Улугбек мби doc


Kichik quruqlik tunlami (karadrina) Shodoptera exigua Hb


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana23.09.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1686339
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
Óëóãáåê ìáè doc

Kichik quruqlik tunlami (karadrina) Shodoptera exigua Hb. (3.7-rasm) 
Karadrina qurtlari o’simlik barglarini zararlaydi. Gamma tunlami, o’tloq parvonasi 
ham shunday zarar yetkazar ekan. Karadrina havfli zararkunandalardan bo’lib, 
vaqti-vaqti bilan nihoyatda ko’payib ketishi kuzatilgan. Ayniqsa, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida uning zarari ko’p 
bo’lgan. Zararkunanda 70 turga yaqin ekinni zararlaydi (Alimuhamedov, 
Xodjayev, 1990). 
Zararlanish hamma joyda ham birdek bo’lmagan. Uning ko’payishiga qarab, 
doimo yoki ba’zan zararlash darajasi yuqori bo’lishi mumkin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


30
Karadrina beda, no’xat, jo’xori, lavlagi, dukkakli don ekinlari, g’o’za va 
boshqa ekinlarni ham zararlagan. Begona o’tlardan sho’ra, qo’ypechak va yantoqni 
hush ko’radi (Tanskiy, Shamuratova, 1988).
2.7-rasm. Karadrina kapalagi 
Uning yosh qurtlari o’simlik bargini qirtishlaydi, katta yoshdagilari esa 
kemiradi va barglarni teshadi. U barg chetlarini ham kemiradi. Karadrinaning 
biologik xususiyatlarini bir qancha olimlar tomonidan o’rganilgan (Bogush,1964; 
Bronshteyn, 196; Atadjanov 1962; 1963; Tanskiy; Shamuratov, 1977 Shamuratov, 
1976; 1977; 1979; Larchenko, 1960). Kapalaklari gul nektari bilan oziqlanadi, 
bular g’o’za tunlami kapalagidan farqli o’z tuxumini to’p-to’p qilib, g’o’za 
bargining orqa qismiga qo’yadi, so’ngra ularni qorin qismidan ajratilgan tuklari 
bilan o’rab qo’yadi. Tuxumi ko’kish-sariq, sadafsimon tusda tovlanadi, yumaloq 
diametri 0,5-0,6 mm. Tuxumdan qurtchalar chiqishiga 3-4 kun qolganda ular to’liq 
qorayadi (3.8-rasm).
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


31

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling