- Metallarni chapdan o’ngga o’tganda standart elektrod potensiallari (E0) algebraik qiymatlarini ortib borish tartibida ketma-ket gorizantal joylashgan qatoriga metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori deyiladi. (bu qiymatlar suvli eritmalarda o’lchangan).
- Kuchlanishlar qatoridan quyidagilar kelib chiqadi:
- ishqoriy va ishqoriy – yer metallari suvdan hamda oksidlovchi xossasini namoyon qilmaydigan kuchli va kuchsiz kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi (HCl, HBr, HJ, H3PO4, CH3COOH, H2CO3, H2S …). Bu metallarga aktiv metallar deyiladi.
- 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2↑
- 2Na + H2SO4 = Na2SO4 + H2↑
- Ba + 2H2O = Ba(OH)2 + H2↑
- Kuchlanishlar qatorida magniydan vodorodgacha o’rtacha aktivlikdagi metallar joylashadi, ular kuchli qizdirilgan suv bug’laridan, issiq suvdan va kuchli hamda o’rtacha kuchdagi oksidlamovchi kislotalardan H2 siqib chiqaradi.
- Mg + 2H2O = Mg(OH)2 ↓ + H2 ↑
- 3Fe + 4H2O= Fe3O4 + 4H2 ↑
- Zn + H2SO4 (suyul) =ZnSO4 + H2↑
- -Kuchlanishlar qatorida har bir metall o’zidan keyingi metallarni ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi.
- Metallarning aktivligi ularning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorida joylashgan o’rni bilan aniqlanadi. Kuchlanishlar qatorida metall qanchalik chaproqda joylashgan bo’lsa, uning kimyoviy aktivligi shunchalik katta (qaytaruvchilik xossasi shunchalik kuchli) agar u oddiy modda ko’rinishida olingan bo’lsa.
- Men+- kationining kimyoviy aktivligi, neytral atomlarning kimyoviy aktivligiga teskari proporsionaldir, ya’ni Me0 qanchalik passiv bo’lsa, Men+ kationining aktivligi yoki oksidlovchi xossasi shunchalik kuchli bo’ladi.
- Fe + CuSO4 =FeSO4 +Cu↓
- Cu + Hg (NO3)2 = Cu(NO3)2 + Hg↓
- Galvanik elementda aktivroq metall ya’ni standart elektrod potensialining algebraik qiymati kichik bo’lgan metall anod vazifasini o’taydi. Metallarning standart elektrod potensiallarini bilgan holda, galvanik elementning EYuk hisoblab topish mumkin.Buning uchun algebraik qiymati katta elektrod potensialidan algebraik qiymati kichik elektrod potensialini ayirib topish kerak. Masala, mis-rux galvanik elementning EYuKsini hisoblayotganda, misning standart elektrod potensialidan (E°Cu/Cu2+ = 0,34 v) ruxning standart elektrod potensialini (E°Zn/Zn2+ = –0,76 v) ayirish kerak:
- EYuK = E°Cu/Cu2+ – E°Zn/Zn2+ = 0,34–(–0,76) = 1,10 v.
- Metallar elektrod potensialining qiymati jihatidan bir-biridan qancha ko’p farq qilsa, shu metalldan tuzilgan galvanik elementning EYuK shuncha katta bo’ladi. Metall o’zining metall ionlari aktivligi 1000g suvda 1g-iondan ortiq yoki kam bo’lgan tuzi eritmasiga tushirilsa, metallning potensiali E standart potensialdan farq qiladi. Bu holda uning qiymati quyidagi V.Nernst formulasidan hisoblab chiqariladi:
- Agar EYukni juda aniq hisoblash zarur bo’lmasa, Nernst formulasidagi a ni C ga almashtirish mumkin, bunda C-eritmadagi metall ionlarining konsentratsiyasi (1000g suvda g-ion hisobida).
- Galvanik elementlar xuddi elektr toki manbalari sifatida texnikada keng ko’lamda ishlatiladi. 1-galvanik elementni 1799 yilda italiyalik fizik A.Volt yaratgan. Sulfat kislotaning suyultirilgan eritmasiga botirilgan rux va mis elektrodlardan iborat. Buning sababi shuki, katod potensiali kamayadi, demak, galvanik element potensiallarining farqi ham kamayadi. Galvanik elementlarning ishlashi natijasida elektrodlar potensiallarining o’zgarishi galvanik polyarizatsiya deyiladi. Galvanik elementlar polyarizatsiyasining kamayishi depolyarizatsiya, shu maqsadda ishlatiladigan moddalar esa depolyarizatorlar deyiladi. Depolyarizatorlar sifatida MnO2, O2, K2Cr2O7, Cu2+ ionlari va boshqa oksidlovchilar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |