovuq hududlaridan biridir. Yanvarning o`rtacha harorati -4-80S atrofida, eng pastki harorat -330S gacha pasayib ketadi. Ushbu rayon respublikamizning eng qurg`oqchil hududlaridan biri bo`lib, unda yog`in miqdori yiliga 79-108 mm ni tashkil qiladi.
Hudud respublikamizda qadimiy madaniyat, ilm-fan o`chog`laridan biri bo`lib kelgan. Buning negizida o`lkaning daryo yoqasida joylashganligi, unumdor tuprog`i yotgan bo`lsa, bugungi kunda mazkur o`lka respublikamizning ekologik jihatdan eng nosog`lom, nochor, iqtisodiy nuqtai nazardan muammoli mintaqasi hisoblanadi.
Garchi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari bir mintaqa tarkibiga kirsada tabiiy-iqlimiy, ekologik va nozogeografik xususiyatlariga ko`ra ular bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, Qoraqalpog`iston Respublikasi mintaqaning shimolida, Orol dengizining janubiy qismini egallaydi. Iqlimi o`ta kontinental ya`ni yozi jazirama issiq, qishi esa respublikamizning boshqa hududlariga nisbatan birmuncha sovuq, yillik yog`in miqdori 90-200 mm atrofida.
Qoraqalpog`iston aholisi 01.01.2006 ma`lumotlariga ko`ra, 1571,9 ming kishi (mamlakat aholisining 6,0 foizi), zichlik esa 1 km2 ga 9,5 kishini tashkil qiladi. Aholining umumiy kasallanishi har 10 ming aholiga 4157,4 kishiga teng `yoki respublika jami aholi kasallanishining 5,3 foizi shu hudud hissasiga to`g`ri keladi.
Orol bo`yida hukm surayotgan noqulay ekologik vaziyat ushbu mintaqada aholi migratsiyasining avj olishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, qishloq xo`jaligida foydalanadigan yerlarining yaroqsiz holatga kelishi, kuchli darajada sho`rlanishi aholining qishloqlardan shaharlarga ko`chishiga sabab bo`lmoqda. Ayrim hollarda mintaqa aholisining boshqa viloyatlarga ham borib o`rnashishi kuzatilmoqda. Bu esa aholining hududiy tarkibidagi o`zgarishlarga olib keladi.
Mintaqa mamlakatimizning ekologik jihatdan eng noqulay mintaqasidir. Hudud aholisi orasida sil, yuqumli ichak xastaliklari, tug`ma nuqson bilan tug`ilishlar, buyrak va o`t qopining surunkali kasalliklari eng ko`p uchraydi. Bu jihatdan Qoraqalpog`iston Respublikasi mamlakatimizda yetakchi o`rinlarda turadi. Ayniqsa mazkur respublikada aholining sil bilan xastalanish holatlari nihoyatda yuqori. 2005 yilda O`zbekistonda har 100 ming aholiga sil bilan og`riganlar 75,9 kishini tashkil etgan bo`lsa, ushbu hududda bu raqam 138,1 kishiga teng bo`lgan. Qorao`zak (300.2), Mo`ynoq (238,7), Chimboy (227,2) va Taxtako`pir (216,9) tumanlarida ko`rsatkichlar mamlakat darajasidan bir necha bor yuqori.
Mintaqa tarkibiga kiruvchi Xorazm viloyati maydoni 6,1 ming km2, aholisi 01.01.2006 ma`lumotlariga ko`ra, 1453,9 ming kishi yoki respublika aholisining 5,5 foizi shu viloyat hissasiga to`g`ri keladi. O`rtacha zichlik 238,7 kishi. 2005 yilda umumiy kasallanish har 1000 aholiga 599,2 kishiga teng bo`lgan, boshqacha qilib aytganda, mamlakat aholisi jami kasallanishining 7,1 foizi ushbu viloyat aholisiga tegishlidir. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha viloyat Qoraqalpog`iston Respublikasidan ham yuqori o`rinni egallaydi. Umumiy o`lim har 1000 kishiga 4,5 kishi, kishi; bolalar o`limi 16,3 promillega teng.
Viloyat tabiiy-ekologik sharoiti jihatidan Qoraqalpog`iston Respublikasidan qolishmaydi. Uning Orol dengiziga yaqinligi, bu yerda yuzaga kelgan ekologik vaziyat viloyat aholisi salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Viloyatning Gurlan, Yangibozor, Urganch tumanlarida aholining o`lim ko`rsatkichlari birmuncha yuqori. Ushbu tumanlar bolalar o`lim ko`rsatkichlari bilan ham ajralib turadi. Hudud aholisi orasida ruhiy kasalliklar bilan og`riganlar birmuncha ko`pchilikni tashkil etadi. 2005 yilda har 100 ming aholiga 119,0 kishiga teng bo`lgan.
Mintaqa tarkibidagi har ikkala hududda ham yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ichimlik suvi tarkibining gigiyenik talablarga javob bermasligi oqibatida mazkur rayonda ham yuqorida ta`kidlab o`tgan kasallik tur va guruhlari keng tarqalgan. Aytish joizki, Xorazm viloyatida ayollar o`lim ko`rsatkichlari boshqa mintaqalarga nisbatan birmuncha yuqori holatda. Nafaqat Xorazm hududida, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasida ham aholining asab tizimi kasalliklari bilan kasallanish ko`rsatkichlari yil sayin ortib bormqda. Bu holatlarning barchasini o`lkaning ekologik inqiroz o`chog`i bo`lib qolganligi bilan ham izohlash mumkin.
Quyi Amudaryo rayoni tibbiy geografik jihatdan ham muammoli hudud sanaladi. Bu yerda, eng avvalo,Orol muammosi bilan bog`liq kasalliklar ko`zga tashlanadi.
Quyi Amudaryo rayoni tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi sil bilan kasallanish bo`yicha O`zbekistonda ajralib turadi. Oxirgi 10-15 yillik statistik ma`lumotlar shundan guvohlik beradiki, sil kasalligi ko`rsatkichlari bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichlar Qoraqalpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi. 1991 yilda sil bilan kasallanish har 100 ming aholiga mazkur hududda 97,3 kishini, 2002 yilda 183,0 kishini tashkil qilgan holda, 2005 yilda bu ko`rsatkich 138,1 kishiga teng bo`lgan. Respublikamizdagi biror bir hudud bu jihatdan Qoraqalpog`istonga tenglasha olmaydi. Mintaqaning tabiiy-ekologik sharoiti, aholining ijtimoiy holatidagi o`ziga xos muammolar ushbu kasallikning hududda tez sur`atlar bilan ortib borishiga sabab bo`lmoqda.
Demak, mamlakatimizda sil kasalligi salmog`i eng yuqori rayon bu-Qoraqalpog`iston Respublikasi hisoblanadi. Shu sababli mazkur mintaqa sil kasalligining tipik o`chog`i sanaladi va uni biz alohida rayon sifatida qarash to`g`riroq bo`ladi.
Quyi Amudaryo nozogeografik o`lkasi tarkibidagi Xorazm viloyati aholisining sil bilan kasallanish ko`rsatkichlari bo`yicha O`zbekistonda oldingi o`rinlardan birini egallamasada, biroq viloyatdagi Pitnak (128,7), Urganch (93,2) shaharlarida ko`rsatkichlar respublika darajasidan birmuncha yuqoridir. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, muayyan kasallik bilan aholining kasallanish holatlari viloyatlarning yoki boshqa hududiy birliklarning barcha joyida ham bir xil bo`lavermaydi.
Ushbu kasallikka chalinganlar salmog`i yuqori bo`lgan hududlar faqat yirik mintaqalar doirasida emas, balki kichik maydonlarda ham tarqalgan bo`lishi, bunday areallar yirik hududlarda nihoyatda tarqoq holatda zam bo`lishi mumkin. Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasining Qorao`zak, Mo`ynoq, Beruniy va Chimboy tumanlarini bunga misol keltirsa bo`ladi. Ushbu tumanlar nafaqat mintaqada, qolaversa, respublikamizda aholisining sil bilan kasallanish ko`rsatkichlari bo`yicha o`ziga xos hisoblanadi. Mazkur tumanlarda sil bilan kasallanish har 100 ming kishiga 200-300 kishini tashkil qiladi. Ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ushbu kasallikning avj olishiga sabab bo`lmoqda. Aynan shu hududlarni respublikamizdagi sil kasalligining nozogeografik o`choqlari deb qarash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.

  2. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.

  3. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.

  4. Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.

  5. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.

  6. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.

  7. Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982.

Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968.

  1. http://ziyonet.uz



Download 251 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling