Ҳужжатларни стабилизация ва реставрация қилиш қоидалари


Kutubxona fondini saqlashning biologik tadqiqotlari


Download 19.28 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1144445
1   2   3   4
Bog'liq
New Документ Microsoft Word

Kutubxona fondini saqlashning biologik tadqiqotlari
Kutubxona fondini saqlash holatini diagnostik belgilash.
Hujjatlarning saqlanishini ta’minlash davlat arxivlarining asosiy vazifasidir. Muammoni hal qilishning qiyinligi shundaki, hech kim hech qachon "abadiy" saqlash uchun hujjatlar yaratmagan. SHu bilan birga, arxiv va kutubxona fondlar har yili yangi fondlar bilan to‘ldirilib, qayta tiklash imkoniyatlari kam bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammoni hal qilishda zamonaviy yondashuv arxiv va kutubxona fondlar hujjatlarining ahamiyatini va jismoniy holatini hisobga olgan holda ularning xavfsizligini ta’minlashning tabaqalashtirilgan, tanlangan printsipiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyiliga asoslanadi.
Hujjatlarni saqlashning maqbul shartlari quyidagilar bilan ta’minlanadi: arxiv va kutubxona fondlar binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash; omborlarni yong‘inga qarshi vositalar, xavfsizlik va yong‘indan signalizatsiya tizimlari bilan jihozlash; optimal harorat va namlikni saqlash rejimini yaratish, saqlash xonalarida sanitariya-gigiena tadbirlarini o‘tkazish uchun texnik vositalardan foydalanish; hujjatlarni saqlashning maxsus vositalaridan foydalanish (javonlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalar).
Kutubxona fondini saqlashning biologik omillari juda katta ahamiyatga egadir. Ular kitoblarning yemirilishga qarshi kurashuvchi vositadir. Yemirilishning biologik omillariga fondning mikroorganizmlar (bakteriyalar, mogʻorzamburugʻi), hasharotlar, kemiruvchilar tomonidan shikastlanishi kiradi. Axborot tashuvchilar, hujjatlar oʻzining ximiyaviy tarkibiga koʻra organikdir. Bakteriya va zamburugʻlar qogʻoz va kitobning muqova materialiga oʻrnashib, ularni tashkil etgan moddalar tuzilishini buzib, ximiyaviy oʻzgartirib yuboradi.
Fondda normal sanitariya holati hamda iqlim holatini saqlash yoʻli bilan mikroorganizmlarning fondga zararli taʼsiri yoʻqotiladi. Zarur boʻlib qolgan vaqtlarda kutubxonachilar fondxonani dezinfeksiyalashni soʻrab sanitariya epidemiologiya stansiyasiga murojaat qiladilar. Fond saqlash sharoiti buzilganda, fondda namlik oshib ketganda hasharotlar koʻpayadi.
Бино ва хоналар фавқулодда вазиятлар юзага келадиган ҳолларда зарур бўладиган қўшимча техника хавфсизлиги бўйича махсус воситалар билан жиҳозланиши зарур. Масалан, сув тошиб кетиши, стеллажлар ағдарилиб тушиши, китобларнинг тушиб кетиши, шкафларнинг, стол ва стулларнинг синиб кетиши ва шунга ўхшаш ҳолатларда албатта зарур воситалар қўл остида бўлиши керак. Фавқулодда вазиятлар юзага келиши эҳтимоли бўлган ҳолларда ҳужжатлар сақланадиган ҳар бир хонада ходимларнинг аниқ вазифалари ва ҳужжатларни тезкор эвакуация қилишнинг режаси аввалдан тузилган ва тасдиқланган бўлиши лозим.

Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling