Ulgurganga tole yor


Download 13.47 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi13.47 Kb.
#1348939
Bog'liq
I qism


I qism
Sahar. Oy yonida Zuhro yulduz. So’fi masjididan azon eshitilardi.
Sahardagi bozor tugab, “Ulgurganga tole yor” deya xursand bo’lib kelayot-gan Shohxo’ja kichik tor yo’l bo’ylab uylar zij qurulgan oraliqdan o’tib borardi. Bugungi ishi ancha kissabop va tez bo’ldi. Hayolida bozorga ketish oldi xotini bilan birga olgan zuvalasi, non bo’lib pishib qolgandir degan hayol bilan borardi, hali ularni rastalarga tarqatish kerak, ertaga sahar uchun ham toza mevalarni terib qo’yish kerak, ha ish ko’p. Tagidagi orqa tormoqzli vilosepidni ham bir ustaga ko’rsatish kerak.
Kun-u tun o’tar-ketar. Bugungi kun yaxshi boshlandi, oldingi kunlarga o’xshab talashuv-tortishuvlar bo’lmadi. Ko’kda zuhro yulduz yo’qolib faqat oy bilinear bilinmas ko’rinar holatga holaatga kelgandi. Uyga kiraverib issiq non isi dimog’iga urildi. Bu hid kayfiyatiga yanada kayfiyat qo’shdi. Farzandlari maktabga shoshilar, xotini kichkina o’g’linini ko’ylagini dazmol qilayotganini ko’rdi. Indamay so’riga o’tirib choyini icha boshladi. Doimgidek, hamma narsa tayyor, nonlar alohida tahlab chiqilgan. Bugun xotini uni negadir sezmadi, Shohxo’ja bunga e’tibor berayotmay, lammolim demay olditormizli vilosepiga mindi, nonlarni joylashtirib yana bozorga shoshildi.
Arabon – deb atalmish bu bozor shahardagi katta va yagona bozor, payshanbadigi mol bozor, sahardagi bozor ham shu yerda bo’ladi, kiyim-kechaku, oziq-ovqat mahsulotlari barchasi shu yerda. Shohxo’ja nonlarni tarqata boshladi. Doimgidek, birinchisini – Ollobergan Arabga, keyingisini esa Sharifzod ismli tojikning stolovoyiga tarqatdi, qolgan nonlarni kichik rastalarga tarqatib chiqib, Oxirgi ikkita nonni kovishdo’z Vosiqga olib bordi. Doimgidek u bilan shirin suhbat qurdi, Shohxo’ja va Vosiq anchdan beri tanish, Shohxo’ja bozorda arava torta boshlabdiki uni taniydi, Vosiq buyerdagi kam sonli yevriylardan. Mustaqillikdan keyin, ancha yevriy Farg’ona voqealaridan keyin shaharni tark etgan, Vosiq o’zini tabirlagandek omadsiz yevriylardan edi. Buxoroga sig’magan, endi Farg’onadan ancha uzoq Shahrisabzga ham sig’masligini his qila boshlagndi. Ko’nglida o’zbekistonni tark etish niyati bo’lasada hech kimga bildirmaslikka harakat qiliardi. Ikkalasi ag’dan-bag’dan ancha g’iybatlashdi. Ko’ngilning ko’chasi tor deyishadi,
Download 13.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling