Uluqov Nosirjon


  Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi


Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana23.08.2023
Hajmi2.43 Mb.
#1669466
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
941541547 Н.Улуқов

 


40 
Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi 
 
Annotatsiya (lot. annotation – mulohaza, qayd; eslatma) Kitob, 
maqola, jumladan, dissertatsiyaning mazmuni, ahamiyati haqida 
qisqacha ma’lumot, qisqacha izoh. Annotatsiyada kitob, maqola, 
qo‘lyozmaning mundarijasi, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi va boshqa 
jihatlari ochib beriladi. Annotatsiyani kitobning o‘zida, bibliografik 
ko‘rsatkich-larda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. 
Avtoreferat (avto + referat) ilmiy asar yoki tadqiqotning muallif 
tomonidan yozilgan qisqacha mazmuniy bayoni. Mas., dissertatsiya 
avtoreferati. 
Bibliografiya (yun. biblion – kitob + grapho – yozaman) 1. 
Bosma asarlarning ilmiy tavsifi va batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular 
haqida axborotlar tayyorlash, ularni targ‘ib qilish bilan shug‘ul-lanuvchi 
soha.
2. Biror mavzu, jumladan, magistrlik dissertatsiyasiga yoki sohaga
oid ilmiy asarlar, manbalar, kitoblar ro‘yxati. 
Bob (a. eshik, darvoza) Kitob, asar, jumladan, dissertatsiya va shu 
kabilarning ma’lum tugallikka ega bo‘lgan har bir qismi, fasli. 
Dissertatsiyaning boblari. 
Dissertatsiya (lot. dissertatiofikr yuritish, tadqiq qilish) Ilmiy 
daraja va magistr akademik darajasini olish maqsadida yoziladigan 
hamda maxsus ilmiy kengash yoki yakuniy davlat komissiyasi majlisida 
himoya qilish uchun taqdim etiladigan ilmiy tadqiqot ishi. 
Ilmiy ma’ruza – ilmiy anjumanlarda magistrlik, doktorlik disser-
tatsiyasi mavzusi yoki boshqa ilmiy tadqiqotlar yuzasidan ma’lum 
yo‘nalishda qilinadigan nutq va uning yozma bayoni. 
Ma’ruza – o‘quv materiali yoki biror masala, ilmiy, siyosiy mav-
zularning izchil, tartibli og‘zaki bayoni. O‘quv ma’ruzasi o‘quv 
jarayonining asosiy shakli; oily o‘quv yurtlarida dars berish usullaridan 
biri. Ma’ruza, shuningdek, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ham qo‘llaniladi. 
Ommaviy ma’ruza madaniy-ma’rifiy ishlar tizimida siyosiy va ilmiy 
bilimlarni tarqatish hamda tashviqot qilish shakllaridan biri. 
Ilmiy maqola (a. – nutq; kichik asar) To‘plam, jurnal uchun 
yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan ilmiy asar. 
Maqolada mavzuning ma’lum qirrasi tahlil qilinib, nazariy jihatdan 
umumlashtiriladi, xulosalar beriladi yoki davlat siyosati, iqtisodiyot


41 
texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg‘or ish tajribalari 
ommalashtiriladi.
Monografiya (mono va grafiya) – muayyan mavzu yoki 
muammoni atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. Monografiyada 
yoritilayotgan masala bo‘yicha mavjud adabiyotlar umumlashtiriladi va 
tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar 
ilgari suriladi. 

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling