Uloqtirish sektorlarini o’quv mashg’ulotlariga va musoboqalariga tayyorlash. Reja
Download 0.59 Mb.
|
Uloqtirish sektorlarini o’quv mashg’ulotlariga va musoboqalariga tayyorlash
4-vazifa.
Yugurib kelishdan nayzani uloqtirishga o`tish texnikasini o`rgatish. Vositalar. 1.Chalishtirma qadamlarda tahlid qilish. 2.Chalishtirma qadamdan nayza uloqtirishni tahlid qilish va uloqtirish. 3. Nayzani orqaga tortgan xolda yugurib kelib uloqtirish. Metodik kursatmalar yugurib kelishdan nayza uloqtirishga utish chalishtirma qadam vaqtida amalga oshiriladi. Buni bajarishda eng muximi kuch berishni yugurish bilan kushib olib borishda tezlikni yuqotmay turib snariyaddan maksimal va tez o`tib ketishdir. Chalishtirma qadamni tezlatish uchun avvalo chap oyoqda tez depsinish lozim. 5-vazifa. Nayza bilan yugurish va nayzani orqaga borish texnikasini o`rgatish. Vositalar. 1.Nayzani elka ustida ushlagan xolda bir maromda va tez yugurish. 2.Yurish va sekin yugurish paytida nayzani orqaga tortish. 3.Shu mashqning o`zini yugurib kelishni tezlashtirayotib bajarish. Metodik kursatmalar. Nayza bilan yugurib kelish texnikasini oldingi vazifalarini xal qilish jarayonida bir yo`la o`rganish mumkin. 6-vazifa. Nayzani yug`urib kelib uloqtirishni o`rgatish. Vositalar 1. Nayzani dastlabki qisqa yugurib kelishdan uloqtirish. 2. Yugurishni tezlashtirgan xolda nayzani uloqtirish. 3. Belgilangan uzoqlikdan tuliq yugurib kelib nayza uloqtirish. Metodik kursatmalar . Qisqa yugurib kelib nayzani uloqtirishdan oldin 2-4 qadamdan uloqtirishga tahlid qilish kerak. Bu mashqni yengil tosh yoki tup bilan bajarish mumkin. 7-vazifa. Nayza uloqtirish elementlarini takomillashtirish. Vositalari. 1.Nayzani 3-5 qadamdan yugurib kelib uloqtirish. 2.Tuliq yugurib kelib nayzani shamol yo`nalishiga nisbatan turli tomonga uloqtirish. Metodik ko`rsatmalar Nayzani yugurib kelib uloqtirishning asosiy sxemasini o`rgangandan keyin ohirgi qadamlar harakatining ritmlarini, nayzani orqaga yoborish usuli, yugurib kelish uzunligi, va uning optimal tezligi aniqlashtiriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling