Ulush oldi-sotdisi
Download 238.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmudov Shaxboz Karporativ huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnomaning 6-bolimi talablariga
FHF A 2-guruh 1. 2019-yil 15-martda “Train Consultancy” MCHJ (bundan buyon matnda da'vogar yoki sotuvchi deb yuritiladi) va “Silk Road Samarkand” MCHJ (bundan buyon matnda sotib oluvchi deb yuritiladi) o'rtasida ulush oldi-sotdisi bo'yicha dastlabki shartnoma, 2019 yil 26 martda esa asosiy shartnoma tuzilgan. 2. Shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq da'vogar MCHJ shaklidagi “Ipak YuliTurizm Invest” qo'shma korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dagi o'ziga tegishli bo'lgan qiymati 1 560 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi 39 foizga teng ulushini 37 500 000 000 so'm evaziga sotish, sotib oluvchi esa pul mablag'ini shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan jadvalga muvofiq uch bosqichda, ya'ni shartnoma imzolangan kundan e'tiboran 7 kalendar kuni mobaynida 11 710 000 000 so'm, ulushni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan e'tiboran 7 kalendar kuni mobaynida 23 100 000 000 so'm va 2024 yil 31 martga qadar 2 690 000 000 so'm to'lash majburiyatlarini olgan. 3. Shartnoma shartlaridan kelib chiqib, sotib oluvchi tomonidan 2019-yil 15 martda 11 710 000 000 so'm, 2019 yil 12 aprelda 23 100 000 000 so'm pul mablag'lari da'vogarga to'lab berilgan. Shartnomaning 6-bo'limi talablariga ko'ra, da'vogar dastlabki bosqich to'lovini qabul qilib olgandan so'ng topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ta'sis hujjatlari va ro'yxatga olingan hujjatlarni, ya'ni da'vogar ishtirokchilarining ulushni realizatsiya qilish muhokama etilgan 2019-yil 12- martdagi 2-sonli navbatdan tashqari umumiy yig'ilish qarori va jamiyat ishtirokchisiga oid boshqa hujjatlarni topshirish majburiyatini olgan. 2019 yil 26 martda da'vogar va sotib oluvchi o'rtasida javobgarning ustav fondidagi 39 foiz ulush topshirilganligi va qabul qilinganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 4. Sotib oluvchining talabiga ko'ra 2019-yil 26-martda javobgar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirib, unda jamiyatning 61 foiz ulushga ega bo'lgan ishtirokchisi “APEAS Turizm ve Ticaret A.Sti” Kompaniyasi va 39 foiz ulushning yangi egasi sotib oluvchi vakillari ishtirok etishgan. Yig'ilishda jamiyatning 39 foiz ulushiga ega ishtirokchisi bo'lgan da'vogar
o'z ulushini sotib oluvchiga sotganligi sababli jamiyat ishtirokchilari safiga o'zgartirish kiritish hamda jamiyatning ustavini yangi tahrirda qabul qilish haqida bir ovozdan qaror qabul qilingan. Ushbu umumiy yig'ilish qarori asosida jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi Yunusobod tuman Davlat xizmatlari markazida ro'yxatdan o'tkazilgan. 5. Bundan norozi bo'lgan da'vogar 2019-yil 11-iyunda 100-sonli xat bilan javobgarga murojaat qilib, ulush oldi-sotdi shartnomasining to'lov shartlari
oshirilganligi, javobgarning jamiyat ishtirokchilarining 2019-yil 26-martdagi navbatdan tashqari yig'ilishida u ishtirok etmaganligi, uning o'rniga hali ulushga egaligi davlat ro'yxatiga olinmagan sotib oluvchi ishtirok etganligi, jamiyat ustavining 14.8-bandida ustavga kiritiladigan o'zgartirishlar ishtirokchilarning to'rtdan uch qismi, ya'ni 75 foiz ovozi bilan hal etilishi, biroq 39 foiz ulushga ega bo'lgan da'vogar ishtirok etmaganligi bois ushbu talab buzilganligi, shunga ko'ra ta'sis hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarni bekor qilishni so'ragan. 6. Ushbu talabnomaga javobgar 2019-yil 18-iyundagi 366-sonli xat bilan javob yo'llab, unda ishtirokchilarning umumiy yig'ilish qarori amaldagi qonun talablariga muvofiq o'tkazilganligi sababli talabnomani qanoatlantirish uchun asos mavjud emasligini ma'lum qilgan. Talabnoma qanoatlantirilmasdan qolganligi sababli da'vogar sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar ishtirokchilarining 2019 yil 26-martdagi navbatdan tashqari umumiy yig'ilish qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan.
Savollar I. Masalaning nazariy-doktrinal asoslari 1. MCHJ ustav fondidagi ulushning fuqarolik huquqiy munosabatlaridagi maqomini tahlil qiling (mulkmi yoki mulkiy huquq)? 2. MCHJning yopiq korporatsiya sifatida o'ziga xos jihatlarini aktsiyadorlik jamiyati bilan qiyoslagan holda yoriting. II. Muammoli vaziyatga huquqiy yechim topish bo'yicha 1. MCHJda ulushni oldi-sotdi qilishda sotib oluvchiga (“Train Consultancy” MCHJ) ulushga bo'lgan huquq qaysi vaqtdan boshlab o'tadi? Fikringizni asoslang. 2. MCHJdagi ulushni sotish to'g'ri amalga oshirilganmi? 3. MCHJ ulushi sotib olgan shaxs umumiy yig'ilishda qaror qabul qilishda ishtirok eta oladimi? Agar ishtirok eta olsa qaysi vaqtdan boshlab? 4. MCHJ ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibiga amal qilinganmi?
Nazariy O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga ko’ra, mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti- harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. Mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin. Bu mulkiy huquqdir. Bizga berilgan savol shundan iborat bo’ldiki, MCHJ ustav fondidagi ulush mulkmi yoki mulkiy huquqmi? Fuqarolik kodeksining 169-moddasida mulk huquqining obyektlari keltirib o’tilgan. Unga ko’ra, yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xomashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk obyektlari mulk bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 3- moddasida ham yuqoridagilar mulk obyektlari sifatida keltirib o’tilgan va bu obyektlarga nisbatan egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish – bu mulkiy huquqdir. Bizga berilgan kazusda esa, ustav fondidagi ulush-bu mulk, uning natijasida beriladigan huquqlar mulkiy huquqdir.
Nazariy savolning ikkinchisida MCHJning yopiq korporatsiya sifatida o'ziga xos jihatlarini aktsiyadorlik jamiyati bilan qiyoslagan holda yoritishimiz so’ralgan. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Ustav
fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo‘lishi lozim. Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha
tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ega bo‘ladi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi uning ustavida ko‘zda tutilishi mumkin. Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo‘yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo‘yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Shunday qilib, MChJ va nodavlat notijorat kompaniyasi o'rtasidagi asosiy farq shunchaki rasmiydir - bu muassislarning investitsiya aksiyalaridan shakllangan ustav kapitali yoki aksiyalarning boshqa ekvivalentidir. Biroq, ochiq va yopiq aktsiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qanday? Birinchidan, bu investitsiya qilish vositasi bo'lib, u fond bozorlaridagi faol o'sishni, valyuta kursining o'zgarishini, kotirovkalarni va boshqalarni o'z ichiga oladi. Boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar sifatida aksiyalar bitta emas, balki bir nechta kompaniyalarning aktsiyalaridan iborat bo'lishi mumkin. Shuning uchun aksiyadorlik jamiyatlari uchun fond bozorida faoliyat yuritadigan va muomalada bo'ladigan ommaviy, ochiq kompaniyalarni shakllantirish ko'proq xarakterlidir.
Muammoli savolga javoblar 1. MCHJda ulushni oldi-sotdi qilishda sotib oluvchiga (“Train Consultancy” MCHJ) ulushga bo'lgan huquq qaysi vaqtdan boshlab o'tadi Fuqarolik kodeksimizga ko’ra, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi. Kazusimizda dastlabki shartnoma haqida ham gap ketgan, ya’ni ikkala tomon birinchi kelishib olishgan qancha vaqtda qaancha pul berish va hokazolar haqida. Shu sababli biz dastlabki shartnomaga ham to’xtalib o’tishimiz lozim. Dastlabki shartnoma bo‘yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar. Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi ko‘rsatiladi. Bu savolga javob “MCHJ to’g’risida”gi Qonunda keltirib o’tilgan. Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin. O‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday voz kechishning dalillari taqdim etilgan holda yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish to‘g‘risida jamiyat yozma ravishda xabardor qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tadi. Mazkur savolga yakun yasaydigan bo’lsak, ustav fondidagi ulushni sotuvchi shaxs jamiyat a’zolarini rasman xabardor qilgandan paytdan sotib oluvchi ishtirokchilar bilan bir xil huquqqa ega bo’ladi. Ikkinchi savolga to’xtaladigan bo’lsak, MCHJdagi ulushni sotish to'g'ri amalga oshirilganmi yoki yo’qmi? Shu savolga atroflicha to’xtalishga harakat qilamiz. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin. O‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kunlik muddatda bu haqda
xabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni to‘liq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning o‘z xabarnomasida ko‘rsatgan qismini sotib oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga o‘tkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qo‘shimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi. Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan bahoda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin. Yuqoridagilardan bilib olishimiz mumkinki, ulush qonun doirasida sotilmagan va oldi-sotdi to’g’ri amalga oshirilmagan. Chunki bu yerda aytilyaptiki, avvalo, jamiyatning qolgan a’zolarini xabardor qilish lozim. Chunki ular shu jamiyat a’zosi bo’lganligi uchun ustunlik bor. Agar ular sotib olmasa keyin boshqa uchinchi shaxsga sotishi mumkin. Biroq kazusimizda unday holatni ko’rmayapmiz va aytishimiz mumkinki, ulushni sotish to’g’ri amalga oshirilmagan. Keyingi savolga to’xtaladigan bo’lsak, MCHJ ulushi sotib olgan shaxs umumiy yig'ilishda qaror qabul qilishda ishtirok eta oladimi? Agar ishtirok eta olsa qaysi vaqtdan boshlab, deyilgan savol edi. O'zbekiston Respublikasining “Masuliyati cheklangan jamiyat va qo'shimcha masuliyatli jamiyat to'g'risida”gi Qonunda belgilanishicha, ta'sischilarning umumiy yig'ilishi jamiyat deriktori yoki ta'sischisi tomonidan qolgan ta'sischilarni bir oy oldin yig'ilishdan maqsad, yig'ilishda muhokama etiladigan masalalar va joyi haqida ogohlantirilishi talab etiladi. Shuningdek, ushbu Qonunning 33-moddasiga asosan, jamiyat ishtirokchiarining umumiy yig'ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni o'tkazishdan kamida o'ttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyatda ro'yxatda ko'rsatilgan manzg'il bo'yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda to'tilagan boshqa usulda xabardor qilishi shart. Shuningdek, ushbu qonunning 34-moddasida jamiyat ishtirokchilarining yig'ilishida faqat jamiyat a'zolari ishtirok etishi belgilangan.Ushbu qonun normalariga asosan kazusdagi berilgan vaziyatga baho beradigan bo'lsak, jamiyatning ulushlarini sotib oluvchi yangi a'zosi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida davlat ro'yxatidan o'tgandan so'ng, jamiyat ishtirokchilarin yilg'ilish haqida kamida bir oy oldin xabardor qilgan holda qatnashishi yoki xuddi shu Qonunning 20-modda talablariga ko'ra, jamiyat ulushlarini sotib olgan shaxs jamiyat ishtirokchilarini yozma tarzda ogohlantirgandan so'ng ishtirok etishi mumkin edi. Mazkur kazusda quyidagi xatoliklarga yo’l qo’yilgan: Birinchidan, jamiyat ishtirokchilarining yig'ilishini chaqirish vakolatiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan chaqirilganligi; Ikkinchidan, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishini chaqirish talablariga rioya qilinmagan; Bundan tashqari, jamiyat ishtirokchilarining yig'ilishida ishtirok etishi mumkin bo'lmagan shaxs ishtirok etgan. Yig'ilish jamiyat ishtirokchilarining barcha a'zolari ishtirokida amalga oshirilishi belgilangan bo'lsada, ushbu qoidaga rioya qilinmagan. Jamiyat ulushlarini sotib oluvchi shaxs jamiyatning umumiy yig'ilishida davlat ro'yxatidan o'tganidan so'ng yoki jamiyat ishtirokchilarini yozma tarizda ogohlanirganidan so'ng ishtirok etishi mumkin. Va nihoyat so’nggi masala Kazusdagi keyingi masala, MCHJ ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tartibiga amal qilinganmi? Bizga berilgan kazusda jamiyat ishtirokchilaring umumiy yig'ilishida 69 % ulushga ega bo'lgan “APEAS Turizm ve Ticaret A.Sti” Kompaniyasi va 39 % ulushga davogarlik qilayotgan “Train Consultancy” MCHJning vakili ishtirok etgan. Yuqorida aytib o’tilgan normativ hujjatning 34-moddasi oltinchi qismida Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas, deb keltirib o’tilgan. Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, vakilning jamiyatning umumiy yig'ilishida ishtirok etib, ustavga o'zgartirish kiritish uchun ovoz berishda qatnashganini hisobga olsak, jamiyatning ta'sis hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish noqonuniy amalga oshirilgan. Yuqoridagilarni hisobga olib, umumlashtirgan holda xulosa qiladigan bo'lsak, birinchidan, sotuvchi ulushlarini sotayotganligi haqida jamiyat a’zolarini ogohlantirishi lozim edi. Ikkinchidan, sotib oluvchi “Train Consultancy” MCHJ ta'sischilarning navbatdan tashqari yig'ilishi haqida jamiyatning qolgan ishtirokchilarini yig'ilish bo'lishidan kamida uch kun oldin yozma tarizda ogohlantirgantirishi lozim edi. Uchunchidan, yig'ilishda sotib oluvchining qonuniy vakili ishtirok etishi lozim edi Download 238.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling