Qoraqum kanali, Qoraqumdaryo — Turkmanistonning


Download 1.79 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1554406
Bog'liq
Qoraqum kanali



Qoraqum kanali, Qoraqumdaryo — Turkmanistonning janubi-sharqidagi sugʻorish kanali. Jahondagi yirik gidrotexnika majmualaridan biri. Hozirgi uz. 1100 km. Suv oʻtka-zish imkoniyati 502 m³/sek. Amudaryo suvini Turkmanistonning janubidagi yerlar — MurgʻobTajan havzalari va Qopetdogʻdan oqib tushadigan va boshqa kichik daryolarning kamsuv havzalariga chiqarib beradi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidan, hozirgi Karki shahrining yuqori-rogʻidan boshlanadi. Turkmanistonning janubiy qismini kesib oʻtadi. Sutorish maydoni 500 ming ga dan ortiq, 5 ming ga yaylovga suv beradi. Qoraqum kanali oʻzi oqar, kengligi 200 m gacha, chuq. 7,5 m gacha, bosh qismida 465 km.ida kemalar qatnaydi, baliqchilik rivojlangan. Kanalning Amudaryodan Murgʻobgacha boʻlgan 400 km li 1-navbati 1954— 59 yillar qurilgan.

100 ming ga qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarni sugʻoradi. Murgʻobdan Tajangacha boʻlgan 140 km li 2-navbati 1960-yilda qurilgan, suv sarfi 200 m³/ sek. Kanalning 2-navbati ishga tushirilishi natijasida Tajan vohasida 70 ming ga ga yaqin yangi yer oʻzlashtirildi, ilgari sugʻorib kelingan 30 ming ga yerda sugʻorish ishlari yaxshilandi.

Tajandan Goʻktepagacha 300 km uzunlikdagi 3-navbati 1961—69 yillarda qurilgan, bu esa 100 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi. 1971-yildan 4-navbati qurilishi boshlandi. Qurilgan qismi 1100 km, 2003-yilga qadar Barekat shahrigacha yetkazildi. Qoraqum kanalida 4 suv ombori, jumladanHovuzxon va Kopetdogʻ suv omborlari qurildi. Qoraqum kanali toʻla qurilib bitkazilgandan soʻng uning uz. 1435 km, suv oʻtkazish imkoniyati 1000 m³/sek.ga yetadiTurkmanboshi shahar atrofi sanoat rayonlari suv bilan taʼminlanadi.
Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling