26
e) tadqiqotning maqsadi;
h) tadqiqotning vazifalari;
k) ilmiy yangiligi;
j) tadqiqot natijalarining ilmiy va
amaliy ahamiyati;
z) natijalarning joriy qilinishi;
i) ishning sinovdan o‘tishi;
k) natijalarning e’lon qilinganligi;
l) dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya ishining asosiy mazmuni: Ushbu qismda bajarilgan
tadqiqotning qisqacha tavsifi bayon qilinishi kerak.
Xulosa. Ushbu qism asosiy xulosalarni hamda tavsiyalarni qamrab
olishi kerak.
E’lon qilingan ishlar ro‘yxati. Bunda
muallifning dissertatsiya
mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ishlarining ro‘yxati beriladi.
Rezyume quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– tayanch (eng muhim) so‘zlar;
– tadqiqotning obyekti;
– ishning maqsadi;
– tadqiqotning metodi;
– olingan natijalar
va ularning yangiligi;
– ilmiy va amaliy ahamiyati;
– tatbiq etish darajasi
va iqtisodiy samaradorligi;
– qo‘llanish (foydalanish) sohasi.
Rezyume o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi va jami 1-1,5 bet
bo‘lishi tavsiya etiladi. Rezyume namunasi 8-ilovada keltirilgan.
Avtoreferatning
barcha
nusxalarida
rezyumelardan
so‘ng
magistrantning imzosi bo‘lishi lozim.