Ularning mohiyati


Download 18.32 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi18.32 Kb.
#1557053
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu


ULARNING MOHIYATI.
Reja:

  1. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.

2. O‘qituvchi faoliyatining asosiy yo`nalishlari.
3. Pedagogik bilimlar. Pedagogik zakovat.
4. Pedagogik qobiliyat. Pedagogik texnika.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
Tayanch tushunchalar: o’qituvchi faoliyati, insonparvarlik, pedagogik iste’dod va qobiliyat, pedagogik texnika (san’at), Intilish.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu - kasbga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimi puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doyr bilimlar katta rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe’l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlayashi istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. O‘qituvchi-tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va o‘qituvchiga qo‘yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogik mahorat muayyan komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lib, ularning barchasi xususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, yaxlit holda o‘qituvchi-tarbiyachi(pedagog)ning kasbiy malakalari mazmunini ifodalaydi. (1.1. jadvalga qarang).



Zero, pedagogik texnika – o‘qitish, ta’sir ko‘rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini uzatish texnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala – o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, ta’lim - tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o‘zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.
Pedagogik ijod – o‘qituvchining mahorat pilapoyalaridan ko‘tarilishida yaratuvchanlikni, tashabbuskorlikni, pedagogik uddaburonlikni va tadbirkorlikka eltuvchi yo‘lni, bu yo‘ldagi qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni anglatadi.
O‘z navbatida bu sohada o‘qituvchining pedagogik qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u pedagogik jarayonda o‘qituvchining aqliy, intellektual salohiyatini, emotsional – irodaviy jihatlarini, tashkilotchiligini, bilimdonligini va ularning bir-biriga bog‘liqligini hamda yaxlit bir butunlik kasb etishini ifodalaydi.

Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling