Қуйи амударё округи
Download 251 Kb.
|
MAVZU QUYI AMUDARYO IQTISODIY-GEOGRAFIK RAYONI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. QUYI AMUDARYO IQLIMI VA SHAROITI
MAVZU: QUYI AMUDARYO IQTISODIY-GEOGRAFIK RAYONI. Kirish…………………………………………………………………..….…….…2 I.BOB. QUYI AMUDARYO UMIMIY TASNIFLARI. 1.1 Geografik o`rni ………………………………………….……...………..3-11 1.2. Qazilmalari, ichki suvlari, tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosi……………………………..………………......…………………12-17 II.BOB. QUYI AMUDARYO IQLIMI VA SHAROITI 2.1. Quyi Amudaryoda shamolning kuchi va yo`nalishi….…………...22-23 2.2. Orol suv sathining pasayishi ………………..…………………….….24-27 Xulosa ………………………………….……...…………………………………28 Adabiyotlar ……………………………….………………………………….29-30 KIRISH. Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi Qoraqum cho`li bilan Orol dengizi orasida joylashib o`z ichiga Amudaryoning qadimiy va hozirgi zamon deltasini oladi. Okrugni g`arbdan Ustyurt, janubdan Ungizorti Qoraqum, sharqdan Qizilqum va Sultonvays tog`lari, shimoldan esa Orol dengizi o`rab turadi. Quyi mudaryoning ushbu chegara orasidagi maydoni 46 ming kv km ni tashkil etadi. Quyi Amudaryo okrugi janubi-sharqdan shimoli-g`arb tomonga cho`zilgan bo`lib, shu tomonga kengayib, pasayib boradi. Okrug janubda Tuyamo`yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom ztadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo`lib, kengligi bir. xil emas. Eng janubiy qismida Tuyamo`yin tangligida okrugning kengligi taxminan 10—12 km bo`lib, shu yyerdan Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanadi va shimoli-g`arbga (qarab kengayib, Xorazm-Toshxovuz tekisligini hosil qiladi hamda kengligi 75—80 km ga yyetadi. Amudaryoning qadimiy deltasi Taxtatosh tangligigacha davom etadi va torayadi, so`ngra shimolga tomon yana kengayib qadimiy delta tugab, Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi hamda Orol dengizigacha davom etadi. Shu yo`nalish bo`yicha delta pasayadi va kengayib, ba`zi yyerlarda 140—150 km ga yetadi. Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to`planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o`sishi tufayli vujudga kelgan. Binobarin, Quyi Amudaryoda quruqlikning vujudga kelish jarayoni janubi-sharqdan, ya`ni Tuyamo`yin tangligidan shimoli-g`arb, shimol tomonga qarab davom etgan. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo`lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. So`nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba`zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi. Download 251 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling