Ulush oldi-sotdisi


Download 238.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.12.2020
Hajmi238.76 Kb.
#165387
Bog'liq
Mahmudov Shaxboz Karporativ huquq


FHF A 2-guruh 

1. 2019-yil 15-martda “Train Consultancy” MCHJ (bundan buyon matnda da'vogar 

yoki  sotuvchi  deb  yuritiladi)  va  “Silk  Road  Samarkand”  MCHJ  (bundan  buyon 

matnda sotib oluvchi deb yuritiladi) o'rtasida ulush oldi-sotdisi bo'yicha dastlabki 

shartnoma, 2019 yil 26 martda esa asosiy shartnoma tuzilgan.  

2.  Shartnomaning  1.1-bandiga  muvofiq  da'vogar  MCHJ  shaklidagi  “Ipak 

YuliTurizm  Invest”  qo'shma  korxonasi  (bundan  buyon  matnda  javobgar  deb 

yuritiladi)dagi  o'ziga  tegishli  bo'lgan  qiymati  1  560  000  AQSH  dollarini  tashkil 

etuvchi 39 foizga teng ulushini 37 500 000 000 so'm evaziga sotish, sotib oluvchi 

esa  pul  mablag'ini  shartnomaning  4.2-bandida  nazarda  tutilgan  jadvalga  muvofiq 

uch  bosqichda,  ya'ni  shartnoma  imzolangan  kundan  e'tiboran  7  kalendar  kuni 

mobaynida  11  710  000  000  so'm,  ulushni  topshirish-qabul  qilish  dalolatnomasi 

imzolangan kundan e'tiboran 7 kalendar kuni mobaynida 23 100 000 000 so'm va 

2024 yil 31 martga qadar 2 690 000 000 so'm to'lash majburiyatlarini olgan.  

3. Shartnoma shartlaridan kelib chiqib, sotib oluvchi tomonidan 2019-yil 15 martda 

11  710  000  000  so'm,  2019  yil  12  aprelda  23  100  000  000  so'm  pul  mablag'lari 

da'vogarga  to'lab  berilgan.  Shartnomaning  6-bo'limi  talablariga  ko'ra,  da'vogar 

dastlabki  bosqich  to'lovini  qabul  qilib  olgandan  so'ng  topshirish-qabul  qilish 

dalolatnomasi asosida ta'sis hujjatlari va ro'yxatga olingan hujjatlarni, ya'ni da'vogar 

ishtirokchilarining  ulushni  realizatsiya  qilish  muhokama  etilgan  2019-yil  12-

martdagi  2-sonli  navbatdan  tashqari  umumiy  yig'ilish  qarori  va  jamiyat 

ishtirokchisiga  oid  boshqa  hujjatlarni  topshirish  majburiyatini  olgan.  2019  yil  26 

martda  da'vogar  va  sotib  oluvchi  o'rtasida  javobgarning  ustav  fondidagi  39  foiz 

ulush topshirilganligi va qabul qilinganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.  

4.  Sotib  oluvchining  talabiga  ko'ra  2019-yil  26-martda  javobgar  jamiyat 

ishtirokchilarining  navbatdan  tashqari  umumiy  yig'ilishini  chaqirib,  unda 

jamiyatning 61  foiz ulushga ega  bo'lgan  ishtirokchisi  “APEAS  Turizm  ve  Ticaret 

A.Sti” Kompaniyasi va 39 foiz ulushning yangi egasi sotib oluvchi vakillari ishtirok 

etishgan. Yig'ilishda jamiyatning 39 foiz ulushiga ega ishtirokchisi bo'lgan da'vogar 


o'z  ulushini  sotib  oluvchiga  sotganligi  sababli  jamiyat  ishtirokchilari  safiga 

o'zgartirish kiritish  hamda  jamiyatning ustavini  yangi tahrirda qabul  qilish  haqida 

bir  ovozdan  qaror  qabul  qilingan.  Ushbu  umumiy  yig'ilish  qarori  asosida 

jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi Yunusobod tuman Davlat xizmatlari markazida 

ro'yxatdan o'tkazilgan.  

5.  Bundan  norozi  bo'lgan  da'vogar  2019-yil  11-iyunda  100-sonli  xat  bilan 

javobgarga  murojaat  qilib,  ulush  oldi-sotdi  shartnomasining  to'lov  shartlari 

buzilganligi,  to'lovning  ikkinchi  bosqichi  10  kun  muddatga  kechikib  amalga 

oshirilganligi,  javobgarning  jamiyat  ishtirokchilarining  2019-yil  26-martdagi 

navbatdan  tashqari  yig'ilishida  u  ishtirok  etmaganligi,  uning  o'rniga  hali  ulushga 

egaligi  davlat  ro'yxatiga  olinmagan  sotib  oluvchi  ishtirok  etganligi,  jamiyat 

ustavining  14.8-bandida  ustavga  kiritiladigan  o'zgartirishlar  ishtirokchilarning 

to'rtdan uch qismi, ya'ni 75 foiz ovozi bilan hal etilishi, biroq 39 foiz ulushga ega 

bo'lgan  da'vogar  ishtirok  etmaganligi  bois  ushbu  talab  buzilganligi,  shunga  ko'ra 

ta'sis hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarni bekor qilishni so'ragan.  

6.  Ushbu  talabnomaga  javobgar  2019-yil  18-iyundagi  366-sonli  xat  bilan  javob 

yo'llab, unda ishtirokchilarning umumiy yig'ilish qarori amaldagi qonun talablariga 

muvofiq  o'tkazilganligi  sababli  talabnomani  qanoatlantirish  uchun  asos  mavjud 

emasligini  ma'lum  qilgan.  Talabnoma  qanoatlantirilmasdan  qolganligi  sababli 

da'vogar sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar ishtirokchilarining 2019 

yil  26-martdagi  navbatdan  tashqari  umumiy  yig'ilish  qarorini  haqiqiy  emas  deb 

topishni so'ragan.  

 

 



 

 

 



Savollar 

I. Masalaning nazariy-doktrinal asoslari 

1. MCHJ ustav fondidagi ulushning fuqarolik huquqiy munosabatlaridagi maqomini 

tahlil qiling  

(mulkmi yoki mulkiy huquq)?  

2. MCHJning yopiq korporatsiya sifatida o'ziga xos jihatlarini aktsiyadorlik jamiyati 

bilan qiyoslagan holda yoriting.  

II. Muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish bo'yicha 

1. MCHJda ulushni oldi-sotdi qilishda sotib oluvchiga (“Train Consultancy” MCHJ) 

ulushga bo'lgan huquq qaysi vaqtdan boshlab o'tadi? Fikringizni asoslang.  

2. MCHJdagi ulushni sotish to'g'ri amalga oshirilganmi? 

3. MCHJ ulushi sotib olgan shaxs umumiy yig'ilishda qaror qabul qilishda ishtirok 

eta oladimi?  Agar ishtirok eta olsa qaysi vaqtdan boshlab? 

4. MCHJ ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibiga amal qilinganmi? 

 

 

 



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Nazariy 

O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  164-moddasiga  ko’ra, 

mulk  huquqi  shaxsning  o‘ziga  qarashli  mol-mulkka  o‘z  xohishi  bilan  va  o‘z 

manfaatlarini  ko‘zlab  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va    uni  tasarruf  etish, 

shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni 

bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. 

Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan 

foydalanadi va uni tasarruf etadi. 

Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-

harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har 

qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. 

Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni 

tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. Mulkdorning 

zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga 

yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin. Bu mulkiy huquqdir. 

Bizga berilgan savol shundan iborat bo’ldiki, MCHJ ustav fondidagi ulush 

mulkmi yoki mulkiy huquqmi?  

Fuqarolik kodeksining 169-moddasida mulk huquqining obyektlari keltirib 

o’tilgan.  Unga  ko’ra,  yer,  yer  osti boyliklari,  suvlar,  havo  bo‘shlig‘i,  o‘simlik va 

hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan 

binolar,  kvartiralar,  inshootlar,  asbob-uskunalar,  xomashyo  va  mahsulot,  pul, 

qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk obyektlari 

mulk bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 3-

moddasida  ham  yuqoridagilar  mulk  obyektlari  sifatida  keltirib  o’tilgan  va  bu 

obyektlarga nisbatan egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish – bu mulkiy huquqdir. 

Bizga  berilgan  kazusda  esa,  ustav  fondidagi  ulush-bu  mulk,  uning  natijasida 

beriladigan huquqlar mulkiy huquqdir. 


 

Nazariy savolning ikkinchisida MCHJning yopiq korporatsiya sifatida o'ziga 

xos jihatlarini aktsiyadorlik jamiyati bilan qiyoslagan holda yoritishimiz so’ralgan. 

 Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) 

ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati 

mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  deb  hisoblanadi.  Mas’uliyati  cheklangan 

jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va 

jamiyat  faoliyati  bilan  bog‘liq  zararlar  uchun  o‘zlari  qo‘shgan  hissalar  qiymati 

doirasida javobgar bo‘ladilar.  

Ustav 


fondi 

jamiyatning 

aksiyadorlarga 

nisbatan 

majburiyatlarini 

tasdiqlovchi  muayyan  miqdordagi  aksiyalarga  taqsimlangan  xo‘jalik  yurituvchi 

subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. 

Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik 

jamiyatining  muassislari  tarkibiga  kiruvchilarning  eng  kam  soni  cheklanmaydi, 

yopiq  aksiyadorlik  jamiyatining  muassislari  esa  kamida  uch  shaxsdan  iborat  qilib 

belgilanadi.  Jamiyatning  har  bir  muassisi  uning  aksiyadori  bo‘lishi  lozim. 

Qatnashchilari  o‘zlariga  tegishli  aksiyalarini  o‘zga  aksiyadorlarning  roziligisiz 

boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik 

jamiyati  deb  hisoblanadi.  Bunday  jamiyat  o‘zi  chiqarayotgan  aksiyalarga  ochiq 

obuna  o‘tkazishga  yoxud  ularni  cheklanmagan  doiradagi  shaxslarga  sotib  olish 

uchun  boshqacha  tarzda  taklif  etishga  haqli  emas.  Yopiq  aksiyadorlik  jamiyati 

aksiyadorlarining  soni  ellik  nafardan  ziyod  bo‘lishi  mumkin  emas.  Belgilangan 

chegaradan  ortib  ketgan  taqdirda  u  yopiq  aksiyadorlik  jamiyatlari  uchun  miqdori 

aksiyadorlarning  chegaralangan  limitidan  ortib  ketgan  shaxslar  aksiyadorlar 

reyestrida  ro‘yxatga  olingan  kundan  e’tiboran  olti  oy  ichida  ochiq  aksiyadorlik 

jamiyatiga  aylantirilishi,  ushbu  muddat  tugagach  sud  tartibida  tugatilishi  lozim. 

Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari 

sotayotgan  aksiyalarni  uchinchi  shaxsga  taklif  etilayotgan  narxda  va  shartlarda, 

ularning  har  biriga  tegishli  aksiyalar  soniga  mutanosib  ravishda  imtiyozli  olish 

huquqiga,  agar  jamiyat  ustavida  mazkur  huquqni  amalga  oshirishning  boshqacha 


tartibi  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  ega  bo‘ladi.  Agar  aksiyadorlar  aksiyalarni  sotib 

olishda  o‘z  imtiyozli  huquqlaridan  foydalanmasalar,  jamiyat  aksiyadorlar 

tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi 

uning ustavida ko‘zda tutilishi mumkin. Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib 

olishda  imtiyozli  huquqdan  foydalanish  tartibi,  muddati  jamiyat  ustavida  belgilab 

qo‘yiladi.  Imtiyozli  huquqdan  foydalanish  muddati  aksiyalar  savdoga  qo‘yilgan 

paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

 Shunday 

qilib,  MChJ  va  nodavlat  notijorat  kompaniyasi  o'rtasidagi  asosiy  farq  shunchaki 

rasmiydir - bu muassislarning investitsiya aksiyalaridan shakllangan ustav kapitali 

yoki  aksiyalarning  boshqa  ekvivalentidir.  Biroq,  ochiq  va  yopiq  aktsiyadorlik 

jamiyatlarining aksiyalari qanday? 

Birinchidan, bu investitsiya qilish vositasi bo'lib, u fond bozorlaridagi faol o'sishni, 

valyuta kursining o'zgarishini, kotirovkalarni va boshqalarni o'z ichiga oladi. Boshqa 

turdagi  qimmatli  qog'ozlar  sifatida  aksiyalar  bitta  emas,  balki  bir  nechta 

kompaniyalarning  aktsiyalaridan  iborat  bo'lishi  mumkin.  Shuning  uchun 

aksiyadorlik  jamiyatlari  uchun  fond  bozorida  faoliyat  yuritadigan  va  muomalada 

bo'ladigan ommaviy, ochiq kompaniyalarni shakllantirish ko'proq xarakterlidir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Muammoli savolga javoblar 

1. MCHJda ulushni oldi-sotdi qilishda sotib oluvchiga (“Train Consultancy” 

MCHJ) ulushga bo'lgan huquq qaysi vaqtdan boshlab o'tadi 

Fuqarolik  kodeksimizga  ko’ra,  oldi-sotdi  shartnomasi  bo‘yicha  bir  taraf 

(sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, 

sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi 

(bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi. 

Kazusimizda  dastlabki  shartnoma  haqida  ham  gap  ketgan,  ya’ni  ikkala 

tomon  birinchi  kelishib  olishgan  qancha  vaqtda  qaancha  pul  berish  va  hokazolar 

haqida.  Shu  sababli  biz  dastlabki  shartnomaga  ham  to’xtalib  o’tishimiz  lozim. 

Dastlabki  shartnoma  bo‘yicha  taraflar  kelgusida  mol-mulk  berish,  ishlar  bajarish 

yoki  xizmatlar  ko‘rsatish  haqida  dastlabki  shartnomada  nazarda  tutilgan  shartlar 

asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar. 

Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, 

asosiy  shartnomaning  shakli  aniqlanmagan  bo‘lsa,  yozma  shaklda  tuziladi. 

Dastlabki  shartnomaning  shakli  to‘g‘risidagi  qoidalarga  rioya  qilmaslik  uning 

haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. 

Dastlabki  shartnomada  taraflar  qancha  muddatda  asosiy  shartnomani  tuzish 

majburiyatini olishi ko‘rsatiladi. Bu savolga javob “MCHJ to’g’risida”gi Qonunda 

keltirib  o’tilgan.  Jamiyat  ishtirokchisi  jamiyatning  ustav  fondidagi  (ustav 

kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha 

ishtirokchisiga  sotishga  yoki  boshqacha  tarzda  ularning  foydasiga  voz  kechishga 

haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda 

tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab 

qilinmaydi. 

 Jamiyat  ishtirokchisi,  agar  jamiyatning  ustavida  taqiqlangan  bo‘lmasa,  o‘z 

ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda 

ularning  foydasiga  voz  kechishi  mumkin.  O‘z  ulushini  (ulushining  bir  qismini) 



uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning 

bir  qismining)  sotilish  bahosini  va  boshqa  shartlarni  ko‘rsatgan  holda,  bu  haqda 

jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor 

qilishi shart. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning 

bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday 

voz  kechishning  dalillari  taqdim  etilgan  holda  yozma  ravishda  xabardor  qilinishi 

kerak.  Jamiyatning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushni  (ulushning  bir 

qismini) oluvchi mazkur voz kechish to‘g‘risida jamiyat yozma ravishda xabardor 

qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va 

uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. 

Jamiyatning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushni  (ulushning  bir 

qismini)  oluvchiga  jamiyat  ishtirokchisining  mazkur  ulushdan  (ulushning  bir 

qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha 

huquqlari va majburiyatlari o‘tadi. Mazkur savolga yakun yasaydigan bo’lsak, ustav 

fondidagi  ulushni  sotuvchi  shaxs  jamiyat  a’zolarini  rasman  xabardor  qilgandan 

paytdan sotib oluvchi ishtirokchilar bilan bir xil huquqqa ega bo’ladi. 

Ikkinchi  savolga  to’xtaladigan  bo’lsak,  MCHJdagi  ulushni  sotish  to'g'ri 

amalga  oshirilganmi  yoki  yo’qmi?  Shu  savolga  atroflicha  to’xtalishga  harakat 

qilamiz. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z 

ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda 

ularning foydasiga voz kechishi mumkin. 

O‘z  ulushini  (ulushining  bir  qismini)  uchinchi  shaxsga  sotish  niyatida 

bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini 

va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini 

va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida 

xabarnoma  jamiyat  ishtirokchilariga  jamiyat  orqali  yuborilishi  nazarda  tutilishi 

mumkin.  Ulushni  (ulushning  bir  qismini)  imtiyozli  sotib  olish  huquqini  amalga 

oshirish istagida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini (ulushning bir qismini) 

sotishni  taklif  etayotgan  jamiyat  ishtirokchisini  yetti  kunlik  muddatda  bu  haqda 


xabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni to‘liq yoki uning muayyan 

qismini sotib olmoqchi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning 

umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har 

biri  ulushning  o‘z  xabarnomasida  ko‘rsatgan  qismini  sotib  oladi.  Agar  ulushning 

qolgan  qismi  uchinchi  shaxs  ixtiyoriga  o‘tkazilguniga  qadar  jamiyat 

ishtirokchilaridan  qo‘shimcha  takliflar  kelib  tushmasa,  bunday  qism  uchinchi 

shaxsga  o‘tkazilishi  mumkin.  Agar  kelib  tushgan  takliflarning  umumiy  miqdori 

sotilayotgan  ulush  (ulushning  bir  qismi)  miqdoridan  oshsa,  ishtirokchilar,  agar 

jamiyatning  ustavida  yoki  jamiyat  ishtirokchilarining  kelishuvida  boshqacha 

taqsimlash  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  o‘z 

ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi. 

Jamiyat  ishtirokchilari  va  (yoki)  jamiyat  sotish  uchun  taklif  qilinayotgan 

butun  ulushni  (ulushning  bir  qismini)  sotib  olishda  imtiyozli  huquqdan  shunday 

xabar berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat 

ustavida  yoki  jamiyat  ishtirokchilarining  kelishuvida  boshqa  muddat  nazarda 

tutilmagan bo‘lsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga 

ma’lum  bo‘lgan  bahoda  va  shartlarda  uchinchi  shaxsga  sotilishi  mumkin. 

Yuqoridagilardan  bilib  olishimiz  mumkinki, ulush  qonun  doirasida sotilmagan  va 

oldi-sotdi  to’g’ri  amalga  oshirilmagan.  Chunki  bu  yerda  aytilyaptiki,  avvalo, 

jamiyatning qolgan a’zolarini xabardor qilish lozim. Chunki ular shu jamiyat a’zosi 

bo’lganligi  uchun  ustunlik  bor.  Agar  ular  sotib  olmasa  keyin  boshqa  uchinchi 

shaxsga  sotishi  mumkin.  Biroq  kazusimizda  unday  holatni  ko’rmayapmiz  va 

aytishimiz mumkinki, ulushni sotish to’g’ri amalga oshirilmagan. 

Keyingi  savolga  to’xtaladigan  bo’lsak,  MCHJ  ulushi  sotib  olgan  shaxs  umumiy 

yig'ilishda  qaror qabul qilishda  ishtirok  eta  oladimi?    Agar ishtirok  eta  olsa  qaysi 

vaqtdan  boshlab,  deyilgan  savol  edi.  O'zbekiston  Respublikasining  “Masuliyati 

cheklangan  jamiyat  va  qo'shimcha  masuliyatli  jamiyat  to'g'risida”gi  Qonunda 

belgilanishicha, ta'sischilarning umumiy yig'ilishi jamiyat deriktori yoki ta'sischisi 

tomonidan  qolgan  ta'sischilarni  bir  oy  oldin  yig'ilishdan  maqsad,  yig'ilishda 

muhokama  etiladigan  masalalar  va  joyi  haqida  ogohlantirilishi  talab  etiladi. 



Shuningdek,  ushbu  Qonunning  33-moddasiga  asosan,  jamiyat  ishtirokchiarining 

umumiy yig'ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni o'tkazishdan kamida o'ttiz 

kun  oldin  bu  haqda  jamiyatning  har  bir  ishtirokchisini  jamiyatda  ro'yxatda 

ko'rsatilgan manzg'il bo'yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda 

to'tilagan boshqa usulda xabardor qilishi shart. 

Shuningdek,  ushbu  qonunning  34-moddasida  jamiyat    ishtirokchilarining 

yig'ilishida  faqat  jamiyat  a'zolari  ishtirok  etishi  belgilangan.Ushbu  qonun 

normalariga  asosan  kazusdagi  berilgan  vaziyatga  baho  beradigan  bo'lsak, 

jamiyatning  ulushlarini  sotib  oluvchi  yangi  a'zosi  jamiyat  ishtirokchilarining 

umumiy  yig'ilishida  davlat  ro'yxatidan  o'tgandan  so'ng,  jamiyat  ishtirokchilarin 

yilg'ilish haqida kamida bir oy oldin xabardor qilgan holda qatnashishi yoki xuddi 

shu  Qonunning  20-modda  talablariga  ko'ra,  jamiyat  ulushlarini  sotib  olgan  shaxs 

jamiyat  ishtirokchilarini  yozma  tarzda  ogohlantirgandan  so'ng  ishtirok  etishi 

mumkin  edi.  Mazkur  kazusda  quyidagi  xatoliklarga  yo’l  qo’yilgan:  Birinchidan, 

jamiyat  ishtirokchilarining  yig'ilishini  chaqirish  vakolatiga  ega  bo'lmagan  shaxs 

tomonidan  chaqirilganligi;  Ikkinchidan,  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy 

yig'ilishini  chaqirish  talablariga  rioya  qilinmagan;  Bundan  tashqari,  jamiyat 

ishtirokchilarining  yig'ilishida  ishtirok  etishi  mumkin  bo'lmagan  shaxs  ishtirok 

etgan. 

Yig'ilish  jamiyat  ishtirokchilarining  barcha  a'zolari  ishtirokida  amalga 



oshirilishi belgilangan bo'lsada, ushbu qoidaga rioya qilinmagan. Jamiyat ulushlarini 

sotib oluvchi shaxs jamiyatning umumiy  yig'ilishida davlat ro'yxatidan  o'tganidan 

so'ng yoki jamiyat ishtirokchilarini yozma tarizda ogohlanirganidan so'ng ishtirok 

etishi mumkin.  



Va  nihoyat  so’nggi  masala  Kazusdagi  keyingi  masala,  MCHJ  ustaviga 

o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibiga amal qilinganmi?  

Bizga  berilgan  kazusda  jamiyat  ishtirokchilaring  umumiy  yig'ilishida  69  % 

ulushga  ega  bo'lgan  “APEAS  Turizm  ve  Ticaret  A.Sti”  Kompaniyasi  va  39  % 

ulushga  davogarlik  qilayotgan  “Train  Consultancy”  MCHJning  vakili  ishtirok 

etgan.  

Yuqorida  aytib  o’tilgan  normativ  hujjatning  34-moddasi  oltinchi  qismida 

Jamiyatning  ro‘yxatdan  o‘tmagan  ishtirokchisi  (jamiyat  ishtirokchisining  vakili) 

ovoz  berishda  ishtirok  etishga  haqli  emas,  deb  keltirib  o’tilgan.  Bundan  shuni 

tushunishimiz mumkinki, vakilning  jamiyatning umumiy yig'ilishida ishtirok etib, 



ustavga    o'zgartirish  kiritish  uchun  ovoz  berishda  qatnashganini  hisobga  olsak, 

jamiyatning ta'sis hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish noqonuniy amalga oshirilgan.  

Yuqoridagilarni  hisobga  olib,  umumlashtirgan  holda  xulosa  qiladigan 

bo'lsak, birinchidan, sotuvchi ulushlarini sotayotganligi haqida jamiyat a’zolarini 

ogohlantirishi lozim edi. 

Ikkinchidan,  sotib  oluvchi  “Train  Consultancy”  MCHJ  ta'sischilarning 

navbatdan tashqari  yig'ilishi  haqida  jamiyatning  qolgan  ishtirokchilarini  yig'ilish 

bo'lishidan kamida uch kun oldin yozma tarizda ogohlantirgantirishi lozim edi. 

Uchunchidan,  yig'ilishda    sotib  oluvchining  qonuniy  vakili  ishtirok  etishi 

lozim edi 

 

Download 238.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling