22
– Маҳмудов Н. Ўзбек тили луғат бойлиги ривожида
фаоллашган жараёнлар // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2015.
– №5. – Б.3-16.
V. Dissertatsiyani dastlabki va rasmiy himoya qilish
1. Dissertatsiya rasmiy himoya sanasidan kamida 1
oy oldin
dastlabki himoyadan o‘tkazilishi lozim.
2. Talabalar kafedra tomonidan tuzilgan komissiya va ilmiy rahbar
(ilmiy maslahatchi) ishtirokida dastlabki himoyadan o‘tadi.
3. Dastlabki himoyaga kirgunga qadar talaba dissertatsiya
mavzusiga doir kamida 2
ta ilmiy maqola yoki tezisga, ichki va tashqi
taqriz hamda ilmiy rahbardan xulosa olish talab etiladi.
4. Talabalarning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq
izlanish natijalari
ilmiy nashrlarda va ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida chop
etilishi mumkin.
5. Dastlabki himoyaga boshqa kafedralar va oliy ta’lim
muassasalaridan mutaxassislarni taklif etish mumkin.
Dastlabki himoya
natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
6. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining
mutaxassislik kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro‘yxati oliy ta’lim
muassasasining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Dissertatsiyaning rasmiy himoyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–
talabaning taqdimotini;
– talabaning DAK a’zolarining savollariga bergan javoblarini;
– komissiya a’zolarining dissertatsiya bo‘yichaxulosalarini;
– komissiya a’zolari tomonidan dissertatsiyaga berilgan tavsiya va
e’tirozlarga talabaning bildirgan javobiy fikrlarini.
Do'stlaringiz bilan baham: