Ularning ketishlarini hukumatga qarshi qaratilgan namoyish sifatida qabul qildi


Download 30.48 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1139598

21
ularning ketishlarini hukumatga qarshi qaratilgan namoyish sifatida qabul qildi.
Ruhoniylarga ko’p sonli mullalar, savdogarlar, hunarmandlar ham qo’shildi. Tez
orada 2 mingga yaqin odam to’plandi va hokimyat faoliyatiga qarshi norozilik
sifatida best boshladilar. (Best, bestga o’tirish – Eronda eski urf-odatlarga ko’ra
daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan boshpanalarga (machit, elchixona va sh.o’.)
odamlarning kelib o’tirishlari, yashirinishlari. Hokimyat shunday boshpanalarga
yashiringan odamlarga nisbatan qamoqqa olish yoki kuch ishlatish kabilarni
qo’llashi mumkin emas). Best ishtirokchilari boshqa shaharlarga ham o’z
vakillarini yubordilar. Sheroz va Mashhadda ham namoyishlar va best boshlandi.
Best ishtirokchilari Bosh vazirning iste’foga chiqarilishini, eng yomon
amaldorlarni qamoqqa olinishini, hammaning qonun oldida tengligi asosida aholi
shikoyatlarini odil hal qilish uchun “Adolat uyi”ni tashkil qilishni, belgiyalik
Nausni bojxona vaziri lavozimidan bo’shatishni talab qildilar. Tehron
garnizonining harbiy qismlarida ham norozilik kuchaydi.
Xalq harakatidan qo’rqib qolgan Muzaffariddin shoh yon berishga majbur
bo’ldi. U Tehron va Kermon gubernatorlarini vazifasidan bo’shatdi, “Adolat
uyi”ni tashkil qilish to’g’risida farmon chiqardi. 1906 yil yanvarda best
ishtirokchilari Tehronga qaytib keldilar.
Lekin shoh o’z va’dalarini bajarishni turli yo’llar bilan orqaga sura
boshladi. Bu esa norozilikni yangidan kuchayishiga olib keldi. 1906 yil bahorida
ko’pgina shaharlarda inglizlarning Shahanshoh bankini boykot qilish boshlandi,
bir qancha shaharlarda bankning bo’limlari ostin-ustun qilindi.
1906 yil yozida inqilobning yangidan ko’tarilishi yuz berdi. Bozorlarda,
maydonlarda, machitlarda ko’p kishilik mitinglar yig’ilardi. 10 iyulda Tehronda
mashhur bo’lgan targ’ibotchi shayx Muhammad qamoqqa olinganida olomon uni
kuch bilan ozod qildi. Askarlar namoyishchilarga qarata o’q uzdilar, bir necha
odam yaralandi, sayidlardan biri halok bo’ldi.
Ertasi kuni barcha bozorlar, do’konlar, hunarmandlarning ustaxonalari
yopildi. Namoyishchilar bayroq o’rnida halok bo’lgan sayidning kiyimlarini
ko’tarib oldilar. Bu namoyishlar 12 iyulgacha davom etdi. Siyosiy vaziyat juda
keskinlashdi. 15 iyulda ruhoniylar yuqori qatlamining 200 vakili namoyishkorona
Tehrondan Qumga chiqib ketdilar. 16 iyul kuni Tehronning taniqli
savdogarlarining bir guruhi Angliya missiyasining bog’ida bestga o’tirdilar. Bir
necha kundan keyin best qatnashchilarining soni 13 ming kishiga etdi. Ular katta
chodirlar qurib, gulxanlar yoqardilar. Mitinglar deyarli to’xtovsiz davom etardi.
Bestda o’tirganlar harakatga rahbarlik qilish uchun komissiya tuzib, Qumdagi
ruhoniylar bilan, boshqa shahar va provintsiyalardagi harakat ishtirokchilari bilan
aloqa o’rnatdilar. Best harakati qatnashchilarining shohga yo’llagan talablarida
ilgarigi Bosh vazirni ishdan bo’shatish to’g’risidagi talabga yangi talab –
22
konstitutsiya joriy qilish va majlis (parlament) chaqirish to’g’risidagi talablarni
ham qo’shdilar.
Tehrondagi voqealar boshqa shaharlarga ham etib bordi va bu shaharlarda
Tehron bilan birdamlik harakati keng yoyildi. Qumdagi ruhoniylar Tehrondagi best
ishtirokchilarining talablari bajarilmaydigan bo’lsa, ular Erondan chiqib
ketishlarini bildirdilar. Bu xabar musulmonlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Tehronga
keltirilgan harbiy qismlarda ham hukumatga qarshi kayfiyat kuchaydi, bu
qismlardan biri best ishtirokchilari tomoniga o’tdi.
Shoh xalq ommasi talablarini qabul qilishga majbur bo’ldi. Iyul oyi oxirida
liberal kayfiyatdagi amaldor Nasrulloxon Moshir ud Davla hukumat boshlig’i
bo’ldi, avgust boshida majlisga saylovlar to’g’risida farmon chiqarildi. Shundan
keyin best to’xtatildi, yuqori tabaqa ruhoniylari Qumdan Tehronga qaytib keldi.
Oktabr oyida Eronning birinchi majlisi (parlament) o’z ishini boshladi.
Majlis tarkibining asosiy qismini feodal zodagonlari, pomeshchiklar, ruhoniylar,
savdogarlar tashkil qilardi. Lekin u inqilob natijasida yaratilgan parlament bo’lib,
uning majlislari oshkora holda o’tardi. Aholi majlis muzokaralarida ishtirok etib,
turli masalalarni majlis muhokamasiga kiritardi. Bu harakatlar oziq-ovqat
narxlarini pasaytirish, milliy bankni tashkil qilish kabi ijobiy tadbirlarni amalga
oshirishga yordam berdi. Muzaffariddin shoh 1906 yil dekabri oxirida parlament
tomonidan ishlab chiqilgan “Asosiy qonun”ni tasdiqladi.
Majlis (parlament) chaqirilishi va “Asosiy qonun”ning qabul qilinishi
inqilobning dastlabki yutug’i edi. Bu davrda inqilobga rahbarlik to’la holda liberal
elementlar – ruhoniylar, liberal pomeshchiklar, yirik savdogarlar qo’lida edi. Bu
davrda inqilobiy harakatning liberal va demokratik qanotlari o’rtasida ko’zga
ko’rinarli ajralish yo’q edi.
Lekin inqilobning kengayib borishi davomida unda ishtirok etayotgan
sinfiy kuchlar o’rtasida ham ajralish kuchayib bordi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar
liberal elementlarni qanoatlantirardi. Ular inqilobiy harakatni to’xtatishga
intilardilar. Burjuaziyaning demokratik unsurlari va keng xalq ommasi inqilobni
yanada rivojlantirish uchun kurashardilar.
1907 yilda ommaviy harakatning yanada ko’tarilishi kuzatildi. Isfaxon,
Resht, Tabriz, Zanjon va boshqa shaharlarda shoh hukumati va feodallarning
zo’ravonligi, suiiste’molliklariga qarshi namoyishlar, best harakatlari bo’lib o’tdi.
Chet el imperialistlariga qarshi bevosita chiqishlar bo’ldi. Aholi chet el tovarlarini
boykot qildi.
1906 yil oxiridan Rossiya bilan chegaradosh Shimoliy provintsiyalarda
dehqonlarning stixiyali chiqishlari bo’ldi va bu harakatlar janubiy hududlarga ham
yoyildi. Dehqonlar pomeshchiklarga soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bosh
23
tortdilar, xonlar qasrlariga hujum qilib, tortib olingan mahsulotlarni kambag’allar
o’rtasida taqsimlab berdilar.
1907 yilda Eron ishchilari va xizmatchilarining dastlabki ish tashlashlari
bo’lib o’tdi, kasaba uyushmalari tuzish uchun harakatlar bo’ldi. Haydar Amuo’g’li
va boshqa markschilar tomonidan bir qator shaharlarda tashkil qilingan sotsial-
demokratik to’garaklar o’zlarini Eron sotsial-demokratik partiyasi deb atay
boshladilar. Eron sotsial-demokratlari “Mujohidlar jamiyati” (mujohid – haq ish
uchun kurashchi) bilan yaqindan bog’langan edi. 1905 yildan boshlab Eronning
shimoliy hududlarida savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylarning quyi qatlami
vakillari, dehqonlar, shahar kambag’allari, ishchilarni o’z ichiga olgan mujohidlar
tashkilotlari tuzila boshlagan edi. Mujohidlarning dasturida umumiy saylov
huquqini joriy qilish, so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish, jamiyatlar tuzish, ish
tashlashlar huquqlarini joriy qilish, shoh va pomeshchik hini banklar orqali sotib
olish yo’li bilan dehqonlarga berish, 8 soatlik ish kunini o’rnatish, maktablarda
umumiy bepul majburiy ta’lim joriy qilish, adolatli soliq tizimini o’rnatish kabi
radikal burjua-demokratik talablar bor edi.
Shu bilan birga “Mujohidlar jamiyati” fitnachilik jamiyati sifatida tashkil
qilingan edi. Mujohidlar Nizomi ayb ish qilib qo’ygan jamiyat a’zolarini jazolash
uchun maxsus sudlar va maxfiy turmalar yaratishni ko’zda tutardi. Yakka terror
taktikasiga katta e’tibor qaratilgan edi.
Tabrizda va boshqa shaharlarda mujohidlarning faol harakati natijasida
inqilobiy gvardiya qismlari – fidoyilar otryadlari tashkil qilindi. Fidoyilar
otryadlari Eron inqilobining asosiy qurolli kuchlariga aylandi.
Xalqning inqilobiy faolligi anjumanlarning tashkil qilinishida ham o’z
aksini topdi. Anjumanlar (aynan “birlashma”) dastlab ma’lum bir aholi punktidan
majlisga saylov o’tkazish uchun saylovchilarni birlashtiruvchi tashkilot sifatida
tashkil qilingan edi. Keyinchalik ular mahalliy hokimyatlar qoshidagi maslahat
organi, ba’zan esa bevosita mahalliy hokimyat va o’z-o’zini boshqaruv organlari
sifatida faoliyat yurita boshladilar. Ko’pchilik anjumanlarda burjuaziya vakillari
rahbarlikni o’z qo’llariga olgan edilar. Anjumanlar faoliyatiga xalq ommasining
kayfiyati katta ta’sir o’tkazardi. Ular ko’pincha feodallarga va chet el
mustamlakachilariga qarshi qaratilgan chiqishlarning tashabbuskorlari bo’lardilar.
Provintsiya, viloyat va shahar anjumanlaridan tashqari turli shakl va
ko’rinishdagi anjumanlar – siyosiy klublar, hamshaharlik birlashmalari, kasaba
uyushmalari va boshqalar tashkil topdi. 1907 yil avgustiga kelib Tehronda 40 ga
yaqin anjumanlar bor edi. Shu bilan birga reaktsiya kuchlari ham o’z anjumanlarini
tuzishga harakat qilardilar. Poytaxtda Hojar shahzodalari anjumani tashkil qilingan
edi, ba’zi joylarda pomeshchiklarning anjumanlari tuzilgan edi.
24
1907 yil yanvarda Muzaffariddin vafotidan keyin taxtga uning o’g’li
Muhammad Ali o’tirdi. Yangi shoh majlisni tan olmadi, u Eronni rasmiy ravishda
konstitutsion davlat deb tan olmadi. 1906 yil oxirida qabul qilingan “Asosiy
qonun” faqat majlisning huquq va vakolatlarini belgilab bergan bo’lib, davlat
qurilishining boshqa masalalari hal qilinmay qolib ketgan edi. Shoh majlisning
“Asosiy qonun”ga qo’shimchalar kiritish va shu yo’l bilan konstitutsiya ishlab
chiqilishini o’z yakuniga etkazish haqidagi taklifini rad etdi. Lekin Tehron, Tabriz
va boshqa shaharlar aholisining faol chiqishlari Muhammad Alini chekinishga
majbur qildi. U 1907 yil oktabrda majlis tomonidan ishlab chiqilgan “Eron Asosiy
qonuniga qo’shimchalar”ni tasdiqladi.
“Asosiy qonuniga qo’shimchalar”ni qabul qilinishi bilan konstitutsiyani
yaratish o’z nihoyasiga etdi. Shoh hokimyati majlis tomonidan cheklab qo’yilgan
bo’lib, majlis qonunlar chiqarish, budjetni tasdiqlash, qarzlar, kontsessiyalar
to’g’risida bitimlar tuzish kabi vakolatlarga ega edi. Yuqori palata – senat tashkil
qilish ko’zda tutildi. Provintsiyalar va viloyatlarda mahalliy hokimyat faoliyatini
kuzatib borish uchun aholi tomonidan saylab qo’yiladigan anjumanlar tuzilishiga
ruxsat berdi. Shaxs, shaxsiy mulk, uy-joy daxlsizligi va boshqalar e’lon qilindi.
Ruhoniylarning ko’pchilik imtiyozlari saqlanib qoldi. Oliy ruhoniylardan tashkil
topgan maxsus kollegiya qabul qilinayotgan qonunlarning islom dini ruhiga mos
kelishi-kelmasligi haqida qaror chiqarish huquqiga ega bo’ldi.
Eronning konstitutsion davlatga aylanishi ijobiy voqea bo’ldi. “Asosiy
qonuniga qo’shimchalar” qabul qilinganidan keyin liberallarning inqilobdan
chetlashishi asosan o’z nihoyasiga etdi. Yirik savdogarlar, liberal pomeshchiklar,
ruhoniylar inqilob o’z vazifasini bajarib bo’ldi, keyingi islohotlar va o’zgarishlarni
majlis orqali asta-sekin amalga oshirish mumkin deb hisoblardilar.
Erondagi voqealarning rivojlanib borishi Angliya va Rossiya
hukumatlarini cho’chitib qo’ydi. Ular inqilobni bo’g’ib tashlashga intildilar. 1907
yil boshida Tehrondagi ingliz elchisi inqilobga qarshi interventsiya uyushtirishga
chaqirdi. Angliya bilan Rossiya o’rtasida katta imperialistik ziddiyatlar mavjud
bo’lsada Eron xalqining demokratik-inqilobiy harakatiga dushmanlik, bu inqilobni
bostirishga bo’lgan intilish ingliz va rus hukumatlarini bir-biriga yaqinlashtirdi.
Bunga ma’lum ma’noda ingliz-german va rus-german imperialistik
ziddiyatlarining mavjudligi ham ko’maklashdi.
1907 yil 31 avgustda Peterburgda Eron, Afg’oniston va Tibetdagi ta’sir
hududlarini belgilab olish to’g’risida Angliya-Rossiya bitimi tuzildi. Shimoliy
Eron chor Rossiyasining, Janubi-Sharqiy Eron Angliyaning ta’sir hududi deb
belgilandi. Ular o’rtasidagi hudud betaraf deb e’tirof etildi. Ingliz-rus bitimining
tuzilishi Angliya, Fransiya va Rossiyadan iborat Antanta harbiy ittifoqini tashkil
25
qilinishini o’z nihoyasiga etkazdi. Shu bilan birga bu bitim Eron inqilobiga qarshi
qaratilgan bitim edi.
4.9.1908 yildagi aksilinqilobiy to’ntarish. Eron I-jahon urushi arafasida va
urush yillarida.
Ingliz-rus bitimi Erondagi aksilinqilobchilarning kuchayishiga olib keldi.
Kuzda shohga sodiq qo’shinlar va aksilinqilobchi qurolli to’dalar Tehronga
keltirila boshlandi. Noyabr oyida shoh majlisdan anjumanlar faoliyatini
to’xtatilishini qat’iy talab qildi. Bu aholi noroziligini keltirib chiqardi. Fidoyilar
otryadlari majlisni himoya qilib chiqdilar. SHoh chekinishga majbur bo’ldi,
aksilinqilobiy to’ntarish amalga oshmadi. Lekin majlis tarkibining ko’pchiligini
tashkil qilgan liberallar shoh bilan til biriktirish yo’lidan bordilar.
Shoh inqilobga yangi zarba berishga tayyorlandi. U 1908 yil iyun oyining
boshida kazak brigadasi himoyasida poytaxtni tashlab chiqib, shahar tashqarisidagi
saroylardan birini aksilinqilobiy fitna qarorgohiga aylantirdi. 22 iyunda shoh
Tehronni qamal holatida deb e’lon qildi va kazak brigadasi komandiri rus
polkovnigi Lyaxovni poytaxtning harbiy gubernatori qilib tayinladi. 23 iyunda
harbiy qismlar va artilleriya majlis binosini qurshab oldi, uning himoyachilari
kurashda halok bo’ldi. Shoh majlis va anjumanlarning tarqatib yuborilganligini
e’lon qildi. Majlisning so’l deputatlari va anjumanlarning rahbarlari qatl qilindi
yoki turmalarga tashlandi.
Aksilinqilobiy to’ntarishni Angliya va Rossiya hukumatlari faol qo’llab-
quvvatladilar. Liberal deputatlar olib borgan siyosat bu to’ntarishni amalga
oshishini osonlashtirdi. Majlisning bir qancha deputatlari oshkora holda shoh
tomoniga o’tib ketdi.
Lekin 1908 yil 23 iyundagi aksilinqilobiy to’ntarish inqilobning yakuni
bo’lmadi. U inqilobiy kurashning yangidan yuksalishi uchun signal bo’lib xizmat
qildiki, endilikda Tabriz va Ozarbayjon provintsiyalari bu kurashning markazi
bo’ldi.
Tabriz anjumani amalda mahalliy hokimyat ustidan o’z nazoratini
o’rnatgan edi. Iyun aksilinqilobiy to’ntarishi davrida Tabriz anjumaniga rahbarlik
qilayotgan liberal elementlar qochib ketdilar. Lekin inqilobiy burjuaziya vakillari
va shahar aholisi kurashni davom ettirdi. Tabriz demokratlariga fidoyilar otryadlari
komandirlari Sattor va Bakir rahbarlik qildilar. Ular aksilinqilobchi kuchlarga
qarshi kurashni tashkil qildilar. Tabrizning katta qismi fidoyilar qo’lida qoldi.
Shaharni boshqarish uchun yangi anjuman tashkil etildi.
1909 yilda shoh qo’shinlari yana Tabrizga hujum boshladilar, lekin uni
jang bilan ololmagach, qamal qilishga o’tdilar. Shaharda ochlik boshlandi.
Tabrizliklarning qat’iy mudofaasi Angliya va Rossiya hukumatlarini
tashvishga solib qo’ydi va ular oshkora interventsiya yo’liga o’tdilar. Janubda
26
ingliz qo’shinlari bir qator aholi punktlarini egalladi. Rus qo’shinlari chet el
fuqarolarini himoya qilish va qamalda qolgan aholiga oziq-ovqat etkazib berish
bahonasi ostida 1909 yil 25 aprelda chegaradan o’tdilar va to’rt kundan keyin
Tabrizga kirib keldilar. Ular 1910 yil martigacha Tabrizda qolgan Sattor va
Bakirga qarshi oshkora chiqishga jur’at eta olmadilar. Lekin shaharning rus
qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilinishi qo’zg’olonning tugatilishiga olib keldi.
Anjuman rus qo’shini qo’mondonining taziyqi ostida fidoyilarning bir qismini
tarqatib yuborishga majbur bo’ldi.
Tabriz qo’zg’oloni Eronning boshqa hududlaridagi inqilobiy harakatning
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1909 yil boshidan inqilobning yangidan
yuksalishi boshlandi, bu davrda xalq ommasining faolligi ancha oshdi. Lekin faqat
Ozarbayjondagi harakatlardagina inqilobiy demokratlar rahbarlikni o’z qo’llariga
oldilar, boshqa hududlarda esa inqilobiy harakat rahbarligi liberallar qo’liga o’tgan
edi.
Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin liberal pomeshchiklar va yirik
savdogarlar inqilobdan chetlasha boshladilar.
1909 yil yanvar-mart oylari davomida Isfaxon, G’ilyon, Resht, Bushir,
Bandar-Abbos va boshqa shaharlarda hokimyat qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi va
kuchlar nisbati inqilob foydasiga o’zgardi. 1909 yil bahorida Eronning turli
viloyatlaridan kelgan fidoyilar Tehronga hujum boshladilar.
13 iyulda G’ilyon fidoyilari va baxtiyorlar qabilalarining birlashgan
qo’shini kazak brigadasini tor-mor qildilar va aholi yordamida Tehronni
egalladilar. Shoh Muhammadali bestga o’tirishga majbur bo’ldi, u Rossiya
elchixonasidan boshpana topdi. Eron taxtiga uning 14 yoshli o’g’li Ahmad o’tirdi.
Muhammad Ali umrbod yiliga 100 ming tuman miqdorida nafaqa oladigan bo’ldi
va chet elga (Rossiyaga) chiqib ketdi. 1906-1907 yil konstitutsiyasi qayta tiklandi.
G’ilonlik yirik pomeshchik sipohdor boshchiligida vaqtli hukumat tuzildi.
1909 yil noyabrda ikkinchi majlis ochildi, bu majlis saylovlarida xalq
ommasining faqat 4 foizi ishtirok etdi, majlis tarkibida hunarmandlarning vakillari
yo’q edi. Ikkinchi majlis birinchi majlisdan farq qilgan holda mamlakat hayotida
progressiv rol o’ynay olmadi. U inqilobni cheklash va jilovlash yo’lidan bordi.
1910 yil martida Eron hukumati Angliya va Rossiyaning ultimatum tarzida
qo’ygan talablarini bajarib, Sattor va Bakirning fidoyilar otryadlarini
qurolsizlantirdi.
Hukumat tashqi siyosatda imperialistik davlatlar bilan til biriktirish yo’liga
o’tdi. Hukumat chet ellik mustamlakachilarga qarshi kurashish o’rniga turli
davlatlar o’rtasida tilyog’malik qilish siyosatini olib bordi.
Eron hukumati 1910 yilning oxirida mamlakat moliyasini qayta tuzish va
tartibga solish uchun AQSHdan maslahatchilar yuborishni iltimos qildi.
27
AQSH Eronga Morgan Shuster boshchiligida missiya yubordi. U davlat
bosh xazinachisi lavozimini egallab, cheklanmagan vakolatlarga – hukumatning
moliya sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, soliqlar va davlatning boshqa
daromadlarini kuzatib borish, pul emissiyasini kuzatib borish kabilarga ega bo’ldi.
Shuster shoh hokimyatidan mustaqil bo’lgan o’z ma’muriy apparatini
tuzishga harakat qildi. Tehronda Shusterning ko’rsatmalarini bajarmagan
amaldorlarni qamab qo’yish uchun maxsus gauptvaxta tashkil qilindi. U Eron
qurolli kuchlarini ham o’ziga bo’ysundirishga harakat qildi.
1911 yil iyulida Eronning sobiq shohi Muhammad Ali soxta nom bilan rus
paroxodida Eronga keldi. Rus hukumati uni maxfiy ravishda qo’llab-quvvatlab
turdi. U bir necha ming kishini yollab, Tehronga yurish boshladi. Sobiq shohning
Eronda paydo bo’lishi xalq ommasi g’azabini keltirdi. Butun mamlakat bo’ylab
mitinglar va namoyishlar bo’lib o’tdi. Yana fidoyilar otryadlari tuzildi. 1911 yil
kuzida hukumat qo’shinlari va fidoyilar otryadlarining birlashgan kuchlari
Muhammadali boshchiligidagi isyonni bostirdilar. Muhammad Ali yana chet elga
qochdi.
Muhammadali isyonining barbod bo’lishi ichki reaktsiya kuchlari
yordamida inqilobni bostirib bo’lmasligini ko’rsatdi. Bu vaqtga kelib Eronga o’z
qo’shinlarini kiritgan Angliya va Rossiya inqilobni bostirishni o’z zimmasiga
oldilar.
1911 yil noyabrida inglizlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Rossiya Eron
hukumatidan Shusterni iste’foga chiqarilishini va bundan keyin Angliya va
Rossiyaning roziligisiz chet ellik maslahatchilarni Eronga taklif qilmaslikni
ultimatum tarzida talab qildi. Majlis bu talabni rad etdi. Rus hukumati bunga
javoban Ozarbayjon, G’ilyon va Xurosonga katta qo’shin yubordi. Bu qo’shin
Eron ko’ngillilarining qarshiligini sindirib, mamlakat shimolidagi inqilobni
bostirdilar. Mamlakat janubida ingliz qo’shinlari ham shu ishni amalga oshirdilar.
1911 yil dekabrida politsiya va baxtiyorlar otryadlari Tehronda aksilinqilobiy
to’ntarishni amalga oshirdilar. Majlis tarqatib yuborildi, anjumanlar va so’l
gazetalar yopildi. Eron inqilobi bostirildi.
Eron inqilobi mag’lubiyatga uchrasada u Hojarlar sulolasiga va feodal
tuzumga qattiq zarba berdi, keng xalq ommasining feodalizm sarqitlari va chet
ellik mustamlakachilarga qarshi kurashi uchun siyosiy ongining uyg’onishiga
yordam berdi. Eron inqilobi o’z navbatida Sharqdagi boshqa mamlakatlarga katta
ta’sir ko’rsatdi.
Birinchi jahon urushi boshlanib ketgach Eron o’zining betarafligini e’lon
qilgan bo’lsada, uning hududi urushayotgan tomonlar o’rtasidagi jang maydoniga
aylandi.
28
Turk bosqinchilari va ularning xo’jayinlari bo’lgan Germaniyaning
hukmron doiralari Eronga bostirib kirishdan oldin Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo,
Afg’oniston, Hindistonning shimoli-g’arbiy hududlari, Misr va boshqa
mamlakatlarni bosib olish kabi xayoliy rejalarni tuzgan edilar. Lekin yashin
tezligida urush olib borish rejasining barbod bo’lishi va Evrlopada yuzaga kelgan
ikki frontda uzoqqa cho’ziladigan kurashning boshlanishi nemislarning Eronga
qarshi katta qo’shin tashlash imkoniyatini bermadi. Shuning uchun ham nemis
razvedkasi va diplomatiyasi Eronda xalq ommasini ingliz va rus
mustamlakachilariga qarshi qo’zg’ashga zo’r berib urindi. Nemislar
ikkiyuzlamachilik bilan o’zlarini Eronning va butun musulmonlarning do’stlari
qilib ko’rsatishga urindilar. Turk sultoni va xalifasi esa butun musulmonlarni
Angliya va Rossiyaga qarshi “muqaddas urush”ga da’vat etdi. Nemis razvedkasi
bu da’vatni va boshqa varaqalarni yashirin holda Eronda tarqatar edi. Nemislar bu
varaqalarda hatto Vilgelm II islom dinini qabul qilganligi haqidagi soxta gaplarni
tarqatishdan ham qaytmadilar.
Lekin Eronda “muqaddas urush”ga da’vat kutilgan natijani bermadi,
chunki Eron burjuaziyasi, pomeshchiklar va amaldorlarning katta qismi ingliz-rus
sarmoyasi bilan bog’liq va unga qaram edi.
Turklar 1914 yil noyabrida Eron Ozarbayjoniga bostirib kirdilar. Ular
o’zlari bosib olgan hududlarda ommaviy talonchilik va ozarbayjonlar, kurdlar,
armanlarni ommaviy qirish siyosatini amalga oshirdilar. Lekin turklarning bu
yerdagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Rus qo’shinlari Kavkaz frontida turklarni
mag’lubiyatga uchratib, Eronga kirib kela boshladi. Rus qo’shinlari 1915 yil
fevralda Tabrizni egalladilar, turk qo’shinlari Ozarbayjondan quvib chiqildi, lekin
Eron g’arbidagi bir qator hududlar ular qo’lida qoldi.
Nemis agentlari 1915 yil boshida Eron janubidagi qabilalarning
qo’zg’olonini ko’tarishga muvaffaq bo’ldilar. Baxtiyorlar qabilalari Angliya-Eron
neft kompaniyasining neft quvurlarining bir qismini buzib tashladilar. Nemislar
tomonidan tashkil qilingan qurolli otryadlar Janubiy Eronning bir qancha
shaharlarini qo’lga kiritdilar. 1915 yil kuziga kelib Kermanshoh va Hamadonni
egallagan tark qo’shinlari ham o’z hujumlarini boshladilar.
Germaniya imperializmi Hindiston chegaralarida o’rnashib qolishga intilib,
Afg’onistonni o’ziga ittifoqchi qilib olish uchun u yerga nemis-avstriya-turk harbiy
missiyasini yubordi, lekin Afg’onistonni urushga tortishga muvaffaq bo’lmadi.
Nemislar va ularning ittifoqchilari bo’lgan turklarning Eronga hujumi
poytaxtdagi vaziyatga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Nemislar tomonidan sotib olingan
saroy amaldorlari va feodal zodagonlarning bir qismi Germaniyaga hayrixoh
edilar. Pomeshchiklar bilan bog’liq bo’lgan va juda zaif bo’lgan Eron burjuaziyasi
29
xalqqa suyanishga qo’rqardi va ingliz-rus mustamlakachilariga qarshi kurashish
uchun nemislar yordamiga ko’z tikkan edi.
Uzoq tanaffusdan keyin chaqirilgan majlisda demokratlar ko’pchilikni
tashkil etardi va majlis 1914 yil oxiriga kelib Germaniya-Avstriya-Turkiya blokini
yoqlab chiqishga qaror qildi.
Bunga javoban Angliya va Rossiya Eronga yangi harbiy qismlarni jo’natdi.
Inglizlar turklarni va baxtiyorlar qabilalarini neft quvurlari hududidan haydab
chiqardilar. 1915 yil oktabrida general Baratov boshchiligidagi rus qo’shinlari
Tehron tomon yurish qilib, Qazvinni egalladi. Noyabr oyida shoh ingliz va rus
elchilarining taziyqi ostida germanparast majlisni tarqatib yubordi. Tarqatib
yuborilgan majlisning bir guruh deputatlari va ishdan bo’shatilgan vazirlar nemis
elchisi va turk harbiy attashesi kuzatuvida Qum shahriga kelib, bu yerda milliy
muvaqqat hukumat tuzilganligini e’lon qildilar. Rus qo’shinlarining hujumi
natijasida bu hukumat turklar tomonidan bosib olingan Kermonshoxga qochib
o’tishga majbur bo’ldi.
1916 yil oxiriga kelib inglizlar mamlakat janubidagi inglizlarga qarshi
ko’tarilgan isyonlarni bostirishga muvafffaq bo’ldilar.
1917 yil boshiga kelib Eronning barcha hududi: shimol rus qo’shinlari
tomonidan, g’arb nemis-turk qo’shinlari tomonidan, janub inglizlar tomonidan
bosib olingan edi.
Urush yillarida Angliyaning Erondagi mavqei juda kuchaydi. Angliya-Eron
neft kompaniyasining faoliyati kengayib, neft qazib olish 1913 yildagi 80 ming
tonnadan 1919 yilda 1 100 ming tonnaga etdi. Kompaniya davlat ichidagi davlatga
aylandi, u o’z qo’riqlash xizmati, politsiyasi, maktablariga ega edi. Janubiy
Erondagi qo’zg’olonlar bostirilgach, ko’chmanchi qabilalarning ko’pchilik feodal
rahbarlari inglizlar xizmatiga o’tdilar. Angliyaning Eron hukumatiga ta’siri ham
kuchaydi, hukumatni 1916 yil avgustdan boshlab inglizlar tarafdori bo’lgan
Vosug’ ad-Davla boshqarar edi.
Harbiy harakatlar mamlakatni og’ir ahvolga soldi. Bosqinchilar
dehqonlarning oziq-ovqat va chorva mollarini tortib oldilar. Pomeshchiklar soliq
va majburiyatlarni ko’paytirdilar. Ekin maydonlari hajmi va chorva mollari soni
keskin qisqardi, mamlakatda ocharchilik yuz bera boshladi. Ko’pgina
provintsiyalarda kasallik epidemiyalari avj oldi.
Birinchi jahon urushi davrida Sharqdagi ko’pchilik mustamlaka
mamlakatlarda sanoat rivojlanishi ro’y bergan bo’lsa Eronda buning aksi bo’ldi.
Sanoat inqirozga yuz tutib, burjuaziyaning mavqei pasaydi, ishchilar soni kamaydi,
mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzilib qolib, feodal
tarqoqlik kuchaydi. Shohning markaziy hukumati faqat nomigagina saqlanib qoldi.
30
1916 yil oxiridan Eronda imperializmga qarshi chiqishlar kuchaydi.
Ko’pgina shahar va qishloqlarda bosqinchilarga va ularning malaylariga qarshi
kurashga da’vat etuvchi varaqalar paydo bo’ldi. Varaqalarda chet ellik
bosqinchilarga sotilgan amaldorlar va xonlarni o’ldirishga, feodallarning
mulklarini yo’q qilishga da’vat etildi
Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling