30
Karadrina beda, no’xat, jo’xori, lavlagi,
dukkakli don ekinlari, g’o’za va
boshqa ekinlarni ham zararlagan. Begona o’tlardan sho’ra, qo’ypechak va yantoqni
hush ko’radi (Tanskiy, Shamuratova, 1988).
2.7-rasm. Karadrina kapalagi
Uning yosh qurtlari o’simlik
bargini qirtishlaydi, katta yoshdagilari esa
kemiradi va barglarni teshadi. U barg chetlarini ham kemiradi. Karadrinaning
biologik xususiyatlarini bir qancha olimlar tomonidan o’rganilgan (Bogush,1964;
Bronshteyn, 196; Atadjanov 1962; 1963; Tanskiy; Shamuratov, 1977 Shamuratov,
1976; 1977; 1979;
Larchenko, 1960). Kapalaklari gul nektari bilan oziqlanadi,
bular g’o’za tunlami kapalagidan farqli o’z tuxumini to’p-to’p qilib, g’o’za
bargining orqa qismiga qo’yadi, so’ngra ularni qorin
qismidan ajratilgan tuklari
bilan o’rab qo’yadi. Tuxumi ko’kish-sariq, sadafsimon tusda tovlanadi,
yumaloq
diametri 0,5-0,6 mm. Tuxumdan qurtchalar chiqishiga 3-4 kun qolganda ular to’liq
qorayadi (3.8-rasm).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com