Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza. OʻLCHANADIGAN KATTALIKLARNING SHKALASI VA ULARNING TURLARI.
3.7-rasm. Selsiy (C), Reomyur (R), Farengeyt (F) va Kelvin (K) shkalalari.
Quyidagilarni ta’kidlab oʻtish lozim: 1) oʻlchashlar birliligini ta’minlash uchun intervallar shkalasi umumiy qabul qilingan yoki qonuniy kelib chiqishga ega boʻlgan sanoq boshiga ega boʻlishi kerak; 2) bir oʻlcham boshqasidan necha marta kattaroq yoki kichikroq degan savolga javob berish uchun, eng avvalo siz oʻzingiz oʻlchamlarni bilishingiz kerak. Yuqoridagi birinchi masalani hal qilish uchun maxsus choralar koʻrilib, shartli ravishda oʻlchashlar uchun hisob boshi tanlab olinadi. Quyida misollr keltirib oʻtamiz. 1-misol. Shvetsariyaning Bern shahridagi soat minorasi ushbu mamlakatdagi barcha masofalarni hisoblash uchun nol nuqtasi (sanoq boshi) boʻlib xizmat qiladi. 2-misol. Oʻtgan asrning oxirida Moskva shahridagi Manejnaya va Qizil maydonlar oʻrtasida joylashgan Voznesenskiy darvozasining oʻtish joyidagi yoʻlka toshlariga quyidagi zoʻzlar yozib qoʻyildi: “Rossiya Federatsiyasi yoʻllarining nolinchi kilometri” [25]. 3.4. Nisbat va absolyut shkalalar Nisbat shkalasi, unda: ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi; “katta-kichik” turida tartib munosabatlari qoʻllaniladi; jamlash munosabatini qoʻllash mumkin; bir qiymatli, nolning tabiiy kriteriyasi mavjud; kelishuv boʻyicha belgilangan oʻlchashlar birligi mavjud; Misol: 1. Massa oʻlchovlari: 2. Harorat shkalasi MTSh-90 ning reper (tayanch) nuqtalari. 3. Radionuklidlar aktivlik oʻlchovlari, energetik oʻlchovlar va boshqalar. Nisbat shkalasi eng mukammal, eng information va eng keng tarqalgandir. Ularda nafaqat fizik kattaliklarning oʻzi haqida, balki ularning qiymatlarini xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Bu bizga , bir oʻlcham boshqasidan qanchaga va necha marta kattaroq yoki kichikroq ekanligini aniqlash imkonini beradi. Har qanday matematik amallar nisbat shkalasida orqali aniqlanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling