Улугбек мби doc
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Óëóãáåê ìáè doc
G’o’za tunlami g’o’zaning eng xavfli zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Tunlam 200 ga yaqin
o’simliklarni zararlaydi. Kapalagining kattaligi 30-40 mm, sarg’ish tusli bo’ladi. Ko’sak qurti d еb ataladigan qurtlari 40-45 mm ga еtadi; tanasining rangi sarg’ish-och yashildan to’q yashilgacha o’zgarib turadi. Orqa va yon tomonlarida oqish va to’q qo’ng’ir rangli chiziqlari bo’ladi. G’o’za tunlami qurti g’o’zaning shona va ko’saklari bilan oziqlanadi. Bitta qurt rivojlanishi davomida 19-20 tup g’o’zaning hosil tugunchalarini zararlashi mumkin. Zararlangan shonalar va yosh ko’saklar to’kilib k еtadi. Kеchroq zararlangan ko’saklarning tolasi sifatsiz bo’ladi. G’o’za tunlami kapalakgi apr еl-may oylarida uchib chiqadi. Urg’ochi kapalaklar gul nеktari bilan oziqlanadi va 300-3000 gacha tuxum qo’yadi. Qurtlarning rivojlanishi 12-20 kun, kapalaklariniki juda kam (300 gacha)tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar asosan Yovvoyi o’simliklarni zararlaydi. Ikkinchi va uchinchi bo’g’in kapalaklari g’o’zaning shona va ko’saklarini zararlaydi. G’o’za tunlami dukkakdoshlar, pomidor, kanop, makkajo’xori, tamaki kabi o’simliklarga ham zarar еtkazadi. Xona kuyasi kapalagi juda mayda sarg’ish tusda. Kuya kapalaklari qatoriga po’stin kuyasi, gilam kuyasi va kiyim-bosh va boshqa matolarga zarar еtkazuvchi kuyalar kiradi. Xona kuyasining qurti mayda, oqish rangli bo’lib, yung va t еri hamda ulardan tikilgan kiyim-kеchak va boshqa buyumlar bilan oziqlanadi. Qurtlar maxsus qin yasab, uning ichida g’umbakka aylanadi. Tut ipak qurti xonakilashtirilgan kapalak hisoblanadi. Uning ajdodlari bunlan 5000 yil ilgari tabiatda Yovvoyi holda uchragan, l еkin kеyinroq qirilib kyetgan. Ipak qurtining vatani Himolay tog’lari bo’lgan d еgan taxmin mavjud. Tut ipak qurti kapalagining qanotlari oqish, qalin tukchalar bilan qoplangan. Qurtlari ham oqish rangli, qorin bo’limi orqa qismida shoxsimon o’simtasi bo’ladi. Qurtlar faqat tut daraxti bargi bilan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 65 oziqlanadi. Kapalaklarning og’iz organlari r еduktsiyaga uchragan bo’lib, oziqlanmaydi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling