Ulug’bek xazinasi


Download 27.9 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1256173

22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida O.Yoqubov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan “Ulug’bek xazinasi”
kitobi yuzasidan o’tkazilgan suhbati haqida.
Ma’lumotnoma

2022-yil 20-oktabr kuni 22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida O.Yoqubov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan “Ulug’bek xazinasi” asari yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.


Suhbat oldidan kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Suhbatni kutubxonachi M.Rajabova ochib berdi, va maktabimiz ona-tili va adabiyot fani o’qituvchisi K. Mingliyeva ham so’zladi. 8-sinf o’quvchilari tomonidan Odil Yoqubovning hayoti va ijodi haqida, hamda “Ulug’bek xazinasi” romani haqida ma’lumotlar berildi. Tashkillashtirilgan suhbat davomida “Ulug’bek xazinasi” asaridan o’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi taqdim etildi.
Suhbatda boshqa til va adabiyot fani o’qituvchilar ham qatnashishdi. Suhbat ko’tarinki ruhda o’tdi. Odil Yoqubov hayoti va ijodiga bo’lgan qiziqishlar yanada ortdi.
Kutubxonachi: M. Rajabova

22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida


21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim jon-u dilim” mavzusida o’tkazilgan tadbir haqida

Ma’lumotnoma


2022-yil 22-umumiy o’rta talim maktabida 21-oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim jon-u dilim” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni MMIBDO’ Q. Pardayev ochib berdi. Kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda ona-tili va adabiyot fani o’qituvchisi K. Mingliyeva ham so’zladi. Shundadan so’ng o’quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi havola etildi. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r, qo’shiq va raqslar bayram ishtirokchilariga chiroyli kayfiyat baxsh etdi. Dastur yakunida ushbu o’tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan o’quvchi va o’qituvchilarga maktab ma’muriyatining esdalik sovg’alari hamda “Faxriy yorliq”lar topshirildi.

Kutubxonachi: M. Rajabova


22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida


26-oktabr Xalqaro kutubxonalar kuni munosabati bilan “Kitob mo’jizaga chorlaydi” mavzusida bo’lib o’tgan tadbirlar haqida
Ma’lumotnoma
25-oktabr kuni 22-umumiy o’ra ta’lim maktabida xalqaro maktab kutubxonalar kuniga bag’ishlab “kitob mo’jizaga chorlaydi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda kutubxona tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirni MMIBDO’ Q. Pardayev ochib berdi. U o’z so’zida shunday dedi: “kitob qalblarda nur, ongimizda tafakkur keltiruvchi ajoyib mo’jizadir. Kitob hayot yo’llarimizni yorutuvchi shamchiroq. Buyuklarimiz buyukligi u bilan, azizlarning azizligi u bilan. Kitob vositasida butun millat mamlakat tarbiyalanadi.”
Shundan so’ng o’quvchilar tomonida “kitob mo’jizaga chorlaydi” mavzusiga atab tayyorlab kelingan she’rlar, qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Faol qatnashga o’quvchilarga maktab kutubxonasi tomonida kitoblar sovg’a qilindi.

Kutubxonachi: M. Rajabova

22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida
8-9-sinf o’quvchilari bilan “Men yoqtirgan shoir” mavzusida bo’lib o’tgan suhbat haqida
Ma’lumotnoma
2022-yil 27-oktabr kuni 22-umumiy o’rta talim maktabida
8-9-sinf o’quvchilari bilan “Men yoqtirgan shoir” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.
Suhbatni maktab kutubxonachilari tayyorladi va o’z so’zlari bilan ochib berdi. Notiq o’z so’zida shunday dedi: “kitob beminnat ustoz, kitob insonni erkin fikrlashda, dunyo qarashining shakillanishida asosiy o’rin tutadi. Kitob-insonni aqlini charxlaydi, ma’naviyatini boyitadi. Kitob ajdodlarning avlodlarga buyuk merosi hamdir. Kitob tafakkur qanoti hamdir.”
9-sinf o’quvchisi Ko’chkinova Asila A. Navoiyning so’zlari bilan boshladi. Shundan keyin o’zi sevgan shoiri Zulfiya haqida qisqacha ma’lumot berdi. Uning “Mening mehribon onaginam” she’rini o’qib berdi. 8-sinf Rasulova Umida ham o’zining sevgan shoiri M. Yusuf haqida gapirdi. Uning “Vatanim” degan she’rini ifodali o’qib berdi. Shundan keyin boshqa o’quvchilar ham o’zlari yaxshi ko’rgan adiblarining hayoti va ijodi haqida suhbatlashishdi.

Kutubxonachi: M. Rajabova


Tasdiqlayman
Maktab direktori: G’.Xolmo’minov
23-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil noyabr oyida kutubxonachi tomonidan bajarilgan ishlar
Rejasi:



Bajariladigan ishlar mazmuni

Bajarilish vaqti

Bajarilgan vaqti

Masul shaxslar

1



Kutubxonada kitoblar bilan ishash

Oy davomida




kutubxonachi

2


O’quvchilarni kutubxonaga a’zo qilish

Oy davomida




kutubxonachi

3

Kundalik, kitobxonlar formulyarini to’ldirib borish.

Oy davomida




kutubxonachi

4

Kutubxona tozaligiga e’tibor berish.

Oy davomida




kutubxonachi

5

Ta’til vaqtida ommaviy kitobxonlik haftaligini o’tkazish:

  • 2-sinf o’quvchilari o’rtasida “Topishmoqlar bilimdoni” musobaqasini o’tqazish

  • 3- sinf o’quvchilari o’rtasida “Sevimli ertak qahramonlari” mavzusida rasm tanlovini o’tkazish.

  • 4-sinf o’quvchilari bilan “Kim ko’p she’r biladi” she’rxonlik tanlovini o’tqazish.

  • 5-sinf o’quvchilari bilan rus yozuvchisi I. Turgenevning “Mumu” asari yuzasida suhbat o’tkazish.

5.11.2022
7.11.2022

8.11.2022


9.11.2022






Kutubxonachi
Sinf rahbar

Kutubxonachi


Sinf rahbar
Kutubxonachi
Sinf rahbar

Kutubxonachi


Sinf rahbar

6

Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilish.

12.11.2022




Kutubxonachi
Adabiyot fan o’qituvchisi

7

10-sinf o’quvchilari bilan A.Saidning “Ikki sohil qo’shig’i” romani yuzasidan kitob taqdimoti tashkil qilish.

15.11.2022






Kutubxonachi
Adabiyot fan o’qituvchisi

8

18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun “Bayroqga saodat-yurtga saodat” adabiiy-badiiy kecha o’tkazish

17.11.2022




Kutubxonachi
Adabiyot fan o’qituvchisi, targ’ibotchi

9

6-sinf o’quvchilari bilan “kitob buyuk donishmand” mavzusida viktorina.

22.11.2022




Kutubxonachi
Sinf rahbar



10

9-sinf o’quvchilari bilan rus shoirilar A.Blok, K.Simonov tavallud topgan kuniga bag’ishlab she’rxonlik kechasi o’tkazish.

28.11.2022




Kutubxonachi fan o’qituvchisi

11

“Yosh muqovachilar” to’garak a’zolari bilan mashg’ulotlar o’tkazish.

Har juma




Kutubxonachi

12

“Yosh kitobxon” to’garak a’zolari bilan mashg’ulotlar o’tkazish.

Har shanba




Kutubxonachi

22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 28-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi ta’lim va fan xodimlari kasaba uyishmalari va xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan bo’lib o’tgan “Yosh kitobxon” tanlovi haqida

MA’LUMOTNOMA
2022-yil 28-oktabr kuni 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi ta’lim va fan xodimlari kasaba uyishmalari va xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Yosh kitobxon” tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovdan oldin kutubxona tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Tanlovni ochib berish uchun so’z MMIBDO’ Q.Pardayev ga berildi. Tadbirda kutubxonachi M.Rajabova, maktab kasaba uyishma raisi H. Bo’ronov, ona-tili va adabiyot fan o’qituvchilari o’quvchilarga omad tilashdi.
O’quvchilar test va savollarga javob berishdi. 9-10-11-sinf o’quvchilaridan 75% tanlovga qamrab olindi.
O’quvchilarda “Yosh kitobxon” tanloviga bo’lgan qiziqish yanada ortdi. Test natijalari ona-tili va adabiyot fan o’qituvchisi K. Mengliyeva tomonidan yig’ib olindi.
Kutubxonachi: M. Rajabova

22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” intelektual o’yin haqida



MA’LUMOTNOMA
2022-yil 26-oktabr kuni 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yin bo’lib o’tdi.
O’yinda MMIBDO’ Q.Pardayev, kutubxonachi M.Rajabova, ona-tili va adabiyot fan o’qituvchisi K. Mengliyeva va sinf rahbarlari tashkil etishdi. Kutubxonachi tomonidan kitob ko’rgazmasi ham tashkil etildi.
8- sinflar “Beruniylar” 11-sinflar “Temuriylar” jamosi bo’lib bellashdilar. Bu tanlovga 20 ta savol tuzildi. “Temuriylar” 17 ta, “Beruniylar” 18 ta savolga javob topib g’olib bo’lishdi. O’quvchilar bu tanlovda savollar yuzasidan bir-birlari bilan o’toqlashdilar. “Zakovat” o’yini qiziqarli va bahs munozaralarga boy bo’lib o’tdi.
Kutubxonachi: M. Rajabova

22-Umumiy o’rta ta’lim maktabida 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” intelektual o’yin haqida


MA’LUMOTNOMA
2022-yil 18-oktabr kuni 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yiligiga bag’ishlab 10-11- sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” intelektual o’yini bo’lib o’tdi.
“Zakovat”dan oldin kutubxonachi tomonidan kitob ko’rgazmasi ham tashkil etildi.
Til adabiyot fani o’qituvchisi Xolto’rayeva M boshchiligida o’tkazilgan bellashuvda 1-o’rinni 10-B sinfning “ziyo”, 2-o’rinni 10-A sinfning “bilimdonlar “ jamoasi egalladi. G’oliblarga esdalik sovg’alari topshirildi. O’quvchilarda o’yin katta qiziqish uyg’otdi.


Kutubxonachi: M. Rajabova
Download 27.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling