Uluqov Nosirjon
Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi
Download 2.43 Mb. Pdf ko'rish
|
941541547 Н.Улуқов
Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi
lozim: – tadqiqot mavzusining dolzarbligi; – mavzuning o`rganilish darajasi; – magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari; – tadqiqotning obyekti; – tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari; – tadqiqotning manbalari; – tadqiqotning ilmiy yangiligi; – tadqiqot joriylanishi; – tadqiqot natijalarining e`lon qilinganligi; – tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati; – tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni tegishli tarzda boblarda umumiy-nazariy masalalar o`zaro mantiqiy bog`liqligida beriladi. Asosiy qism kamida 3 bobdan iborat bo‘lib, bunda tadqiqot masalalari to‘liq yoritilishi lozim. Asosiy qismning boblari hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: – tadqiqot mavzusi bo‘yicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini; – talaba tomonidan olib borilgan tahliliy ishlarning tavsifi, tadqiqot olib borishda qo‘llanilgan uslublar hamda tadqiqot vositalarining bayonini; 15 – dissertatsiyada talabaning ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning dolzarb muammolarini hal etishga qo‘shgan shaxsiy hissasini; – tadqiqot natijalari va ularning muhokamasini. Dissertatsiyaning xulosa qismida barcha qismlarda bayon etilgan tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot muammosining yechimi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qism 4 betdan oshmasligi kerak. Dissertatsiyaning ilova qismiga uning mazmun mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lmagan, qo‘shimcha sifatida qaraluvchi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda ilovaning hajmi dissertatsiya umumiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi lozim. Dissertatsiyada talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlarning bibliografik ro`yxati magistrlik dissertatsiyasining asosiy elementi bo`lib, unda foydalanilgan manbalar ro`yxati beriladi va u xulosa qismidan keyin joylashtiriladi. Har bir manba bo`yicha: – foydalanilgan adabiyotning ro`yxat bo`yicha tartib raqami; – muallifning familiyasi, ismi va otaismi; – monografiyaning nomi, me`yoriy ma`lumotnomalar; – nashr qilingan joy va nashriyot nomi; – chop etilgan yili; – qancha betdan iboratligi ko`rsatilishi shart (7-ilovaga qarang). Dissertatsiya qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi, xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim. Magistratura mutaxassisligi xususiyatidan kelib chiqqan holda dissertatsiya tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi o‘zgartirilishi va kengaytirilishi mumkin. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling