Ulug’bek xazinasi
Download 27.9 Kb.
|
22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida O.Yoqubov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan “Ulug’bek xazinasi” kitobi yuzasidan o’tkazilgan suhbati haqida. Ma’lumotnoma 2022-yil 20-oktabr kuni 22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida O.Yoqubov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan “Ulug’bek xazinasi” asari yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat oldidan kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Suhbatni kutubxonachi M.Rajabova ochib berdi, va maktabimiz ona-tili va adabiyot fani o’qituvchisi K. Mingliyeva ham so’zladi. 8-sinf o’quvchilari tomonidan Odil Yoqubovning hayoti va ijodi haqida, hamda “Ulug’bek xazinasi” romani haqida ma’lumotlar berildi. Tashkillashtirilgan suhbat davomida “Ulug’bek xazinasi” asaridan o’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi taqdim etildi. Suhbatda boshqa til va adabiyot fani o’qituvchilar ham qatnashishdi. Suhbat ko’tarinki ruhda o’tdi. Odil Yoqubov hayoti va ijodiga bo’lgan qiziqishlar yanada ortdi. Kutubxonachi: M. Rajabova 22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim jon-u dilim” mavzusida o’tkazilgan tadbir haqida Ma’lumotnoma 2022-yil 22-umumiy o’rta talim maktabida 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim jon-u dilim” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni MMIBDO’ Q. Pardayev ochib berdi. Kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda ona-tili va adabiyot fani o’qituvchisi K. Mingliyeva ham so’zladi. Shundadan so’ng o’quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi havola etildi. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r, qo’shiq va raqslar bayram ishtirokchilariga chiroyli kayfiyat baxsh etdi. Dastur yakunida ushbu o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan o’quvchi va o’qituvchilarga maktab ma’muriyatining esdalik sovg’alari hamda “Faxriy yorliq”lar topshirildi. Kutubxonachi: M. Rajabova 22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 26-oktabr Xalqaro kutubxonalar kuni munosabati bilan “Kitob mo’jizaga chorlaydi” mavzusida bo’lib o’tgan tadbirlar haqida Ma’lumotnoma 25-oktabr kuni 22-umumiy o’ra ta’lim maktabida xalqaro maktab kutubxonalar kuniga bag’ishlab “kitob mo’jizaga chorlaydi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirni MMIBDO’ Q. Pardayev ochib berdi. U o’z so’zida shunday dedi: “kitob qalblarda nur, ongimizda tafakkur keltiruvchi ajoyib mo’jizadir. Kitob hayot yo’llarimizni yorutuvchi shamchiroq. Buyuklarimiz buyukligi u bilan, azizlarning azizligi u bilan. Kitob vositasida butun millat mamlakat tarbiyalanadi.” Shundan so’ng o’quvchilar tomonida “kitob mo’jizaga chorlaydi” mavzusiga atab tayyorlab kelingan she’rlar, qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Faol qatnashga o’quvchilarga maktab kutubxonasi tomonida kitoblar sovg’a qilindi. Kutubxonachi: M. Rajabova 22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida
Kutubxonachi: M. Rajabova Tasdiqlayman Maktab direktori: G’.Xolmo’minov 23-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil noyabr oyida kutubxonachi tomonidan bajarilgan ishlar Rejasi:
22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 28-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi ta’lim va fan xodimlari kasaba uyishmalari va xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan bo’lib o’tgan “Yosh kitobxon” tanlovi haqida MA’LUMOTNOMA
22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” intelektual o’yin haqida MA’LUMOTNOMA 2022-yil 26-oktabr kuni 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yin bo’lib o’tdi. O’yinda MMIBDO’ Q.Pardayev, kutubxonachi M.Rajabova, ona-tili va adabiyot fan o’qituvchisi K. Mengliyeva va sinf rahbarlari tashkil etishdi. Kutubxonachi tomonidan kitob ko’rgazmasi ham tashkil etildi. 8- sinflar “Beruniylar” 11-sinflar “Temuriylar” jamosi bo’lib bellashdilar. Bu tanlovga 20 ta savol tuzildi. “Temuriylar” 17 ta, “Beruniylar” 18 ta savolga javob topib g’olib bo’lishdi. O’quvchilar bu tanlovda savollar yuzasidan bir-birlari bilan o’toqlashdilar. “Zakovat” o’yini qiziqarli va bahs munozaralarga boy bo’lib o’tdi. Kutubxonachi: M. Rajabova 22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” intelektual o’yin haqida MA’LUMOTNOMA 2022-yil 18-oktabr kuni 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yiligiga bag’ishlab 10-11- sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” intelektual o’yini bo’lib o’tdi. “Zakovat”dan oldin kutubxonachi tomonidan kitob ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Til adabiyot fani o’qituvchisi Xolto’rayeva M boshchiligida o’tkazilgan bellashuvda 1-o’rinni 10-B sinfning “ziyo”, 2-o’rinni 10-A sinfning “bilimdonlar “ jamoasi egalladi. G’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi. O’quvchilarda o’yin katta qiziqish uyg’otdi. Kutubxonachi: M. Rajabova Download 27.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling