Улугбек мби doc


Kemiruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana23.09.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1686339
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Óëóãáåê ìáè doc

 
2.2 Kemiruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi. 
 
Adabiy 
manbalarda qayd qilinishicha O’zbekistonning ko’pchilik 
xududlarida asosiy zarar yetkazuvchi tunlamlardan kuzgi tunlamdir. Bu borada 
Toshkent viloyatida ancha oldin kuzatishlar o’tkazilgan. S.Bekmurodov (1963), 
F.Uspenskiy va boshqalar (1969), O. Muminov (1981) Qoraqalpog’istonda
E.Toreniyazov (1989), Xorazm janubida K.Durdiyev (1991) olib borgan ishlar 
mavjud. 
Kuzgi tunlam - Agrotis segetum Den.et schiff Respublikamiz sharoitida 
hamma joyda uchraydi. Bu zararkunanda 34 oilaga mansub 150 dan ortiq turdagi 
o’simliklarga zarar yetkazar ekan. Bular ichida g’o’za, beda, pomidor, qand 
lavlagi, makkajo’xori, g’alla, moyli o’simliklar kuzgi tunlamning eng xush ko’rgan 
ozuqasidir (Alimuhamedov, Xo’jayev, 1991). 
Kuzgi tunlam issiqxonalarda avgust oyining birinchi yarmida paydo 
bo’lgan.
Bu zararkunanda qurt yoki g’umbaklari bodring ekilgan joylarga go’ng yoki 
tuproq, kapalaklari esa havo oqimi yordamida kirib kelib, ba’zan yopiq 
ekosistema ichida tuxum qo’yishi ham kuzatilgan.
O’rganishlarimiz jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, kuzgi tunlam 
qurtlari havo harorati 30-35°S, nisbiy namlik esa 40-50 foiz bo’lganda juda 
yaxshi ko’paygan. Haroratning pasayib, namlikning oshishi bilan bu 
zararkunanda populyasiya zichligi keskin kamaya boshlagan. Ayniqsa 
issiqxonalarda namlikning oshishi va qishda mo’ta’dil harorat (10-20°S) bo’lishi 
bu zararkunandaning qisman nobud bo’lishiga olib kelgan. 
O’tkazilgan tajribalar davrida yopiq ekosistemada bodring bilan u yoki bu 
darajada oziqlanadigan 6 ta turdagi yer ustki tunlamlari uchrashini aniqlangan. 
Bulardan karadrina issiqxonada ahyon-ahyonda uchrab tursada keyingi yillarda 
uning tarqalishi va keltirayotgan zarari yuqori bo’lishi kuzatilgan. Ayniqsa bodring 
o’simligiga uning zarari benihoya katta bo’lgan. Undan so’ng gamma, beda, 
metalsimon, serkumfleks tunlamlari hisoblanar ekan.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling