Улугбек мби doc
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Óëóãáåê ìáè doc
Ipakchilik. Tut ipak qurti olish maqsadida boqiladi. Ipak to’qimachilik sanoati uchun qimmatbaho
xomashyo hisoblanadi. Ipakchilik O’rta Osiyo r еspublikalarida xalq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bundan 5000 yil ilgari qadimgi odamlar Xitoyda ipak qurti boqish bilan shug’ullana boshlagan. Bizning mamlakatimizda esa ipak qurti boqish bundan 1400 yil ilgari boshlangan. Hozir ipakchilik Xitoy, Yaponiya, Ko’r еya, Kichik Osiyo va Janubiy Еvropa mamlakatlarida, O’rta Osiyo va Kavkazorti r еspublikalarida rivojlangan. Ipak olish maqsadida tuxumdan chiqqan ipak qurti maxsus qurtxonalardagi so’kchaklarda boqiladi. Kichik yoshdagi qurtlar mayda qirqilgan yosh barglar bilan oziqlanadi. O’rta va katta yoshdagi qurtlarga barg qirqilmasdan b еriladi. Qurtlar yaxshi rivojlanishi uchun xona harorati 18-26 0 va namligi 50-60% saqlanishi zarur. Qurtlarningtrivojlanishi 3-4 hafta davom etadi. Shu davr ichida ular 4 marta po’st tashlaydi, 5 yoshni o’tadi. Har po’st tashlashdan oldin qurtlar «uyquga kiradi» (oziqlanishdan to’xtaydi). Dastlabki uyqusi bir n еcha soat davom etganidan uncha sеzilmaydi. Oxirgi uyqusi bir n еcha kun davom etadi. 5 yoshga to’lgan qurtlar pilla o’rashga kirishadi. Ularning maxsus ipak b еzlaridan ajralib chiqqan suyuqlik havoda qotib ipakka aylanadi. Pilla o’rash 3 kun davom etadi. Qurt pilla ichida po’st tashlab, g’umbakka aylanadi. G’umbaklik davri 2-3 hafta davom etadi. Har qaysi qurt hayoti davomida 20-25 g (shundan 75-80 % 5 yoshida) barg еydi. Ymg’mb olingan pillaning bir qismi tuxum ochirish zavodlariga yuboriladi. Erta bahorda ulardan yana qurt ochiriladi va xo’jaliklarga tarqatiladi. Pillaning ikkinchi qismi qayta ishlash ko’rxonalariga yuboriladi. U еrda issiq suv yokip issiq havo ta'sir ettirib . ichidagi g’umbaklar nobud qilinadi va quritiladi. Shundan so’ng ipak yigiruv fabrikalariga yuboriladi va ulardan ipak yigiriladi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling