”Tabiiy va sintetik organik birikmalarning tuzilishi va xossalari”
fanidan test savollari
Qanday o’rinbosarlar manfiy induktiv ta`sirga ega?
*Oddiy bog’lar orqali elektron buluti zichligini o’ziga tortuvchi o’rinbosarlar
Oddiy bog’lar orqali elektron buluti zichligini o’zidan itaruvchi o’rinbosarlar
Molekulaga ta`sir qilmaydigan o’rinbosarlar
Molekulani barqarorlashtiruvchi o’rinbosarlar
Qanday ta`sir induktiv ta`sir deb ataladi?
*O’rinbosarlarning oddiy bog’lar orqali uzatiladigan va ularning ketma-ket qutblanishiga sabab bo’ladigan ta`sirga
Molekuladagi qo’shbog’larning o’zaro ta`siriga
Molekuladagi uch va qo’shboglarning o’zaro ta`siriga
O’rinbosarlarning ta`sirida molekula qutblanishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |